Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Futbol tarixidagi eng yirik transferlar yoxud oqlangan va sovurilgan millionlar. Ikkinchi qism

Futbol tarixidagi eng yirik transferlar yoxud oqlangan va sovurilgan millionlar. Ikkinchi qism

Baho:
+-1 | -

11. Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted“ - “Real“, 94 mln yevro, 2009 yil)
Ronaldu “Real“ ga o‘tganida, u allaqachon “Oltin to‘p“ni qo‘lga kiritib bo‘lgandi. Ammo, u o‘zidan kutilgan barcha ishni qildi. 438 o‘yinda 450 ta gol urdi va bu aql bovar qilmaydigan statistika, faqat bitta salbiyroq narsa to‘qqiz yil ichida atigi ikki marta Ispaniya chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritganida. Bir narsa aniqki, madridliklargg shu davrgacha qilgan eng yaxshi transfer qaysi deyilgan savol qo‘yilsa,ular hech ikkilanmay Ronalduni ko‘rsatishlari kerak.

12. Gonsalo Iguain (“Napoli“ - “Yuventus“, 90 mln. yevro, 2016)
Muvaffaqiyatsiz transfer bo‘lgan, deb bo‘lmaydi,ammo muvaffaqiyatni belgilagan ham emas. Iguain “Napoli“da rekord darajada 36 ta gol urgan, ammo Turindagi ikki mavsumida kamroq gol urgan.Bir mavsumda 24 va ikkinchisida 16 ta. Keyinchalik u “Milan“ va “Chelsi“ da o‘ynagan, “Yuve“ esa Ronalduga ishonishga qaror qilgan.

13. Harri Maguayr (“Lester Siti“ - “Manchester Yunayted“, 87 mln. yevro, 2019)
Yaxshi boshlanish, mavsumining ikkinchi yarmiga nisbatan muvaffaqiyatliroq ikkinchi mavsum. Ba’zida Maguayr qandaydir qo‘pol futbolchi sifatida gavdalanadi. Bu tarixdagi eng qimmat himoyachi uchun g‘alati, ammo jamoada ta’sirini oshirib bo‘lmaydigan muhim o‘yinchi. Va shunga qaramay, uning eng yaxshi mavsumi “Lester“ da o‘tgan mavsum bo‘lganligi haqida hech kim bahslasha olmaydi.

14. Romelu Lukaku (“Everton“ - “Manchester Yunayted“, 85 mln. yevro, 2017)
Lukakuga ishonch bildirilmagan “Chelsi“ dan tashqari, belgiyalik haqiqatan faqatgina “Yunayted“da yaxshi o‘yin ko‘rsata olmagan. “Anderlext“, “Vest Bromvich“, “Inter“ va Belgiya termasida u doimo yuqori formadagi darajasini ko‘rsatib kelgan. Ammo “Yunayted“ ko‘proq narsani kutgan. Biroq, inglizlar pullarini uning transferi orqali qaytarib ham olishgan. U jamoada ikki mavsum harakatlanib, umumiy 28 gol kiritgan.

15. Virjil van Deyk (“Sautgempton“ - “Liverpul“, 84,5 mln.evro, 2018)
Shubhasiz muvaffaqiyat. “Liverpul“ u bilan shartnoma tuzganidan hech qachon afsuslanmaydi. Himoya chizig‘ida haqiqiy tartibni yuzga keltirgan haqiqiy “qoya“. Gollandiyalik o‘z pozisiyasida dunyodagi eng zo‘rlardan biri ekanligi haqida bahslashishning keragi yo‘q. Buni faqatgina 2019 yilda u “Oltin to‘p“ uchun ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egallagani ham tasdiqlaydi. Markaziy himoyachi uchun bu haqiqiy yutuq.

16. Luis Suares (“Liverpul“ - “Barselona“, 82,5 mln. yevro, 2014)
Suaresning shartnomasi u Kellinini tishlab olgandan keyin to‘rt oyga chetlatilgandan so‘ng sodir bo‘lganligini hisobga olsak, “Barselona“ ning qarorini mardona bo‘lgan, deb atash mumkin. Futbolchi o‘z transferini oqlagan. Urugvaylik futbolchi nihoyatda yaxshi edi. Xatto “Oltin butsa“ni ham qo‘lga kiritgan.

17. Romelu Lukaku (“Manchester Yunayted“ - “Inter“, 80 mln.evro, 2019)
Bu yerda Lukaku nafaqat o‘zining eng yaxshi formasiga qaytdi, balki undan ham yuqori darajaga o‘tib ketdi. A Seriyada 23 va Yevropa Ligasida to‘qqizta gol juda zo‘r natija.Bu yilgi mavsumda esa jamoasiga “Skudetto“ni olib kelishda juda katta yordam berdi. Bu voqea uni yana bir bor top hujumchi deya atashga imkon beradi.

18. Nikolas Pepe (“Lill“ - “Arsenal“, 80 mln. yevro, 2019)
Pepeni bu pulga olob kelishganida hamma hayron qolishgan. Hech kim tanimaydigan futbolchi uchun “dahshatli“ narx. Jamoa kelgandan beri “Arsenal“ aytarli yutuqlarga erishganicha yo‘q. Bunda faqatgina bir futbolchini ayblash qiyin. Chunki londonliklarda har yili nimadir o‘zgarib turibdi.

19. Kepa Arrisabalaga (“Atletik“ - “Chelsi“, 80 mln.evro, 2018 yil)
Xatto seyvlardan ko‘ra paslari bilan tanilgan darvozabon uchun bunday narx absurd holat bo‘lgan. “Chelsi“ kechira olmagaydigan xatolar qilgan Kepa jamoada hech qanday obro‘ga ega chiqmasdan zahira o‘rindig‘iga mixlandi. Ushbu transfer London klubi uchun tarixdagi eng qimmat xatodir.

20. Luka Ernandes (“Atletiko“ - “Bavariya“, 80 mln. yevro, 2019)
U jamoaga yaxshi moslashib keta oldi,ammo to‘pig‘idagi jarohat uning debyut mavsumidagi taassurotlarini buzdi. Hozir u zahira futbolchisiga aylangan. U futbol tarixidagi eng qimmat uchinchi himoyachi o‘rni uchun kuchsiz ko‘rinadi.

O‘yinchilarni har doim ham omadli yoki omadsiz deb belgilashingiz shart emas. Ba’zan ularni faqat yaxshi o‘ynashining o‘zi yetarli bo‘ladi.

Yuqoridagi futbolchilar ichidan haqiqatdada foydalilari bir nechtani tashkil qiladi,xolos. Ronaldu, van Deyk va Suares. Hatto Lukaku, Neymar va Mbappe haqida biron fikr bildirishga ertadek tuyilaveradi.

Ushbu transferlarning aksariyati bir-biriga bog‘liq. 2017 yilda Neymarning “Barselona“dan ketishi Dembele va Koutinyoga pul sarflashga majbur qildi, bu esa o‘z navbatida “Liverpul“ ga van Deykni sotib olishga yordam berdi. Keyinchalik Grizmanning shartnomasi “matraschilar“ga Felishni jalb qilishga imkon berdi. Ronaldu va Lukaku ushbu ro‘yxatda ikki marotaba paydo bo‘ldi va bir xil narxda.

Hukm oddiy: super yulduzlarga katta miqdordagi pul sarflash har doim ham o‘zini oqlamagan va ko‘pincha siz pushaymon bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. 15 yil oldin 80 million yevro aql bovar qilmas narxga o‘xshardi, besh yil oldin bu haqiqiy yulduzning narxi edi. Endi 80 million havoga sovurilgan pul bo‘lib qolishi ham hech gap emas.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:32, 13.05.2021.
O'qildi: 9303 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.