Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Panshanbe Tojikiston termasiga chaqirildi

Panshanbe Tojikiston termasiga chaqirildi

Baho:
+ | -

Hamyurtimiz Usmon Toshev murabbiylik qilayotgan Tojikiston terma jamoasi joriy yilning iyun oyida JCH-2022 va OCH-2023 saralash bahslarini o‘tkazadi. Mazkur o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish niyatida tojikistonliklar ikkita nazorat - sinov uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirishgan. Mazkur o‘yinlar shu yilning  24 va 29 may kunlari  Iroqning Basra hamda BAAning Dubay shaharlarida Iroq va Tailand terma jamoalariga qarshi o‘tkaziladi.

Shundan so‘ng, Usmon Toshev shogirdlari 3 iyun kuni Yaponiyaga jo‘nab ketishadi hamda Kunchiqar yurtda markazlashgan holda bo‘lib o‘tadigan

JCH-2022 va OCH-2023 saralash bahslari doirasidagi o‘yinlarda maydonga tushishadi. Ushbu saralash uchrashuvlarida tojikistonliklarga Yaponiya (7 iyun) hamda Myanma (15 iyun) termalari raqiblik qilishadi.

Tojikiston terma jamoasining ushbu yig‘iniga “Navbahor”ning bugun 22 yoshini nishonlayotgan mahoratli yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe ham chaqirildi.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:40, 13.05.2021.
O'qildi: 2050 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик