Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Rekordchilar: «Ginnes» kitobiga futbolcha «imzo»

Rekordchilar: «Ginnes» kitobiga futbolcha «imzo»

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ginnes rekordlar kitobiga kirish yoqimli, albatta. Biroq professional sportchilar, xususan, futbolchilar bunga alohida intilmaydilar. Aks holda, jamoaviy o‘yin o‘z mohiyatini butkul yo‘qotardi. Shunga qaramay, rekordlar kitobining futbol bo‘limi bo‘sh emas. Masalan, chexiyalik Petr Chex APLda eng ko‘p «quruq» o‘yin o‘tkazgan darvozabon sifatida qayd etilgan. Odatiy va statistika ixlosmandlariga ma’lum bu kabi ko‘rsatkichlardan tashqari, g‘alatiroq rekordlar ham nufuzli kitobga kiritilgan. Sport24.ru sayti futbolchilarga tegishli shunday no­odatiy ko‘rsatkichlardan 5tasini ajratib ko‘rsatdiki, ko‘pchilik ular haqida hali eshitmagan bo‘lsa kerak.

Erling Xoland: sakrash effekti

Diqqat qiling, hozirgi yulduz hujumchi atigi 5 yoshida Ginnes rekordlar kitobiga kirgan. Aniqroq aytsak, Erling Xoland 2006 yilning yanvar oyida 5 yoshli bolakaylar orasida uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. Norvegiyalik bolakay naq 1,63 metr­ga sakrab, ta’qibchilarini ancha ortda qoldirgandi. Mana, u endi Dortmund «Borussiya»­si libosida raqib jamoalar himoyachilariga aytarli imkoniyat qoldirmayapti ko‘p holatlarda...

Dele Alli: fint ishlatish effekti

Joriy mavsum «Tottenxem»da ishlari uncha yurishmayotgan angliyalik yarim himoyachi 30 soniya ichida to‘pni raqibning oyoqlari orasidan ko‘p olib o‘tish bo‘yicha jahon miqyosida eng yaxshi ko‘rsatkich muallifidir. 2017 yili Alli «shporlar» mashg‘ulotida yarim daqiqada bu tryukni naq 8 marta ko‘rsatgan. O‘shanda u Jorj-Kevin N~Kuduni chinakamiga «ahmoq» qilgan edi. «Bu «Tottenxem»ning oxirgi 50 yil ichidagi birinchi yutug‘i», - deya izohlashgan edi Dele Alli rekordini boshqa klublar muxlislari.

Yone Samuelsen: bosh bilan gol urish effekti

Bosh bilan zarba vositasida eng uzoq masofadan gol urish bo‘yicha qayd etilgan jahon rekordi ham norvegiyalik futbolchiga tegishli. Yone Samuelsen 2011 yilning sentyabr oyida naq 58,13 metr uzoqlik (maydonning ikkinchi yarmi!)dan bosh bilan zarba yo‘llab, «Tromse» darvozabonini dog‘da qoldirgandi.

Neytan Pond: 1ta jamoada turli ligalarga sakrash effekti

Angliyalik Neytan 1ta jamoa safida divizionlar bo‘ylab eng ko‘p yuqorilagan futbolchi sifatida Ginnes rekordlar kitobidan joy oldi. Diqqat, u «Flitvud»da jami 10 mavsum harakatlangan va bu oraliqda naq 6ta marta bitta ligadan ikkinchisiga sakragan. Xullas, u shu asnoda 7ta divizion ko‘rdi. Neytan jamoa almashtirmagan holda o‘ynagan ligalar: Shimoliy-G‘arbiy Liganing birinchi divizioni, Shimoliy Premyer-Liganing birinchi divizioni, Shimoliy Premyer-Liganing Premyer-ligasi, Shimoliy Milliy liga, Milliy liga, Ikkinchi liga va Birinchi liga.

Aksel Tuanzebe: chaqqonlik effekti

«MYU» futbolchisi va begemot og‘zi. Hungry Hungry Hippos («Ochdan och begemotlar») - 2 va 4 nafar kishi musobaqalashadigan stol o‘yini. Uning mohiyati shuki, ishtirokchi og‘zi ochiq o‘z begemoti yordamida iloji boricha ko‘proq sharcha to‘plashi kerak. Qarang, Hungry Hungry Hippos doskasini eng qisqa fursatda tozalash bo‘yicha jahon rekordini «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Aksel Tuanzebe qayd etdi. U 2018 yili bu ishni atigi 17,36 soniyada qoyillatdi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:31, 26.05.2021.
O'qildi: 4332 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.