Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Sergeevning APL klubiga ehtimoliy transferi Germaniyaning mashhur saytida asosiy mavzuga aylandi

Sergeevning APL klubiga ehtimoliy transferi Germaniyaning mashhur saytida asosiy mavzuga aylandi

Baho:
+ | -

Germaniyaning "Transfermarkt" veb-sayti tahlilchilari O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Qozog‘istonning "Aktobe" klubi hujumchisi Igor Sergeevning APL klubi bo‘lmish "Sheffild Yunayted"ga o‘tish ehtimolini 3 foizga baholadi.

Ayni paytda, Sergeevning Angliya chempionatiga o‘tishi haqidagi mish-mishlar saytdagi asosiy transfer mavzusi bo‘lib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisining surati Premyer-liga klublari ro‘yxatining rus tilidagi versiyasida birinchi sahifada joylashgan.
Veb-sayt aniqlik kiritishicha, ijtimoiy tarmoqlarda sodir bo‘lishi kutilayotgan transfer haqidagi ma’lumotlar o‘zbekistonlik jurnalist Davron Fayziyev tomonidan nashr etilgan. U Qozog‘istondagi manbalariga asoslanib, inglizlarning o‘zbek goleadoriga qiziqishi haqida xabar bergan.

Igor Sergeev Toshkentning "Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011 yildan boshlab u asosiy jamoada o‘ynashni boshlagan. 2016 yilda u yarim mavsumni xitoyning "Beyjing Goan" klubida o‘tkazdi. U "Paxtakor" ga qaytdi, ammo 2017 yilda uni BAAning "Al-Dafra" klubi sotib oldi. 2018 yil iyul oyida Sergeev yana "Paxtakor"ga qaytdi. 2021 yilda u Qozog‘istonning "Aktobe" jamoasiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.

U "Paxtakor" tarixidagi milliy chempionatlarning eng yaxshi to‘purari sanaladi. Igor Sergeev O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 54ta o‘yin o‘tkazib, 17ta gol urgan. "Transfermarkt" xabariga ko‘ra, hujumchining qiymati 1,5 million evroga baholanmoqda. Shuningdek, futbolchi QPLda 2021 yilning eng qimmat o‘yinchilari o‘nligidan joy oldi.

Manba: Sports.kz
Kiritildi: 12:57, 11.05.2021.
O'qildi: 11227 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.