Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Yevropada 14 chempion aniq va ular bilan tanishing!

Yevropada 14 chempion aniq va ular bilan tanishing!

Baho:
+ | -

2020-2021 yillar mavsumi nihoyasiga yetmoqda. Yevropa milliy chempionatlarida bir qator klublar muddatidan oldin chempionlikni nishonlashdi. Quyida ana shu chempionatlar haqida so‘z yuritamiz.

Italiya - «Inter»

Jamoa 2011 yildan buyon ilk bor sovrin yutdi. O‘shanda milanliklar Italiya kubogini qo‘lga kiritishgandi. 2010 yildan beri esa endi chempion bo‘lmoqda.

Rossiya - «Zenit»

Piterliklar Rossiya chempionligini qatorasiga uchinchi bor qo‘lga kiritishdi. E’tiborli tomoni, jamoa bu ishni Semak qo‘l ostida amalga oshirdi.

Gollandiya - «Ayaks»

Amsterdam jamoasi «oltin dubl» qayd etdi. Jamoa oldinroq mamlakat kubogini ham qo‘lga kiritgandi.

Shotlandiya - «Glazgo Reynjers»

Glazgoliklar 55-marta chempion bo‘lib, rekord o‘rnatishdi.

Ukraina - «Dinamo Kiyev»

«Dinamo» oxirgi to‘rt yilda ilk bor chempion bo‘ldi.

Vengriya - «Ferensvarosh»

Jamoa qatorasiga uchinchi yil jadvalni birinchi o‘rinda yakunlaydi.

Gresiya - «Olimpiakos»

Pireyliklar finishdan ancha oldin chempionlik masalasini hal qilishgandi. Bu Pirey klubining 46-chempionligi. Mamlakatda esa 85 yildan buyon chempionat o‘tkaziladi.

Serbiya - «Srvena Zvezda»

Jamoa qatorasiga to‘rtinchi, Deyan Stankovich boshchiligida esa qatorasiga ikkinchi marta mamlakat chempioni bo‘ldi.

Polsha - «Legiya»

Joriy mavsumga qadar «Gurnik», «Rux» va «Legiya» jamoalari 14 martadan mamlakat chempioni bo‘lishgandi. Endi bemalol «Legiya»ni mamlakatning eng ko‘p chempion bo‘lgan jamoasi deb atash mumkin.

Shimoliy Makedoniya - «Shkendiya»

Jamoa to‘rtinchi sovrinini qo‘lga kiritdi. «Shkendiya» ilk bor 2011 yilda chempion bo‘lgandi.

Chernogoriya - «Buduchnost»

Jamoa chempionligini finishdan ancha oldin himoya qildi. Turnir yakunlanishiga 4 tur qolganida eng yaqin ta’qibchisidan 24 ochko oldinda bormoqda.

Chexiya - «Slaviya»

Jamoa qatorasiga uchinchi marta chempionga aylandi. Ammo bu borada «Sparta»ga (12 chempionlik) yetib olish uchun ancha ter to‘kishga to‘g‘ri keladi.

Shveysariya - «Yang Boyz»

Shveysariya chempionati yakunlanishiga ham 4 tur qoldi. Muddatidan oldin chempion bo‘lgan «Yang Boyz» eng yaqin ta’qibchilari - «Bazel» va «Servett»dan 25 ochko ko‘p jamg‘argan.

Malta - «Xamrun Spartans»

Malta chempionatida g‘oliblar nomi tez-tez o‘zgarib turadi. «Xamrun» 8-marta mamlakat chempioni bo‘ldi. Oxirgi marta jamoa 1991 yili bosh sovringa ega chiqqandi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:15, 09.05.2021.
O'qildi: 4746 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.