Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Emeri: "Bu yer mening uyim"

Emeri: "Bu yer mening uyim"

Baho:
+ | -

Ispaniyaning «Vilyarreal» klubi bosh murabbiyi Unai Emeri «Manchester Yunayted» bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Sariq suvosti kemasi» «Yunayted» ni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, Yevropa Ligasida g‘olib bo‘ldi.

«Men baxtliman. Biz «Vilyarreal» bilan katta missiyani bajardik. Futbolchilar butun mavsum davomida prezidentni, muxlislarni, murabbiylar shtabini, o‘zlarini va yaqinlarini xursand qilish uchun astoydil harakat qilishdi.

Bu haqli g‘alaba. Biz «Manchester Yunayted»ga qarshi oxirigacha kurashdik, hattoki bir necha daqiqalarda raqibdan ustun ham keldik.

Biz Chempionlar Ligasidagi o‘yinlardan zavqlanamiz. Men YELda g‘alaba qozonishni yaxshi ko‘raman, bu yer mening uyim. Lekin Chempionlar Ligasida ham o‘ynashni xohlayman. Endi esa biz yaqinlarimiz bilan bo‘lgan g‘alabadan bahramand bo‘lishimiz kerak», deydi Emeri UYEFA rasmiy saytiga.

Kiritildi: 09:30, 27.05.2021.
O'qildi: 3342 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик