Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Tokio Olimpiadasida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi

Tokio Olimpiadasida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi

Baho:
+ | -

Tokio—2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegasiyasini koronavirusga qarshi emlash jarayoni 6 may kuni boshlandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar qildi.

Dastur doirasidagi dastlabki kunda parasuzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari vaksina qabul qildi.

Avvaliga terma jamoaning 11 nafar vakilidan qon tahlillari olinib, ularning organizmi emlash uchun qay darajada tayyorligi ko‘zdan kechirildi. Tahliliy natijalar yakuniga ko‘ra, 3 nafar sportchi va 2 murabbiyda emlash jarayoni amalga oshirildi. Bu borada murabbiy Ravshan Alimov delegasiya a’zolari orasida vaksina qabul qilgan ilk shaxs bo‘ldi.

Delegasiya a’zolarini emlashda Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasidan foydalanilmoqda. Yo‘riqnomaga ko‘ra, vaksina 21 kun oralig‘ida 2 komponentda qabul qilinadi.

Reja bo‘yicha delegasiya a’zolarini emlash 1 iyunga qadar davom etadi va bu jarayonni O‘zbekiston boks terma jamoasi vakillari yakunlab beradi. Umumiy hisobda 250 nafar vakilni emlash ko‘zda tutilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:32, 08.05.2021.
O'qildi: 2203 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик