Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Elga kelgan to‘y»dan qutulib bo‘lmaydi yoxud nogiron Kopa Amerika

«Elga kelgan to‘y»dan qutulib bo‘lmaydi yoxud nogiron Kopa Amerika

Baho:
+ | -

Yaqin kunlar ichida futbol olamidagi nufuzli voqeliklardan biri - Kopa Amerika musobaqasi start oladi.

Biroq uning taqdiri hanuzgacha so‘roq ostida turibdi. Rasmiy jihatdan ushbu turnir Kolumbiya va Argentina mamlakatlarida o‘tishi kerak edi. Biroq Kolumbiyadagi aprel boshidan beri kuzatilayotgan turli ommaviy «chiqish»lar bu mamlakatdan mezbonlik huquqining olib tashlanishiga sabab bo‘ldi.

Buning ustiga Argentinadagi koronavirus holatlari kundan kunga jiddiylashib bormoqda. Endi vaziyat hatto musobaqaga mezbon izlash holatigacha bordi. Bu yo‘lda KONMEBOL AQSH, Ekvador va Chili variantlarini puxta o‘ylab ko‘rmoqda.

Xo‘sh, endi ahvoli qaltislashgan sevimli Kopa turnirining taqdiri nima kechadi?

Ushbu voqea endi turnirning ko‘plab aspektlariga salbiy ta’sir ko‘rsatsa ajab emas. Tashkilotchilik rejalarida ham bir qator o‘zgarishlar bo‘lishi turgan gap. Mamlakat prezidenti Ivan Duk Vaskes vaziyat yuzasidan o‘z qarashlarini ifodaladi. Xo‘sh bu muammoga sabab aslida nima?

Butun boshli katta musobaqaning birdaniga o‘tkazilmay qolinishi uchun qanday omillar to‘siq bo‘ldi? Buni yuqorida nomi keltirilgan prezidentning yaqin hafta ichida o‘tkazgan ba’zi bir islohotlari bilan bog‘lash mumkin. E’lon qilingan qo‘shimcha soliq va sog‘liqni saqlash sohalaridagi reformalar xalq orasida keskin noroziliklarni keltirib chiqardi, minglab odamlar ko‘chada erkin namoyishlarni boshlab yubordi. O‘zi shundoq ham koronavirusning yuzaga kelgan ketma-ket to‘lqinlaridan aziyat chekkan aholi uchun endi bu kabi qarorlar har qanaqasiga ortiqcha sezilishi shubhasiz. Oqibatda Vaskes yangi qonunlarga biroz o‘zgartish kiritdi. Aniqrog‘i bunga majbur qilindi. Biroq bu yirik «kalonna»larni tinchlantira olmayapti. Ish tashlashlar keskin suratda davom etadi...

"Soliqlar reformasi to‘g‘risidagi yangi qonun chiqqach bu past va o‘rta tabaqali qatlam o‘rtasida keskin noroziliklarni keltirib chiqardi. Endi bu katta bir ijtimoiy muammoga aylangan", - deydi jurnalist Xulian Gutyerres.

"Qo‘zg‘olonning dastlabki to‘lqinini o‘ta shiddatli kechganini alohida ta’kidlash joiz. Ommaviy namoyish oqibatida voqeaga polisiya aralashgani uchun naq 50 kishi vafot etgan. Biroq rasmiy bayonotlarga ko‘ra negadir bu raqamlar ikki barobar kam qilib ko‘rsatildi. Bunga qo‘shimcha ravishda 168 kishi bedarak yo‘qolib, 800 tasi jiddiy jarohat olgan. Ammo, Kolumbiyada bu kabi qo‘zg‘olonlar birinchi marta kuzatilmayapti. Bundan bir necha yillar avval ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan namoyish bo‘lgan edi", - deya eslaydi Gutyerres.

Har safar ham bu kabi to‘lqinlar shafqatsiz tarzda bostirib kelingan, hukumat va xalq pozisiyasida balans yo‘qolganganini sezish qiyin emas. Bu albatta futbolga ta’sir qilmay qolmasligi aniq edi. Ayni paytda turli matbuot nashrlari tomonidan Kopa Amerika turnirining faqat Argentinada o‘tkazilishi haqidagi rost-yolg‘on gaplar bolalayapti. Biroq mamlakat futbol federasiyasi prezidenti Fernando Xoramilyo buni keskin inkor etdi. U ichki ligani to‘xtatish qaroriga mutlaqo qarshi.

Oldinroq "Atletiko Nasyonal", "Independyente Santa-Fe" va «La Ekidad» jamoalarining ichki musobaqalarni yakunlab qo‘yish uchun Paragvayga jo‘natish g‘oyasi ilgari surilgandi. "Bizning mamlakatda futbolni to‘xtatib qo‘yish qancha vaqtga bo‘lishidan qat’iy nazar muxlislarning hissiyotini o‘ldiradi. Faqat bir yoqlama qaror chiqarmaslik kerak. Avval ham bu kabi turnirlarni bundanda yomonroq vaziyatlarda o‘tkazib olganmiz. Havotirga o‘rin qolmasligi kerak", deydi Fernando.

Biroq mamlakat rahbari Dukning rejalari boshqacharoq. Dastlab u masalani stadionga tomoshabinlarning kiritilmasligi bilan yechmoqchi edi. Biroq keyinchalik tartibsizliklar borgan sari kuchayishi oqibatida musobaqaning o‘zi ham so‘roq ostida bo‘lib qoldi. U 2001 yilgi voqelarning takrorlanishidan qo‘rquvda, tavakkal qilishni istamaydi.

Gap shundaki, o‘sha yili ham "kofe yetishtiruvchilar" qit’aning nufuzli turnirini o‘zlarida qabul qilishlari kerak edi. Shu asnoda yuzaga kelgan oddiy fuqarolarga terroristlarning hujumi natijasida hukumat va tinch aholi katta talofat ko‘rgan. Bunga javoban Argentina musobaqada ishtirok etishdan bosh tortdi, Braziliya turnirga 3-tarkibini jo‘natdi. Turnirning asosiy favoritiga aylangan Kolumbiya esa bir amallab chempion bo‘lgan. Ammo buning asoratlarini har bir muxlis hozirgacha unuta olmaydi.

"Hanuzgacha o‘sha yili nima bo‘lganini barcha barcha minutlarigacha eslaydi: vayrona shaharlar, olov ostidagi stadionlar...
Ko‘plab arenalarning eshiklari darg‘azab muxlislar to‘lqini bilan «bloklangandi». Natijada futbolchi va delegasiya a’zolariga oziq-ovqat yetkazib berishda katta qiyinchiliklarga uchraganmiz. Chiqindilar uyumini esa shunchaki ta’riflab bo‘lmas edi. Hozir ham ko‘rib turganingizdek, Kalidagi tartibsizliklar eng yuqori cho‘qqisiga chiqib ulgurgan. Bu yer endi har qanday musobaqa va anjuman uchun eng xavfli hududga aylandi.

Ushbu shaharda guruh bosqichining 3 ta uchrashuvlari o‘tkazilishi kerak edi. Ayni damdagi holatdan kelib chiqsak, 1 oy ichida mavjud infratuzilmani to‘liq rekonstrusksiya qilish umuman imkonsiz. Vaziyatga qarab qaror chiqaramiz", - deydi mamlakat prezidenti.

Albatta, bu kabi holatlarda futbol va shunga o‘xshash tadbirlar har qanday muhimlik darajasidan qat’iy nazar siyosiy va ijtimoiy masalalar fonida hal qilinadi. Xohlaymizmi yo‘q, bu yerda davlat rahbarlarining tutgan pozisiyasiga ko‘p narsalar bog‘liq. Shunday ekan, "elga kelgan to‘y"dan kutilmagan fojealar yasab yubormaslik kerak.

"Har bir kolumbiyalik singari men ham mamlakatimizda bu kabi yirik turnirlarning o‘tkazilish tarafdoriman. Bu har birimiz uchun sharaf. Biroq ayni paytda futboldan ham muhimroq masalalarimiz mavjud. Xalq darg‘azab kayfiyatda. Bunday paytlar hech kim futbolni xayolini bir yerga jamlab tomosha qila olmaydi. Odamlar o‘z taqdirlari uchun kurashmoqdalar. Virusdan o‘lganlar soni kundan kun ortib bormoqda. Bunday vaziyatda tavakkal ish qilish yaramaydi", - deydi «Atletiko» bosh murabbiyi Fernando Suares.

Musobaqa nuzomida favqulodda holatlar sababli uning kelajagini noyabrgacha qayta muhokama qilish bandi bor. Biroq o‘zi shusiz ham 2020 yilda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan turnir mana endi qaytadan tashkil etilmoqda. Katta ehtimol uning mezbonligi Argentinaning yakka o‘ziga qolib ketadi.

Ammo ushbu davlatdagi nazoratni ham bir tekisda deb bo‘lmaydi. Kundan kun o‘rnatilayotgan koronavirusning turli antirekordlari muxlislar ongida yana shubha alomatlatirini qoldirayotgan bo‘lsa ajab emas. Ammo endi KONMEBOL bu borada keskin turib olgan. Har kuni barcha xavfsizlik choralari shay holatda ko‘rilmoqda. Musobaqaning qay tartibda o‘tkazilishini esa yaqin haftalar oralig‘ida bilib olamiz.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Kiritildi: 23:18, 27.05.2021.
O'qildi: 5556 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.