Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

«MYU»ning mag‘lubiyatiga sabab — Sulshermi?

«MYU»ning mag‘lubiyatiga sabab — Sulshermi?

Baho:
+ | -

Odatda, murabbiylarni uzun chempionatda o‘zini yaxshi ko‘rsata oladigan va kubok murabbiylariga ajratishadi. Aslida, bir turnir ikkinchisida yordamchi bo‘lishi mumkin.

Yorqin misol, bugungi "Yunayted". Sulsherdan talab qilinadigani — yoshi biroz kattaroq futbolchilardan iborat bo‘lgan va uch kun oldin «Real» bilan o‘ynagan raqibni jismonan yengish. Kerak bo‘lganda, zaxiradan yangi qon tushirib, vaziyatda burilish yasash.

Aksi bo‘ldi. Emeri 6 almashtirish orqali o‘yin oxiriga ancha kuchli yetib keldi. Jamoada Gaspar to‘p suradimi, Foytmi, Bakkami yoki Alkasermi, farqi yo‘q. O‘yin sifatiga putur yetmagan holda, ispanlar tetiklashishdi va qo‘shimcha vaqtda ustunlik qilishdi. Zero, 2-taymda «MYU» butunlay nazoratni qo‘lga olgan, «Vilyarreal»da qarshi o‘yin ham kuzatilmayotgandi.

Xo‘sh, «MYU»ning zaxirasi shunaqa kuchsizmidi? Matich, Mata, Van De Bek, Jeyms va hatto Amad, ha, «Vilyarreal» tarkibida 18 yoshli futbolchi asosiyda o‘ynadi, nima bo‘libdi?

Gap sifatda emas, shunchaki, Sulsher butun chempionat davomida ularni o‘ynatmagan. Oxirgi 15 minutga ham, hatto «Roma» 6:2, «Sosyedad» 4:0 yutilganida ham, javob o‘yinida yana asosiy tarkib tushavergan. Nega shunday qilgan, bilmayman.

Zaxiradan futbolchilar o‘ynash uchun emas, penalti tepish uchun tushirildi. Xo‘p, shunday ekan, oxirgi marta 5 yil oldin penalti qaytargan De Xeaning o‘rniga, faoliyati davomida 19 penaltining 8 tasini qaytargan Hendersonni tushirish aqlli qaror bo‘lmasmidi?

Natijada, xuddi o‘tgan mavsum oxirlaridagi kabi, oyoqda zo‘rg‘a turadigan Bruno, Reshford, Pogba bilan mavsumni yakunlashga to‘g‘ri keldi. Mayli, ular yulduz, lekin hech bo‘lmasa, o‘yini chiqmay turganda zaxiraga olish mumkinmi?

Bu haddan tashqari ishonch yoki bog‘liqlikmi, yoki murabbiyning yumshoqligi, muhitni yaxshi ushlab turishga bo‘lgan harakatimi? Axir bilamiz-ku, jamoaviy muhit va kayfiyatni yaxshilaydigan eng muhim faktor — sovrinlar.

Qahramon Aslanov.

(Yana bir fikr, "MYU" futbolchilarida qandaydir futbolcha ayyorlik, vaziyatga tez baho berish yetishmaydigandek tuyuladi. Masalan, ko‘p kuzataman, taym tugashiga 15-20 sekund qolganda, tezda hujumga to‘pni yetkazib, vaziyat yaratish o‘rniga hushtakkacha orqaga pas berib, kutib turishadi. Axir raqibda qarshi hujum uchun vaqt qolmaydigan pallada hujumga chiqish to‘g‘ri qaror-ku?

Yoki bugun Bruno penaltilar seriyasi qur’asida yutdi, lekin ikkinchi bo‘lib tepishni tanladi. Axir statistikadayam, ruhiy ustunlik uchun ham, birinchi zarba bergan jamoaga qulayroq ekanini hamma biladi...)

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 05:36, 27.05.2021.
O'qildi: 8615 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик