Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Klublarning lisenziyalash bo‘yicha menejerlari hamda buxgalterlari uchun seminar o‘tkazildi

Klublarning lisenziyalash bo‘yicha menejerlari hamda buxgalterlari uchun seminar o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ma’lumki, Osiyo futbol konfederasiyasi talabi asosida mamlakat chempionati yuqori divizionida ishtirok etuvchi futbol klublari har yili lisenziyalash jarayonidan o‘tkaziladi. O‘tgan yildan e’tiboran O‘zbekiston Professional futbol ligasi Pro liga klublarining ham barchasini mazkur jarayonga jalb etgan holda klublarimizning umumiy infratuzilmasini bosqichma-bosqich yaxshilab borish, Pro liga ishtirokchilarini tashkiliy tuzilma jihatidan Coca-Cola Superliga vakillariga yaqinlashtirish amaliyotini joriy etdi.

Qit’a futbol konfederasiyasi nazorati ostida tashkil etiladigan ushbu muhim jarayonning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi — klublarning kelasi mavsumda xalqaro va ichki musobaqalarda ishtirok etishi masalasida ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Bu jarayonda klublar lisenziya talabgori sifatida OFK yoki milliy lisenziyani qo‘lga kiritish uchun bir qator mezonlar asosida hujjatlarini taqdim etishadi. OFK tomonidan belgilab beriladigan ishchi-reja asosida klublar iyun oyi so‘ngiga qadar sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy mezonlar bo‘yicha, shuningdek iyul oxiriga qadar moliyaviy mezonlar bo‘yicha hujjatlarni taqdim etishadi. Ular tomonidan OFKning maxsus onlayn platformasi – AFCCLASga joylangan hujjatlar sarhisob qilinib, futbol klublarini lisenziyalash qo‘mitasining qarori asosida klublarga lisenziya taqdim qilinadi.

Joriy yil hisobidan start olgan lisenziyalash jarayonida Coca-Cola Superliga hamda Pro liga klublari 5 ta mezon bo‘yicha zarur hujjatlar to‘plamlarini taqdim etishadi. Bugun O‘zPFLda barcha ishtirokchi klublarning lisenziyalash bo‘yicha menejerlari hamda buxgalterlari uchun seminar tashkil etildi. Unda Osiyo futbol konfederasiyasining mazkur yo‘nalish bo‘yicha joriy yilda yangilangan qoidalar majmuyi hamda uning asosida ishlab chiqilgan Milliy lisenziyalash reglamentiga kiritilgan yangilik va qo‘shimchalar batafsil muhokama qilindi.

O‘zPFL Klublarni lisenziyalash bo‘limi boshlig‘i Zoxirjon Akramxonov mazkur jarayonda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan barcha muhim jihatlarga birma-bir to‘xtalib, jarayonni muvaffaqiyatli yakunlash klublarimizning umumiy infratuzilmasini yaxshilash yo‘lida tashlangan jiddiy qadam bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Qolaversa, bu yildan e’tiboran ayollar jamoalari ham lisenziyalashdan o‘tkazilishi belgilandi. Bu borada ham kiritilgan yangiliklar bo‘yicha klublar vakillariga batafsil ma’lumot berildi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:43, 06.05.2021.
O'qildi: 1669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик