Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 00:00 Barselona 5-1 Sevilya
21/10 18:00 So‘g‘diyona 1-1 OKMK
21/10 21:00 Al-Ayn 4-5 Al-Hilol
21/10 21:00 As-Sadd 1-0 Persepolis
21/10 21:00 Ash-Shorta 0-0 Paxtakor
21/10 23:00 Ar-Rayyan 1-2 Al-Ahli (SA)
21/10 23:45 Verona 0-3 Monsa
22/10 00:00 Valensiya 2-3 Las-Palmas
22/10 00:00 Nottingem Forest 1-0 Kristal Pelas

«Liverpul» Chempionlar ligasi yo‘llanmasi qo‘lga kirita oladimi?

«Liverpul» Chempionlar ligasi yo‘llanmasi qo‘lga kirita oladimi?

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubi kecha oqshom Angliya chempionatining 34-turidan olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi qoldirilgan uchrashuvni o‘tkazdi va muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Klopp jamoasi ushbu g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 60taga yetkazib, jadvalda 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Xo‘sh, APLning o‘tgan mavsumdagi chempioni kelasi mavsumda Yevropa chempionlar ligasi qo‘llanmasini qo‘lga kirita oladimi?

Premyer-liga ayni paytdagi jadvalining yuqoridagi ko‘rinishi quyidagicha:

 JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-yatT-NOchko
1 Manchester Siti 35 25 5 5 72-26 80
2 Man. Yunayted 36 20 10 6 70-42 70
3 Lester 36 20 6 10 65-44 66
4 Chelsi 36 18 10 8 55-33 64
5 Liverpul 35 17 9 9 61-41 60
6 Vest Xem 35 17 7 11 55-45 58
7 Everton 35 16 8 11 46-42 56


Ko‘rib turganingizdek, "Manchester Siti" va "MYU" YECHL yo‘llanmasini hal qilib bo‘lishgan. Qolgan 2ta yo‘llanma uchun esa 6ta klubda imkoniyat saqlanib turibdi. Albatta, eng yaxshi imkoniyat "Lester" va "Chelsi" klublarida, ammo "Liverpul" ularning biridan yo‘llanmani tortib olishi mumkin. Mersisaydliklar 36-tur bahsini hali o‘tkazishmadi. Klopp jamoasi 16 may kuni APLni allaqachon tark etgan "Vest Bromvich" klubi mehmoni bo‘ladi va g‘alaba qozonsa, o‘z ochkolarini 63taga yetkazib oladi.

37-turda esa "Chelsi" va "Lester" klublari o‘zaro "Stemford Brij"da to‘qnash kelishadi. Tabiiyki, bu bahsda kamida bitta jamoa ochko yo‘qotadi. Bu esa "Liverpul"ga qo‘l kelishi mumkin. "Qizillar" keyingi turda "Byornli" klubi mehmoni bo‘lishadi hamda g‘alaba qozonsa, o‘z ochkolarini 66taga yetkazib olishadi.

"Chelsi" - "Lester" o‘yinida mezbonlar g‘alaba qozonsa, "Liverpul" ochkolar bo‘yicha "tulkilar"ga yetib oladi. Mavsum so‘ngida bu ikki jamoaning o‘zaro ochkolari teng kelib qolsa, birinchi navbatda to‘plar farqi inobatga olinadi. Hozirda "Lester"niki +21 (65-44), "Liverpul"niki esa + 20 (61-41). Shu bois, mersisaydliklar keyingi bahslarda imkon qadar ko‘proq gol urishga harakat qilishadi.

"Chelsi" - "Lester" o‘yinida mehmonlar g‘alaba qozonsa yoki durang qayd etilsa, "Liverpul" ochkolar bo‘yicha londonliklardan o‘tib ketadi va YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ladi.

Demak, YECHL yo‘llanmasi taqdiri, katta ehtimol bilan, 18 may kuni bo‘lib o‘tadigan 37-tur doirasidagi "Chelsi" - "Lester" uchrashuvida hal bo‘ladi. Bundan tashqari, "tuliklar"ni so‘nggi turda "Tottenxem"ga qarshi yana bir qiyin uchrashuv kutib turibdi.

Jamoalarning so‘nggi — 38-turdagi o‘yinlari esa quyidagicha:

"Liverpul" - "Kristal Pelas"
"Lester" - "Tottenxem"
"Aston Villa" - "Chelsi"

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:30, 14.05.2021.
O'qildi: 8097 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.