Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Mavsum kashfiyotlari: «Roma»dagi Gambiya o‘g‘loni

Mavsum kashfiyotlari: «Roma»dagi Gambiya o‘g‘loni

Baho:
+ | -

Afrikalik yigitcha yashil maydon jangchisiga aylanish ilinjida quldorlar va qochoqlar lagerini bosib o‘tishga majbur bo‘ldi va oxir-oqibat, niyatiga yetdi...

YEL doirasidagi «Roma», «MYU» javob uchrashuvidan keyin Pol Pogba va Bruno Fernandeshlar «Roma» o‘yinchilari tomon yo‘l olishdi va ular orasidan 19 yoshli Ebrim Darboni qidirib topishdi. Hazil, mutoyibaga yo‘g‘rilgan qisqa suhbatidan so‘ng, Fernandesh va Darbo o‘zaro futbolka almashdilar.

Bu oqshom afrikalik futbolchi o‘zi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan uchrashuvni o‘tkazgandi, YELdagi debyutidan keyin Darbo Gambiyaning yevrokuboklar tarixidagi eng yosh futbolchisi maqomiga sazovor bo‘ldi.

Vaholanki, bundan atigi 6 yil avval Ebrima boshiga oila a’zolari tirikchigini ta’minlashdek o‘ta mushkul vazifa tushgandi. U onasi, ukasi va 2 nafar singlisi bilan eski bir vayrona uychada istiqomat qilar, otasi 2 yil avval vafot etgandi. Uyida yegulik uchun biron,bir taom ham, pul ham qolmagan, atrofda ish ham yo‘q edi. Keyinchalik Darbo tu’kidlab o‘tganidek, hayotning qizig‘i qolmagandi.

Oila a’zolarini o‘z holiga tashlab, tiqilinch avtobusda Liviyaga otlangan paytida Darbo 14 yoshli yigitcha edi. Liviyadagi turmush darajasi Gambiyadagidan sezilarli farq qilmasdi. Shunga qaramasdan, yigitcha biron,bir yumush topishdan umidini uzmadi. Biroq tez orada umidlari butunlay puchga chiqdi. Braimaning Liviyadagi hayotiga oid qisqa chizgilar:

Muhojirlikda quldorlar lageri tasarrufiga tushib qoldi. Yomon munosabat, sanitariya talablaridan yiroq bo‘lgan og‘ir sharoit, oziq,ovqat va suvning yetishmasligi yigitchaning o‘sha davrdagi turmush tarzini to‘la ifodalaydi.

Keyinchalik taqdir taqozosi bilan Darbo tasodifan qochoqlarni taqsimlash lageriga o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. U yerda salbiy munosabatlar davom etdi. Braimaning aytishicha, uni boshqa qochoqlar ayovsiz kaltaklashar va uning oziq,ovqati, dori,darmonlarini tortib olishar ekan.

Qochoqlar lageridagi 2 oylik umrguzaronlikdan so‘ng, Darbo 2 variantdan birini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldi: Ganaga yo‘l olish yoki Italiyadagi oilalardan birining taklifini qabul qilish. Dastlabki variant gambiyalik muhojirga umumiy yotoqxona va risoladagidek ish haqi bilan ta’minlaydigan yumushni kafolatlardi. Ikkinchi imkoniyatda Darboni mavhum kelajak, til bilmasligi bilan bog‘liq murakkab adaptasiya, notanish xalq turmushi bilan tanishish va unga ko‘nikma hosil qilish qiyinchiliklari kutardi.

Darbo Italiya variantini tanladi. Keyinchalik u o‘z qarorini quyidagicha izohlagandi:

«Men doimo futbolni orzu qilganman. qochoqlar lageridan onam bilan bog‘lanib, Yevropaga yo‘l olish borasida uning roziligini oldim. Men barcha shaxsiy hujjatlarga ega bo‘lsamda, viza olish oson ish emasdi. Shu sababli, boshqa emigrantlar bilan birgalikda Sisiliyaga qayiqda otlandim. Keyin u yerdan takroriy taqsimlanish uchun Rimga yo‘l oldim. Meni qabul qilgan oila Italiya muhitiga moslashib olishim uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi».

