Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Falastin-Isroil muammosi: Ronaldu va Messi qarashlari kesishgan nuqta(mi)?

Falastin-Isroil muammosi: Ronaldu va Messi qarashlari kesishgan nuqta(mi)?

Baho:
+ | -

Qariyb 73 yildan buyon katta muammolarga sabab bo‘lgan yaqin sharq masalasi — Isroil va Falastin davlatida yana notinchlik hukumronlik qila boshladi. Aslida ikki davlat rasman tuzilgandan beri har ikki tomon aholisi uzoq vaqt tinchlikda yashay olmadi. Hozir ham bu omil yuzaga qalqiy boshladi.

Hozir gap ana shu ikki davlat kabi futbol olamida o‘z frontlarni yarata olgan ikki afsona — Krishtianu hamda Leoning ayni masalada qanday pozisiyada ekanligiga qiziqib ko‘ramiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda yaqin sharqda urush boshlanganidan so‘ng, har ikki futbolchilarning qay tomonga hayrixohligini anglatuvchi turli xil video va suratlar ko‘payib qoldi. Ya’ni Ronalduning falastinliklarni qo‘llab-quvvatlagani va Messini aksincha, Isroil bayrog‘i va ramzini aks ettirgani nazarda tutilmoqda. Xo‘sh, bu «mediamateriallar» qanchalik asosli?

Quyida siz bilan, sodir bo‘layotgan ayni shu ikki davlat o‘rtasidagi janglarda ikki buyuk futbolchining qay tarafda ekanligini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ayrim faktlarga e’tibor qaratamiz. Dastlab, portugaliyalik haqida.

Ronalduning onasi farzandini bolaligidan barcha dinlarga hurmat ruhida voyaga yetkazishga harakat qilgan. Shu sababdan u Islom diniga o‘ta ijobiy qaraydi. Yulduz futbolchiga aylanib, "Oltin butsa"lar sohibiga aylangach, ulardan birini kimoshdi savdosiga qo‘yadi. Nima uchun deysizmi?

Falastinlik bolalar uchun...

2012 yilning noyabrida OAVda Ronaldu o‘z "Oltin butsa" sovrinini auksionga qo‘yganligi e’lon qilindi. Undan tushgan 1,3 mln. funt-sterlingni esa Falastindagi jang harakatlari olib borilayotgan hududlarda yashovchi bolalarga xayriya qiladi. Krishtianu bu bilan cheklanib qolmagan. U har yili Ramazon oyida falastinliklar uchun o‘z jamg‘armasidan mablag‘ ajratadi.

Ronaldu yahudiylar mamlakati bilan uncha chiqisholmaydi degan gaplar ham mavjud. Bunga misol qilib, bir voqeani keltirish mumkin. 2018 yilgi jahon chempionati saralash bahslarida Portugaliya termasi Isroil bilan bir guruhda edi. O‘zaro o‘yinlarning so‘ngida Ronaldu isroillik yahudiy futbolchi bilan futbolka almashtirishdan bosh tortadi. O‘shanda, bu narsa ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. Qolaversa, Ronalduning Isroil kompaniyasi reklamasida suratga tushganligi, uning musulmon muxlislarini keskin norozi qilgandi.

O‘z navbatida, bu borada Leo Messi bilan bog‘liq kontrvaziyatlar ham bor. Argentina milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida, Quddus (IYErussalim) shahrida Isroil jamoasi bilan bahslashishi kerak bo‘lgan. O‘shanda, Falastin Futbol federasiyasi prezidenti Jibril Rajab falastinlik va qo‘shni isroillik musulmonlarga murojaat qilib, Argentina MTJ va Messining ismi tushirilgan liboslarni yoqishga chorlagan edi. Qolaversa, Quddus talash shahar bo‘lib, xavfsizlik so‘roq ostida qoladi. Shu voqealar sabab uchrashuv bekor qilingandi. Keyinchalik, Messi bunda falastinliklarni ayblaydi.

Messi Isroil kompaniyalari bilan yaqindan tijoriy hamkorlik qiladi. Jumladan, mamlakatning vizualizasiya qurilmalari ishlab chiqaruvchi yirik «OrSam» savdo belgisi bilan shartnoma imzolab, brendiga aylandi. Qolaversa, u 2017 yilda Tel-Avivning Sirin Labs korxonasining global miqyosdagi ramziy elchisi bo‘lgan edi.

Ushbu masalaning bir jihatidan, nafaqat bu ikki dahoning, balki butun dunyoning fikri bir joydan chiqsa kerak — bu urush bo‘layotgan joylardagi bolajonlar taqdiri. Ular o‘z fikrlarida urushning eng ayanchli va og‘ir tovonini bolajonlar to‘layotganini, bema’ni urush hamda zo‘ravonlikni tezroq tugatish kerakligini yakdillik bilan ta’kidlaydilar.

Jaloliddin Ismatov.

Kiritildi: 11:01, 17.05.2021.
O'qildi: 29697 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.