Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Italiyada YECHL yo‘llanmasidan qaysi jamoa quruq qoladi?

Italiyada YECHL yo‘llanmasidan qaysi jamoa quruq qoladi?

Baho:
+ | -

"Milan" Turinda "Yuventus" ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:0), ularni Chempionlar Ligasi zonasidan chiqarib yubordi va A Seriyada chempion aniqlangan bo‘lsa-da, so‘nggi turlar shiddatli o‘tishini ta’minlab berdi.

Atigi uch tur qoldi – biroq "Napoli", "Atalanta", "Milan" va hanuzgacha "Yuventus" YECHL uchun qolgan uchta o‘ringa da’vogarlik qilyapti.
Ochkolar teng bo‘lganda mezonlar:
• jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlarda to‘plangan ochkolar;
• jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlarda urilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbatidagi farq;
• barcha uchrashuvlarda urilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbatidagi farq;
• urilgan gollar;

Keling jamoalarning imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz

"Atalanta" - 72 ochko

"Atalanta" yakshanba kuni "Parma"ni mag‘lub etdi, ammo yakuniy o‘yin ular uchun hal qiluvchisi bo‘lishi mumkin. "Yuve" bilan kubok finali o‘yinidan uch kun o‘tib, 38-turda "Milan" bilan bahs olib boradi. Jan Pyero Gasperini shogirdlari yaxshi yo‘ldan borishdi: 2021 yilda ular faqat "Lasio" va "Inter" ga yutqazishdi, ammo o‘sha segmentdagi boshqa raqiblarini mag‘lub etishdi.
"Atalanta" allaqachon 2018/19 yilga nisbatan ko‘proq ochko to‘plagan va ketma-ket uchinchi marta Chempionlar Ligasida ishtirok etiishga yaqin turibdi.

Taqvim:

12-may - "Benevento" (uy)
15 may - "Genuya" (m)
23 may - "Milan" (uy)

"Milan" - 72 ochko

"Yuve" ustidan qozonilgan g‘alaba "Milan"ning erkinroq nafas olishiga sabab bo‘ldi: ha, ular "Torino" va "Kalyari" ni mag‘lub etishlari kerak, shunda "Atalanta" bilan durang natija ham yetarli bo‘ladi - bu kafolatlangan Chempionlar Ligasi.
Muammo shundaki, mavsum o‘rtalarida bo‘lajak chempion bo‘lib ko‘ringan Milan yangi yildan keyin kutilmaganda boshqa rejimga o‘tdi. Yanvar oyi boshidan buyon jamoa 7 marta mag‘lub bo‘lgan, shu qatorda "Yuventus", "Lasio", "Napoli", "Atalanta", "Inter" kabi asosiy raqobatchilar bilan o‘yinlar bunga misol.
So‘nggi turlarda "Milan" dan nimani kutish qiyin jumboq.

Taqvim:

12 may - "Torino" (m)
16-may - "Kalyari" (uy)
23 may - "Atalanta" (m)

"Napoli" - 70 ochko

Yangi mavsum avvalida neapolliklar inqirozli davrlarni boshdan kechirishdi, Jennaro Gattuzo o‘z lavozimidan mahrum bo‘lishi mumkin edi va klub Chempionlar Ligasida qatnashish haqida xayoliga ham keltirmadi.
Biroq, 2021 yilda 22 o‘yinda "Napoli" atigi uch marta mag‘lubiyatga uchradi va Chempionlar Ligasi uchun kurashga qo‘shildi, qo‘shimchasiga raqiblar tez-tez ochko yo‘qotib turishdi. So‘nggi 15 uchrashuvda faqatgina "Inter" neapolliklardan ko‘proq ochko to‘plagan.
"Napoli" uchun asosiy qiyinchilik shundaki, ular mavsum boshida juda ko‘p ochko yo‘qotishgan. Kasallik huruj qilib qolishi mumkin.

Taqvim:

11-may - "Udineze" (uy)
16 may - "Fiorentina" (m)
23 may - "Verona" (uy)

"Yuventus" - 69 ochko

"Milan"dan uchralgan yirik (0:3) mag‘lubiyatdan so‘ng "Yuve" yanada yomonlashdi. 10 yil ichida birinchi marta chempionlikka erisholmadi, shuningdek, o‘sha 10 yil ichida birinchi marta Chempionlar Ligasisiz qolishi mumkin. Bundan tashqari, "Yuve" ochkolar jamg‘arish bo‘yicha antirekordini yangiladi
"Keksa Sinyora"ni ham qiyin taqvim kutib turibdi: "Sassuolo" Italiyaning so‘nggi ikki oydagi eng yaxshi jamoasi (ammo ular baribir Chempionlar Ligasiga chiqa olmaydi) va "Inter" sobiq chempionni mag‘lub etish orqali chempionlik mavsumiga chiroyli imzo va nuqta qo‘yishni istaydi.

Taqvim:

12-may - "Sassuolo"" (m)
15 may - "Inter" (uy)
23 may - "Bolonya" (m)

Qaysi jamoa YECHLda ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘larkan? Jamoaning eng yaxshi futbolchilaridan biri, haqiqiy sardor Alexandro Gomesni qo‘yib yuborgan "Atalanta"mi, butun mavsum davomida barchani hayratlantirgan "Milan"mi, stadioni nomini o‘z afsonasiga atagan "Napoli"mi yoki so‘nggi 10 yillikdagi dominantlikni qo‘ldan boy bergan va tobora inqirozli holatga kirib borayotgan "Yuventus"mi?
Agar "Yuve" YECHLga yo‘llanma ololmasa, klubda inqilobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Aks holda muammolar shu bilan yopilib ketishi ehtimoli yo‘q emas. Qolgan uchta jamoa esa, yildan yilga kuchayib boryapti.
Italiya futbolida ham katta o‘sish sezildi, bu bir jamoaning o‘yini pasayishi hisobiga bo‘lmagani aniq. Menimcha tushundingiz...

Kiritildi: 00:02, 11.05.2021.
O'qildi: 5109 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.