Massimiliano Allegri "Yuventus" bosh murabbiyligiga qaytadi, deb xabar bermoqda Italiya nashrlari.
Manbaning xabar berishicha, murabbiy turinliklar bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra tomonlar 4 yillik shartnoma imzolashadi.
Eslatib o‘tamiz, Allegri "Yuventus"ni 2019-yilda tark etgan edi. O‘shanda murabbiy klub sport direktori Fabio Paratichi bilan ziddiyat tufayli ketgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Bir necha kun oldin esa Paratichi ham "Yuventus"ni tark etdi.