Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Ertaga tongda UFC yengil toifasining yangi chempioni aniqlanadi

Ertaga tongda UFC yengil toifasining yangi chempioni aniqlanadi

Baho:
+ | -

Habib Nurmagomedov faoliyatini tugatgach eng nufuzli vazn kamari vakant qoldi. Ertaga uning yangi chempioni va yangi era egasi aniqlanadi. Da’vogarlar sobiq Bellator chempioni Maykl Chendler hamda reytinglar orqali ko‘tarilgan Charlz Oliveyra.

Aynan ularga Dena Uayt imkon bergani ko‘pchilikda e’tiroz uyg‘otdi. Ochig‘i, menda ham. Sababi, Chendler UFCga o‘tgach yarim raundda Den Xukerni nokautga uchratdi xolos. Oliveyra esa top-jangchilardan faqatgina Getji tomonidan to‘kib tashlangan Toni Fergyusonni yengdi. Fikrimcha, haqiqiy da’vogarlar Dastin Porye va Jastin Getji edi. Ammo qaror qabul qilindi. Chendler - Oliveyra alohida olib qaraganda zo‘r to‘qnashuv. Bomba effektiga ega pancher Chendler hamda eng kuchli jitserlardan biri, bo‘g‘ma ilon Oliveyra.

Darvoqe co-main-event jangida Toni Fergyuson qaytish qiladi. Raqibi nokautchi Benil Dariush. Tonining fikricha, u faoliyatidagi eng zo‘r formada va asl ildizlariga, och bo‘ri holatiga qaytgan.

Afsuski, UFC-262 turnirini efirga uzata olmaymiz. Men telegram kanalim orqali audio-chat amalga oshirib, shu ikkita jangni siz bilan birga muhokama qilib, sharhlab bormoqchiman.

Kechroq anons beraman.

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 10:01, 15.05.2021.
O'qildi: 10136 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.