Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

APL 9 yil deganda ilk bor UYEFA koeffisiyentlar jadvalida La Ligani ortda qoldiradi

APL 9 yil deganda ilk bor UYEFA koeffisiyentlar jadvalida La Ligani ortda qoldiradi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer Ligasi klublari 2020/21 yilgi mavsum Yevrokuboklardagi muvaffaqiyatli ishtiroki uchun UYEFA koeffisiyent reytingida birinchi o‘ringa ko‘tariladi, deya xabar qilmoqda ESPN nashri.

Shu tariqa, APL La Ligani ortda qoldirgan holda 9 yil degandan ilk bor birinchi o‘ringa ko‘tariladi.

APL 2007/08 yilgi mavsumdan 2011/12 yilgi mavsumgacha UYEFA reytingida birinchi bo‘lgan. Ingliz klublari so‘nggi besh mavsumning uchtasida ispan jamoalaridan yaxshiroq natija qayd etgan va bu ularga La Liga vakillarini quvib o‘tish imkoniyatini berdi.

Bundan tashqari APL bir mavsum davomida to‘plangan koeffisiyent bo‘yicha La Liga rekordini yangilaydi. Sababi APLning uchta klubi Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi finaliga qadar yetib bordi.

2015/16 yilgi mavsumda «Real» Chempionlar Ligasida, «Sevilya» esa Yevropa Ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. O‘sha mavsumda Ispaniya 23,928 reyting balli to‘plagan. Ingliz klublari joriy mavsum ushbu ko‘rsatkichni qayd etib bo‘ldi. Yevrokubok finallaridan keyin rekord yangilanadi.

Eslatib o‘tamiz, YECHL finalida «Manchester Siti» va «Chelsi» o‘zaro bahs yuritadi. Yevropa Ligasi finalida esa «Manchester Yunayted» «Vilyarreal» bilan o‘ynaydi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:00, 07.05.2021.
O'qildi: 3668 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.