Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

OFK kubogi. “Xo‘jand” – “Nasaf” (prevyu)

OFK kubogi. “Xo‘jand” – “Nasaf” (prevyu)

Baho:
+ | -

 

O‘zingizga ma’lum, Qarshining "Nasaf"  jamoasi 17 may kuni OFK Kubogi “F” guruhi 2-turida Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasi bilan kuch sinashadi. Bellashuv mahalliy vaqt bilan soat 21:05 da boshlanadi.

“Xo‘jand” jamoasi haqida gapirishdan oldin jamoamizning tojik klublariga qarshi o‘yinlarini yodga olamiz. “Nasaf”  o‘z tarixida faqat bir marotaba tojik klubi bilan kuch sinashgan. 2001/2002 yilgi Osiyo Chempionlar Kubogi musobaqasi ikkinchi bosqichida “ajdarlar” Tojikistonning “Samar-Umid” jamoasi bilan kuch sinashib umumiy hisobda 7:3 hisobida g‘alaba qozongan (4:1, 3:2).

“Xo‘jand” jamoasi haqida…

“Xo‘jand” jamoasi 1953-1991 yillar orasida Sobiq ittifoqning ikkinchi ligasida ishtirok etgan. U paytda jamoaning asosiy vazifasi yana bir tojik klubi “Pomir” jamoasiga futbolchi yetkazib berishdan iborat bo‘lgan. Jamoa 1992 yildan buyon Tojikiston Oliy ligasi ishtirokchisi sanaladi. “Burgutlar” tojik klublari orasida eng sovrindor jamoalardan biri hisoblanadi. Raqibimiz Tojikoston Oliy ligasida yetti marta kumush medali, besh marta bronza medali va  to‘rt karra Tojikiston kubogi sohibiga aylangan.

“Xo‘jand” jamoasi OFK kubogi 1-turida Turkmanistonning “Oltin Asr” jamoasi bilan kuch sinashdi va yakunda tomonlar murosaa ko‘chasini tanlashdi – 2:2.

Manba: "Насаф" матбуот хизмати
Kiritildi: 15:51, 16.05.2021.
O'qildi: 5396 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик