Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

"Xo‘jand" murabbiyi: "Nasaf" kuchli chempionatning tajribali jangchisi"

"Xo‘jand" murabbiyi: "Nasaf" kuchli chempionatning tajribali jangchisi"

Baho:
+ | -

OFK kubogi 2-turi doirasidagi «Xo‘jand» - «Nasaf» uchrashuvi oldidan tojikistonliklar klubi bosh murabbiyi Rustam Xo‘jayev matbuot anjumanida «Nasaf» klubi haqida iliq fikrlarni bildirdi.

«Bu raqibimiz kuchli chempionatning tajribali jangchisi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Hech kimga sir emaski, O‘zbekiston – Markaziy Osiyodagi top-chempionat sanaladi. «Nasaf» yaxshi tayyorgarlik va o‘z vazifalariga ega klub. Ammo biz ham o‘z oldimizga maqsad va rejalarni qo‘yganmiz. Ikki jamoa ham o‘z maqsadi yo‘lida ertangi bahsda zafar quchishi lozim. O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, ertaga g‘alaba qozonishga intilamiz.

- «Nasaf»ning Qirg‘iziston klubini yirik hisobda mag‘lub etishi sizni cho‘chitmayaptimi? «Xo‘jand» ertangi o‘yin uchun yashirin rejaga egami?
- Bilasizmi, fikrimcha hozirgi futbolda hech qanday sir qolmagan. Hamma jamoa o‘zaro raqibini o‘rganadi, yashiradigan hech narsa yo‘q. Raqibning avvalgi o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozongani bizni cho‘chitmaydi. Raqibni hurmat qilgan holda maydonga tushamiz va o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga intilamiz», - deya Rustam Xo‘jayevning so‘zlarini keltirmoqda Tojikiston klubi rasmiy sayti.

Kiritildi: 17:32, 16.05.2021.
O'qildi: 2472 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик