Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

A seriya. «Milan» bugun «Yuventus»ni YECHL yo‘llanmasidan mahrum etadimi?

A seriya. «Milan» bugun «Yuventus»ni YECHL yo‘llanmasidan mahrum etadimi?

Baho:
+ | -

Italiya chempionati yakunlanishi arafasida ba’zi savollarga javob topildi. Masalan, "Inter" chempionga aylangan bo‘lsa, "Atalanta" Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

YECHLning qolgan 2ta yo‘llanmasi uchun 3ta klub da’vogarlik qilmoqda. "Yuventus" kecha "Inter" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolarini 75taga yetkazib oldi. Shuncha ochko to‘plab turgan "Milan" esa 37-tur bahsini bugun o‘tkazadi. 5-pog‘onadagi "Napoli" hisobida esa 73 ochko mavjud.

 JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-tT-NOchko
1 Inter 37 27 7 3 84-34 88
2 Atalanta 37 23 9 5 90-45 78
3 Milan 36 23 6 7 72-41 75
4 Yuventus 37 22 9 6 73-37 75
5 Napoli 36 23 4 9 83-40 73

"Rossoneri" bugun "Kalyari" ustidan g‘alaba qozonsa, o‘z ochkolarini 78taga yetkazadi va Yevropa chempionlar ligasi yo‘llanmasini naqd qiladi. Chunki, bunday holatda "Milan" "Yuventus"dan 3 ochkoga ilgarilab ketadi. Mavsum tugashiga bir tur qolganida "Yuve" raqibiga yeta olmaydi.

A seriya reglamentiga ko‘ra, ikki yoki undan ko‘p jamoaning ochkolari teng kelib qolganda, avvalo o‘zaro o‘yinlardagi natija inobatga olinadi. "Milan" birinchi davrada Pirlo jamoasiga 1:3 hisobida yutqazgan bo‘lsa, ikkinchi davrada Turinda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu bois, o‘zaro o‘yindagi ustunlik milanliklar tomonida.

"Atalanta" hozirda 78 ochko to‘plab turganini inobatga olsak, go‘yoki mavsum so‘ngida "Atalanta", Yuventus" va "Milan" klublarining ochkolar teng kelib qolishi ehtimoli bordek. Agar shunday bo‘lsa, 3 jamoaning o‘zaro o‘yinlaridagi ustunlik "Atalanta" va "Yuventus" tomonida ("Milan" "Atalanta" bilan bahsda yutqazgan, "Yuve" esa "Atalanta" bilan bahslarda bir ochko to‘plagan). Ammo...

Ammo so‘nggi turda "Atalanta" va "Milan" jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Bu esa "keksa sinyora"ning umidlarini chippakka chiqaradi. Bu o‘yinda "rossoneri" g‘alaba qozonsa yoki durang o‘ynasa, tabiiyki, A seriyada 2-o‘rinni band etadi. Bergamoliklar g‘alaba qozongan taqdirda esa "Yuventus" so‘nggi turda "Bolonya"ni mag‘lub etib, "Milan"ga yetib olishi mumkin, biroq yuqori aytib o‘tganimizdek, o‘zaro o‘yinga ko‘ra raqibidan o‘tib keta olmaydi.

Shu bois, agar Pioli jamoasi bugun "Kalyari"ni mag‘lub etsa, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini naqd qiladi. "Yuventus" esa "Napoli"ning qolgan 2ta o‘yinda ochko yo‘qotishiga umid qiladi (Neapol shahri jamoasi bugun "Fiorentina" bilan, so‘nggi turda "Verona" bilan to‘qnash keladi). Aks holda Ronaldu va uning jamoadoshlari kelgusi mavsumda Yevropa ligasida ishtirok etishga majbur bo‘ladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:15, 16.05.2021.
O'qildi: 11641 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.