Havaskorlar jamoasidan «Roma»ga

Italiyaga yetib kelgan paytida Darboning bo‘yi 180 sm., vazni esa bor,yo‘g‘i 50 kg. edi. Uni o‘z bag‘riga olgan oila bir necha oy davomida turli shifoxonalarda davolatib, kuch,quvvatga to‘lishini ta’minladi. Oxir,oqibat, Braima risoladagidek vazn va quvvatga ega bo‘lib, maydonga tusha boshladi.

Avvaliga o‘z tumanining mahalliy jamoasi , «Ask Yang Riyeti» klubida u tayanch yarim himoyachisi pozisiyasida to‘p surib, 21ta o‘yinda 43ta gol urdi. Tuman chempionatining g‘olibi sifatida shahar musobaqalari ishtirokchisiga aylandi. Aynan shu turnirda Darbo «Roma» skauti Miriam Petrssining e’tiborini tortdi.

«Miriamdan juda minnatdorman. «Roma»ga qay tariqa kelganman? Bir kuni uyimizga menga notanish bo‘lgan bir kishi tashrif buyurdi. U o‘zini tanishtirmagan holda men bilan futbol haqida suhbatlashdi. Oradan 2, 3 kun o‘tgach, menga «Roma»dan qo‘ng‘iroq qilishdi. Men avvaliga buni hazilga yo‘ydim. Biroq ular shunday javob qaytarishdi: «Unday bo‘lsa, Trigoriyaga yetib kel, birgalikda qahqahlashamiz.

Bu mening orzularim amalga oshganidan dalolat edi. Keyin Miriam bilan muloqotda bo‘lib, undan qanday qilib e’tiborini tortganligim haqida so‘radim. U kutilmaganda qoqilib ketganim va maydonga qulagan holatda to‘pni raqibdan olib qo‘yganim yoqib qolganligini aytdi».

Darboning «Roma»dagi hayotidan lavhalar:

2019 yildan beri «Bo‘rilar» tasarrufida. 50000 yevro miqdoridagi yillik ish haqini o‘zini asrab olgan oila va Gambiyadagi onasiga jo‘natadi. Mablag‘ning qolgan qismini nima qilishi xususidagi savolga har kuni ertalab mahalliy qahvaxonada nonushta qilishini aytdi.

Tilni bilmaganligi tufayli, Braima jamoa ichida muammolarga duch kelgandi. Unga oz bo‘lsada xotirjamlik baxsh etish maqsadida, 19 yoshgacha bo‘lgan jamoa murabbiylari uni Totti bilan tanishtirib qo‘yishdi. «Imperator»ning da’vati tufayli Darbo til o‘rganishga yanada kuchliroq qiziqish bilan shug‘ullana boshladi.

Braima Darbo 2018 yilan boshlab asosiy jamoa mashg‘ulotlariga jalb etilmoqda. «Eng qo‘pol raqib? De Rossi. Bir marta u orqadan oyog‘imga tepgandi. Vaholanki, o‘shanda to‘p menda emasdi. Hayron bo‘lib qarasam, menga baqira boshladi: «Nimalarni o‘ylayapsan, yigitcha? Yerga tushginda, es,hushingni yig‘ib ol»

Darboga «Lasio» vakillari taklif bilan chiqishdi. Tabiiyki, futbolchi taklifni rad etdi.

Qochoq maqomi bo‘lmagani tufayli, Darbo 1 yil yoshlar jamoalari chempionatida ishtirok eta olmadi. Shundan keyin FIFA unga futbolga bog‘liq barcha rasmiyatchiliklarni hal etadigan ijtimoiy xizmatchini biriktirib qo‘ydi.

«Roma»? Kelajakni oldindan taxmin qilishni xush ko‘rmayman. Ammo faoliyatimni faqat shu jamoada o‘tkazsam, ajoyib ish bo‘lardi. Men Italiyani va Rimni juda yaxshi ko‘raman! Biroq Italiya fuqaroligini qabul qilish xususidagi savol men uchun ortiqchalik qiladi. Men , Gambiya o‘g‘loniman. Boshqa mamlakat fuqaroligini qabul qilish , o‘z o‘tmishi, avlodlari va oilasidan voz kechishni anglatadi».

S.RAHMONOV tayyorladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:05, 30.05.2021.
O'qildi: 3486 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.