Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Prevyu. “Navbahor” - “Surxon”

Prevyu. “Navbahor” - “Surxon”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasining 8-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida  Termizning “Surxon” jamoasini qabul qiladi.   

Mazkur klublar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 28 marta ro‘baro‘ kelishgan. Ushbu o‘yinlarning 19 tasida “lochinlar”ning qo‘li baland kelgan (bitta o‘yinda “Navbahor”ga texnik g‘alaba yozilgan),  5tasida termizliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 4ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati – 75-21, “Navbahor” foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda “Navbahor” 61 ochko, “Surxon” esa 19 ochkoni qo‘lga kiritgan.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 9:0 hisobi 1997 yili Namanganda qayd etilgan. Ta’kidlash joizki, namanganliklar o‘tkazilgan 27ta bahsning 12 tasida termizliklar ustidan yirik hisobda zafar quchishgan.

“Navbahor” hamda “Surxon” klublari bungacha Namanganda 14 marta kuch sinashishgan (2019 yilgi bahs ma’lum sabablarga ko‘ra, Farg‘onada o‘tkazilgan va ushbu o‘yin ham “Navbahor” nominal mezbon bo‘lganligi bois, inobatga olindi).

1992 yili termizliklar Namanganga tashrif buyurishmagani bois, “Navbahor”ga 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yozilgan bo‘lsa, qolgan 13ta bahsning barchasida “lochinlar” g‘alaba qozonishgan (Farg‘onadagi o‘yinda ham).

Termizliklar Namanganda hali ochko olisholmagan.

“Navbahor” o‘z maydonida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda “Surxon” darvozasini 50 marta ishg‘ol etgan bo‘lsa, termizliklar Namanganda “lochinlar” darvozasiga  bor-yo‘g‘i 4ta to‘p kiritishgan.

O‘tgan yili Namanganda o‘tkazilgan bahsda “lochinlar” Zabihillo O‘rinboyevning goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

“Navbahor” – “Surxon” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 12 may kuni “Markaziy” o‘yingohda soat 18:40 da start oladi.

Barcha uchrashuvlar natijasi:

28.03.1992. Surxon – Navbahor - 1:1

29.10.1992. Navbahor – Surxon -  +:-

13.04.1994. ASK – Navbahor - 2:3

13.11.1994. Navbahor - ASK - 2:1

11.06.1995. Navbahor - ASK - 4:0

19.08.1995. ASK - Navbahor - 2:5

26.06.1996. Navbahor - ASK - 4:1

29.08.1996. ASK - Navbahor - 1:4

13.04.1997. Navbahor – Surxon - 9:0

04.10.1997. Surxon – Navbahor - 1:0

18.04.1998. Navbahor – Surxon - 5:0

08.10.1998. Surxon – Navbahor - 3:1

06.06.1999. Navbahor – Surxon - 1:0

14.08.1999. Surxon – Navbahor - 1:0

19.04.2000. Surxon – Navbahor - 3:3

30.09.2000. Navbahor – Surxon - 5:0

23.06.2001. Surxon - Navbahor - 0:3

31.07.2001. Navbahor - Surxon - 7:1

28.04.2002. Surxon – Navbahor -   1:0

19.10.2002. Navbahor – Surxon -   1:0

14.05.2003. Surxon – Navbahor -   1:0

13.09.2003. Navbahor – Surxon -   2:1

15.03.2004. Navbahor – Surxon -   6:0

05.11.2004. Surxon – Navbahor -   0:4

21.04.2019. “Navbahor” – “Surxon” – 3:0

19.10.2019. “Surxon” – “Navbahor” – 0:0.

19.08.2020. “Surxon” – “Navbahor” – 1:1

20.11.2020. “Navbahor” – “Surxon” – 1:0.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 00:44, 10.05.2021.
O'qildi: 1621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.