«Barselona» bosh murabbiy Ronald Kumanni ishdan bo‘shatish haqida jiddiy o‘ylamoqda. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Klub prezidenti Joan Laporta Kumanni «Al-Sadd»da murabbiylik qilayotgan Xavi Ernandes bilan almashtirmoqchi. Ammo, ispaniyalik mutaxassis yaqinda Qatar klubi bilan yangi shartnoma imzoladi - 2023 yil iyungacha.
Oldinroq «Barselona»ning ayrim futbolchilari Kumandan norozi ekani haqida xabar bergan edik.