Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Hakamlar: Sovuq nigoh polisiyachi

Hakamlar: Sovuq nigoh polisiyachi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Real" - "Chelsi" to‘qnashuvining birinchi seriyasini asli polisiyachi hisoblangan Danni Makkeli boshqarib bordi. Asosiy fakt o‘laroq, niderlandiyalik FIFA referisining futbol tufayli asosiy kasbidan voz kechmaganini aytish mumkin. Diqqatga molik yana bir tarafi - Danni 2012 yilda kuzatilgan xatosini haligacha qayg‘u bilan esga oladi.

Yevropa Chempionlar Ligasi. Yarim final. Birinchi o‘yin. "Real" - "Chelsi". 27-daqiqa. "Qirollik klubi"ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior raqibga nisbatan oshkora qo‘pollik ishlatdi. Shunda referi Danni Makkeli o‘z odatiga ko‘ra, darhol qoidabuzarga yaqinlashdi va uni sariq kartochka bilan "mukofotladi". Vinisius albatta, hakam qaroriga qarshi chiqmoqchi bo‘ldi, ammo Makkeli yuz ifodasini mutlaqo o‘rgartirmagan holda, boshini chayqadi.

Ha, sovuq ko‘zlar va shunday nigoh alaqachon Dannining o‘ziga xos "tashrif qog‘ozcha"siga aylanib ulgurgan. Bunda ortiqcha ajablanadigan tomoni ham yo‘q: Makkeli - Rotterdam polisiyasining doimiy xodimi. Uning o‘zi maydonda hissiyotsiz ishlashi va ehtirosga sira berilmasligi sababini oddiygina tushuntiradi: "Gap shundaki, futbolga o‘yin emas, professional xizmat sifatida qarayman, xuddi polisiyadagi faoliyatim kabi. Zero, har ikki yo‘nalishdagi vazifam ma’lum darajada jiddiylik talab qiladi. Deylik, agar polisiyada ko‘p jilmaysam, meni masxarabozga chiqarib qo‘­yishlari tayin. Qisqasi, na mahkama va na maydonda masxaraboz bo‘lishni xohlayman".

Xo‘sh, Danni Makkeli haqida yana nimalarni bilish kerak?

- Danni - harbiy kuchlarga bevosita bog‘liq oila a’zosi. Ya’ni otasi, amakisi va akasi Niderlandiya armiyasida ishlashadi. Uning o‘zi ham vaqtida hayotini zobitlikka bag‘ishlashni o‘ylagan, lekin haddan tashqari qat’iy tartibga chidolmasligini tushunib, fikridan qaytgan. Keyinchalik esa o‘zini harbiy kuchlarga yaqin sanalgan polisiyaga urdi, baribir: "To‘g‘risi, polisiya xodimi sifatida ko‘chalarda navbatchilik qilishni yoqtiraman. Bunda sen o‘z qarorlaring, shahar ko‘chalarida hayot va tartib-intizom uchun ma’lum darajada javobgar ekanligingni his etasan".

- Danni Makkeli 2011 yildan buyon Niderlandiya Qirollik futbol federasiyasida ishlamoqda. U avvaliga hakamlikni muvofiqlashtirish loyihasi bilan shug‘ullandi va hattoki, polisiyadan ketishiga to‘g‘ri keldi. Chunki bu ish hamisha federasiya ofisida o‘tirishini talab etardi. Danni oradan ko‘p o‘tmay, futboldagi qog‘oz-hujjat ishlari o‘ziga to‘g‘ri kelmasligini tushundi va bevosita maydonda hakam bo‘lishga qaror qildi. Buning ortidan polisiyachi rolidagi faoliyatini tiklashiga ham imkon tug‘ildi: "Bir joyda ko‘p o‘tirishga toqatim yo‘q. Yaxshisi, maydonga tushib, yugurish, o‘yin boshqarish va keyin polisiya mahkamasiga vaqtida yetib borish maqsadida poyezdga ulgurish uchun yana yugurish ma’qul. Har holda, men uchun bu yumush ofisda o‘tirib, hujjatlarni titkilashdan yaxshiroq".

- Danni Makkeli 2011 yilning oxiridan buyon professional futbolda doimiy ravishda hakamlik bilan shug‘ullanmoqda. Qahramonimiz avvaliga Niderlandiya chempionati quyi ligalarida yon chiziq hakami rolini bajardi. Keyinchalik o‘z salohiyatini yoshlar birinchiligi o‘yinlari referisi maqomida sinab ko‘rdi. 2012 yilga kelib, Makkelini U-19 toifasidagi Yevropa chempionati final raundiga jalb etishdi. Shu tariqa polisiyachi-hakam Niderlaniya Eredivizioniga ham yo‘llanma oldi.

- Danni Makkeli 2016 yildan Yevropa Ligasi o‘yinlarida ish boshladi. Xususan, turnirning 2018 yilgi finalida zaxira hakami rolini bajardi. YEL-2020ning hal qiluvchi o‘yinini boshqarib borish esa aynan Makkeliga ishonib topshirildi.

Niderlandiyalik referi polisiya va futbolda tengdaniga ish olib borayotgani yuzasidan kamtarona gapiradi: "To‘g‘risi, o‘zimga qaysi biri ko‘proq yoqishini bilmayman. Bilganim, futbolga 2 yoshimdan mehr qo‘yganman. 18 yoshda esa polisiyachi bo‘ldim va bu kasb hayotimning muhim bo‘g‘ini, ma’nosiga aylandi. Ehtimol, ma’lum vaqt o‘yinlarni boshqarganimdan keyin to‘liq e’tiborimni yana Rotterdam polisiyasidagi ishga qaratarman. O‘ylaymanki, aynan mahkamada qarisam kerak. Bilasizmi, ikki yo‘nalishni uyg‘unlikda olib borish ko‘proq zavq ulashayotganini endi-endi anglayapman". Hamkasblarining guvohlik berishlaricha, Danni o‘ta jiddiy qiyofaga ega bo‘lsada, aslida juda xushchaqchaq odam. To‘g‘ri, ular futbol haqida gap boshlashlari bilan Makkeli birdaniga jiddiylashadi.

JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan Serbiya va Portugaliya termalari o‘rtasidagi o‘yinda ishlagan hakamlar brigadasida Makkeli referi edi (Krishtianu Ronalduning toza goli inobatga olinmaganini eslang). Niderlandiyalik hakam o‘sha lavha atrofidagi shov-shuv va muhokamalardan qanchalik ranjidi? Ha, u kulguli xatoga yo‘l qo‘yilganidan xursand emas. Ammo o‘zining so‘zlariga qaraganda, eng yaqqol xatoga 2012 yili Niderlandiyada, yoshlar o‘rtasidagi bahsda yuz tutgan ekan: "Hozir o‘sha o‘yin qanday maqomda o‘tkazilganini aniq eslolmayman, ammo futbolchilardan biriga qizil kartochka ko‘rsatdim. Ke­yin takroriy vaziyatni tahlil qilib, o‘sha vaziyat hattoki, "sariq"qa ham tortmaganini tushundim". Ta’kidlashlaricha, Makkeli o‘sha xatodan hanuzgacha siqiladi, uyaladi.

J.BOBOXONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:00, 10.05.2021.
O'qildi: 1946 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.