Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya - Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR - Eron
14/11 19:00 Bahrayn - Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt - Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon - Falastin
14/11 21:15 Iroq - Iordaniya
14/11 21:15 Qatar - O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA - Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

OFK kubogi-2021. Ro‘ziqul Berdiyev: "O‘yinni to‘liq nazorat qildik"

OFK kubogi-2021. Ro‘ziqul Berdiyev: "O‘yinni to‘liq nazorat qildik"

Baho:
+ | -

ОФК Кубоги “Ф” гуруҳи “Хўжанд” – “Насаф” учрашувидан сўнг бўлиб ўтган матбуот анжуманида жамоамиз бош мураббийи Рўзиқул Бердиев иштирок этди ва бўлиб ўтган беллашув ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.

    "Aжойиб ўйин бўлди. Биз ҳаммасини назорат қилдик. Рақибни кучли ва кучсиз томонларини яхши билардик, биз ўйиндаги ҳисобни назорат қила олдик ва муҳим ғалабага эришдик. Ҳисоб ўйинга мос бўлди", - дея дастлабки фикрларини билдирди Бердиев.

- Жамоада иккита ўнг қанот ҳимоячиси борлигига қарамай, бугун асли марказий ҳимоячи ҳисобланган Ҳусниддин Aлиқуловни ўнгга туширдингиз ва бу амалда ўзини тўлиқ оқлади. Ўйин давомида ундан нима талаб қилинган бўлса барчасини уддалади.  Нима сабабдан бундай қарорга келгандингиз?

- Биринчидан Aлиқулов олдинги учрашувда захирадан тушиб ўйинга яхши қўшилиб кетди ва гол ҳам урганди. Иккинчидан, ўша иккита ўнг қанот ҳимоячиларимиз биринчи беллашувда биз кутган ўйинни намойиш этишмаганди. Шу сабаб бугун Aлиқуловга имконият бердик. Ҳусниддинда ўнг қанот ҳимоячиси бўлиб ўйнаш учун керакли тажрибаси бор, шу сабаб уни ишонч билан ўша жойга қўйдик ва бу ўзини оқлади. Қўшимча қиламан, Aлиқулов бош билан жуда яхши ўйнайди. Шу сабаб стандарт вазиятларда устунликка эришиш ва ҳимоайда яхши ҳаракат қилиши учун уни асосий таркибга киритдик. Ҳимояда ҳам, ҳужумда ҳам, стандарт вазиятларда ҳам у яхши ҳаракат қилади.

- Бугун ҳимоя чизғига алоҳида эътибор қаратганингиз билинди, улар жуда яхши ҳаракат қилишд. Жамоа биринчи ўйинда  қирғизларга қарши бу даражада ҳаракат қилмаганди. Aйнан "Хўжанд"га қарши кучли тайёрландингларми ёки олдинги беллашувда бошқача кўрсатма бўлганмиди?

- Биз ҳар бир жамоага алоҳида тайёрланамиз. Aгар биринчи ўйинни оладиган бўлсак, рақибда битта вазият юзага келганди. Ёдингизда бўлса африкалик легионерда имконият бўлганди. Ўшанда ҳам ҳимояда бироз хатога йўл қўйгандик. Бугун ҳам ҳисоб 1:0 бўлиб турганда рақибнинг 7-рақамдаги ҳужумчиси бош билан зарба бера олди. Дарвозабонимиз бу вазиятда бизни қутқарди. Кўриб турганингиздек, ҳимояда хатоларимиз бор, буни тўғрилашимиз керак. Ҳимоячиларга доим диққатни йўқотмасликни, ҳимояда ишончли ҳаракат қилиб нолга ўйнаш кераклигини такидлайман. Хатолар бўлди, аммо менимча бугун улар ўз вазифаларини бажаришди.

- Биринчи ўйиндан фарқли ўлароқ бугун жамоа ўйин бошидан жуда яхши ҳаракатланди ва ўз ўйинини намойиш эта олди. Бунга сабаб жамоа кўпроқ яхши тайёргарлик кўрганидами? Ёки рақиб бугун кўпроқ олдинга ўтгани ва очилгани сабабми?

- Биринчи ўйинда биринчи голни уриб олишга қийналган эдик. Бир бўлим сифатли ҳужум ташкил эта олмагандик. Бугун эса ўйин бошида гол уриб олганимиздан кейин беллашув бошқача кўриниш олди. Олдин ҳам айтгандим, биринчи учрашувда балки бироз ҳаяжон бор эди. Бугун эса ўша жиҳатни тўғрилай олдик. Йигитлар бугун рухий томонлама жуда яхши тайёрланишган эди. Бу бизга устунлик берган жиҳатлардан бири бўлди.

OFK Kubogi “F” guruhi “Xo‘jand” – “Nasaf” uchrashuvidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi va bo‘lib o‘tgan bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

    "Ajoyib o‘yin bo‘ldi. Biz hammasini nazorat qildik. Raqibni kuchli va kuchsiz tomonlarini yaxshi bilardik, biz o‘yindagi hisobni nazorat qila oldik va muhim g‘alabaga erishdik. Hisob o‘yinga mos bo‘ldi", - deya dastlabki fikrlarini bildirdi Berdiyev.

- Jamoada ikkita o‘ng qanot himoyachisi borligiga qaramay, bugun asli markaziy himoyachi hisoblangan Husniddin Aliqulovni o‘ngga tushirdingiz va bu amalda o‘zini to‘liq oqladi. O‘yin davomida undan nima talab qilingan bo‘lsa barchasini uddaladi.  Nima sababdan bunday qarorga kelgandingiz?

- Birinchidan Aliqulov oldingi uchrashuvda zaxiradan tushib o‘yinga yaxshi qo‘shilib ketdi va gol ham urgandi. Ikkinchidan, o‘sha ikkita o‘ng qanot himoyachilarimiz birinchi bellashuvda biz kutgan o‘yinni namoyish etishmagandi. Shu sabab bugun Aliqulovga imkoniyat berdik. Husniddinda o‘ng qanot himoyachisi bo‘lib o‘ynash uchun kerakli tajribasi bor, shu sabab uni ishonch bilan o‘sha joyga qo‘ydik va bu o‘zini oqladi. Qo‘shimcha qilaman, Aliqulov bosh bilan juda yaxshi o‘ynaydi. Shu sabab standart vaziyatlarda ustunlikka erishish va himoayda yaxshi harakat qilishi uchun uni asosiy tarkibga kiritdik. Himoyada ham, hujumda ham, standart vaziyatlarda ham u yaxshi harakat qiladi.

- Bugun himoya chizg‘iga alohida e’tibor qaratganingiz bilindi, ular juda yaxshi harakat qilishd. Jamoa birinchi o‘yinda  qirg‘izlarga qarshi bu darajada harakat qilmagandi. Aynan "Xo‘jand"ga qarshi kuchli tayyorlandinglarmi yoki oldingi bellashuvda boshqacha ko‘rsatma bo‘lganmidi?

- Biz har bir jamoaga alohida tayyorlanamiz. Agar birinchi o‘yinni oladigan bo‘lsak, raqibda bitta vaziyat yuzaga kelgandi. Yodingizda bo‘lsa afrikalik legionerda imkoniyat bo‘lgandi. O‘shanda ham himoyada biroz xatoga yo‘l qo‘ygandik. Bugun ham hisob 1:0 bo‘lib turganda raqibning 7-raqamdagi hujumchisi bosh bilan zarba bera oldi. Darvozabonimiz bu vaziyatda bizni qutqardi. Ko‘rib turganingizdek, himoyada xatolarimiz bor, buni to‘g‘rilashimiz kerak. Himoyachilarga doim diqqatni yo‘qotmaslikni, himoyada ishonchli harakat qilib nolga o‘ynash kerakligini takidlayman. Xatolar bo‘ldi, ammo menimcha bugun ular o‘z vazifalarini bajarishdi.

- Birinchi o‘yindan farqli o‘laroq bugun jamoa o‘yin boshidan juda yaxshi harakatlandi va o‘z o‘yinini namoyish eta oldi. Bunga sabab jamoa ko‘proq yaxshi tayyorgarlik ko‘rganidami? Yoki raqib bugun ko‘proq oldinga o‘tgani va ochilgani sababmi?

- Birinchi o‘yinda birinchi golni urib olishga qiynalgan edik. Bir bo‘lim sifatli hujum tashkil eta olmagandik. Bugun esa o‘yin boshida gol urib olganimizdan keyin bellashuv boshqacha ko‘rinish oldi. Oldin ham aytgandim, birinchi uchrashuvda balki biroz hayajon bor edi. Bugun esa o‘sha jihatni to‘g‘rilay oldik. Yigitlar bugun ruxiy tomonlama juda yaxshi tayyorlanishgan edi. Bu bizga ustunlik bergan jihatlardan biri bo‘ldi.

Manba: "Насаф" матбуот хизмати
Kiritildi: 10:29, 18.05.2021.
O'qildi: 2227 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.