Italiya futbol federasiyasi prezidenti Gabriel Gravinaning ta’kidlashicha, Turinning "Yuventus" klubi Superligani tark etmasa, A Seriyadan chetlatiladi.
"Aniq qoidalar mavjud. Agar "Yuventus" yangi mavsum boshlanishidan oldin Superligada qolsa, ular A Seriyada ishtirok eta olmaydi. Biz muxlislar uchun afsusdamiz, ammo bu qoida. Umid qilamanki, bu holat tez orada hal qilinadi", - deydi federasiya prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, "Yuventus", shuningdek "Real" va "Barselona" hali rasman Superligadan chiqmagan.