Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

YECHL. Finalga kim munosib? "Chelsi"mi, yoki "Real" (prevyu)

YECHL. Finalga kim munosib? "Chelsi"mi, yoki "Real" (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun tunda Yevropa Chempionlar Ligasining yarim final bahsi bo‘lib o‘tadi. Bu uchrashuv ikkinchi finalchining nomini aniqlab beradi. Kecha «Etihad» stadionida  «Manchester Siti» hamda PSJ jamoalari bahs olib bordi, yakunda Gvardiola jamoasi ikki bahs yakunidan so‘ng 4:1 (birinchi bahs 2:1) hisobida Pochettino shogirtlarini mag‘lub qilib, finalga chiqdi va Istanbulga boradigan bo‘ldi. Londonning «Chelsi» klubi o‘z maydonida «Real Madrid» jamoasini qabul qiladi. Dastlabki, bahsda Tuxel jamoasi madridda durrang(1:1) o‘ynab, o‘z uyida bo‘ladigan uchrashuvdan oldin yaxshi natija qayt etgandi. Lekin «qaymoqranglilar» YECHLda qanday o‘ynashni yaxshi bilishadi. Zidan muhim o‘yinlar oldidan jamoani juda yaxshi tayyorlay oladi.

Ushbu bahsga «Real Madrid»ning bir qancha futbolchilari jarohat, koronavirusdan tuzalib umumiy jamoa safiga qaytishgan. Jamoa sardori Serxio Ramos ham qaytgan bo‘lib, u asosiy tarkibda o‘yinni boshlashi, bundan tashqari yana bir asosiy futbolchi Federiko Valverdening koronavirus uchun topshirgan testi manfiy chiqqan bo‘lib u ham jamoa bilan Londonga kelgan va «Chelsiga» qarshi asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.

«Chelsi» ushbu mavsumda : yetti g‘alaba, ikki durang va bir mag‘lubiyat qayt etgan holda yarim finalning ikkinchi bahsida maydonga chiqishadi. YECHLning bu mavsumida «Chelsi»tarkibida Olivera Jiru 6ta gol bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi.

«Real Madrid» Zidan bilan YECHLni yutish bo‘yicha rekord qayt etishgan (ketmaket 3 marotaba). Shu sababli Tuxel futbolchilari mehmondagi gollariga ishonib, hotirjamlikni yoqotmasliklari kerak.

“Qirollik klubi” ushbu mavsumda : olti g‘alaba, uch durrang va ikki mag‘lubiyat qayt etgan. Jamoa to‘p urari esa Karim Benzema bo‘lib turibdi. U raqiblar darvozasini 6 bor ishg‘ol qilgan.

 

Bugungi bahsdan oldin ikki jamoa bosh murabbiylari o‘zlarining fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Asosiy vazifa shiddatni butun o‘yin davomida davom ettirishdir. Bu yarim finalda  bosim kuchli, nokautli o‘yin bo‘lishi mumkin, shuning uchun ishonchni yo‘qotmasdan harakat qilishimiz kerak. Biz finalda bo‘lishga va shu darajada o‘ynashga loyiqmiz. Agar biz qo‘limizdan kelganicha harakat qilsak, biz maqsadimizga erishamiz. Bu klub birinchi mavsumda sovrin yutish juda ham yoqimli bo‘ladi» – deya intervyu bergan Tomas Tuxel.

 

«Biz ularning kuchli tomonlariga qarshi turishimiz va o‘z qurollarimizdan foydalanishimiz kerak. Biz o‘zimizni yaxshi his qilyapmiz, o‘yinga tayyormiz. Biz bu yil qiyin bo‘lganini bilamiz, may oyida biz ikkita sovrinni qo‘lga kiritmoqchimiz. Biz borimizni beramiz»‌‌ – deydi Zineddin Zidan.

 

Ehtimoliy tarkiblar

 

«Chelsi» : Mendi; Kristensen, Tiago Silva, Rudiger; Azpilicueta, Jorginyo, Kanté, Chilvell; Pulishich, Verner, Mount

«Real Madrid» : Kurtua; Valverde, Ramos, Militao, Nacho; Kazemiro, Kroos, Modrich; Asensio, Benzema, Vinicius

 

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, mazkur bellashuvga qiziqish juda yuqori darajada. Sababi, mazkur mag‘lubiyat "Real" murabbiyi Zinedin Zidanning kursisi qimirlab qolishiga ham olib kelishi mumkin. Aksincha, g‘alaba esa fransuz mutaxasisiga Yevropada tengsiz murabbiyligini isbotlashga imkon bo‘lishi mumkin. Tuxel jamoaga kelgandan keyin haqiqatdan ham "Chelsi"ning o‘yinida o‘zgarish bo‘ldi. Ketma-ket  muvaffaqiyatlar va o‘z jamoasini Chempionlar Ligasi yarimfinaligacha olib chiqishda murabbiyning imzosini bilish mumkin. Mazkur uchrashuv, bugun Toshkent vaqti bilan tungi 00:00da boshlanadi

Kiritildi: 16:55, 05.05.2021.
O'qildi: 6698 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.