Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Bundesliga. Chempion «Bavariya» o‘z uyida «Borussiya M»ga 6 ta gol urdi, Levandovskidan xet-trik (videosharh)

Bundesliga. Chempion «Bavariya» o‘z uyida «Borussiya M»ga 6 ta gol urdi, Levandovskidan xet-trik (videosharh)

Baho:
+ | -

Germaniya Bundesligasining 32-turida «Bavariya» 8 may, shanba kuni «Borussiya M»ni qabul qildi.

Birinchi bo‘limdayoq myunxenliklar raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urdi. Robert Levandovski dubl qayd etgan bo‘lsa, Tomas Myuller va Kingsli Koman bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

66-daqiqada Levandovski penaltini aniq ijro etgan holda jamoasining beshinchi golini urdi. 75-daqiqada «Bavariya» Tangi Nyanzuning chetlatilishidan keyin bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Leroy Sane yakuniy hisobni o‘rnatdi — 6:0.

Avvalroq «Leypsig» «Borussiya D»ga yutqazgach, myunxenliklar muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritgandi. Ushbu g‘alabadan keyin «Bavariya»ning ochkolari 74 taga yetdi. «Borussiya M» esa kuchli to‘rtlikka kirish imkoniyatlarini deyarli yo‘qotdi.

Bundesliga, 32-tur
8 may, shanba
«Bavariya» – «Borussiya M» 6:0
Gollar: 1:0 – 2 Levandovski, 2:0 – 23 Myuller, 3:0 – 34 Levandovski, 4:0 – 44 Koman, 5:0 – 65, penalti Levandovski, 6:0 – 85 Sane.
«Bavariya»: Noyer, Pavar, Boateng (Xavi Martines, 71), Lyuka Ernandes, Devis, Alaba (Goretska, 60; Nyanzu, 70), Kimmix, Musiala (Gnabri, 60), Myuller, Levandovski, Koman (Sane, 60).
«Borussiya M»: Zommer, Layner, Ginter, Elvedi, Bensebayni (Vendt, 69), Lazaro (Volf, 46), Hofmann (Shtindl, 69), Zakariya, Noyhaus, Embolo, Tyuram (Plea, 46).
Ogohlantirish: Noyhaus (65).
Chetlatish: Nyanzu (75).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 00:35, 09.05.2021.
O'qildi: 3828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик