Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

UYEFA «Real», «Barselona» va «Yuventus»ga nisbatan tekshiruv boshladi

UYEFA «Real», «Barselona» va «Yuventus»ga nisbatan tekshiruv boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

UYEFA Superliga loyihasi bo‘yicha «Barselona», «Real» va «Yuventus» klublariga nisbatan ish ochdi.

«UYEFA dissiplinar reglamenti 31-modda 4-bandiga muvofiq, bugun 12 may kuni «Real», «Barselona» va «Yuventus» klublarining Superliga loyihasidagi aloqadorligi yuzasidan UYEFA normativ-huquqiy bazasining ehtimoliy buzilishi bo‘yicha intizomiy tekshiruv o‘tkazish masalasida nazoratchilar tayinlandi», - deyiladi tashkilot bayonotida.

Avvalroq, Superliga loyihasining ta’sischi 12 klubi orasidan 9tasi turnirdagi faoliyatini to‘xtatishini e’lon qilgan edi. UYEFA bu klublarni faqatgina daromadining ma’lum qismini jarima sifatida ushlab qolishini ma’lum qilgandi. «Barsa», «Real» va «Yuventus» klublari esa ikki yilga yevrokuboklardan chetlatilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Kiritildi: 22:12, 12.05.2021.
O'qildi: 2346 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик