Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

MYU Keyn va Sanchodan birini tanlaydi. Sulsherning qarori ma’lum

MYU Keyn va Sanchodan birini tanlaydi. Sulsherning qarori ma’lum

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi.

 

Daily Mail xabariga ko‘ra, ingliz klubi "Tottenxem" hujumchisi Harri Keynni taklif qilish o‘rniga, Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho bilan shartnoma imzolashni afzal ko‘rmoqda.

Angliyalik hujumchi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning rejalarida emas. Yaqinda klub hujumchi Edinson Kavani bilan shartnomasini yangilaganini hisobga olsak, "Manchester Yunayted" Keynni qimmatga sotib olishini zarur deb hisoblamayapti. Hujumning o‘ng qanotida o‘ynaydigan Sancho transferi birinchi o‘ringa qo‘yilgan.

 

Sulsher "Manchester Yunayted" rahbarlariga Sancho, Kavani, Meyson Grinvud, Markus Reshford va Antoni Marsyal jamoaga kelasi mavsum sovrinlar uchun kurashish imkoniyatini berishini aytdi.

Dortmundliklar Sancho uchun qariyb 90 million yevro xohlayotgani haqida xabar berilgandi.

 

Kiritildi: 16:24, 30.05.2021.
O'qildi: 3850 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик