Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«Plyus»lar va «minus»lar: «Barselona»ga Aguero kerakmi o‘zi?

«Plyus»lar va «minus»lar: «Barselona»ga Aguero kerakmi o‘zi?

Baho:
+ | -

Serxio Agueroning «Barselona»safiga o‘tishi haqidagi mish-mishlar o‘tgan yozda faol muhokama qilingan edi, ammo bu safar ularning barchasi ancha aniqlik kasb etmoqda. Qishda argentinalik yulduz «Manchester Siti» bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi va mavsum oxirida jamoani tark etishini e’lon qildi.

O‘z navbatida «Barselona»dan tashqari, hech kim hujumchiga jiddiy qiziqish bildirmagani uchun, Serxioning Kataloniyaga ko‘chib o‘tishi shunchaki, ravshanroq ko‘rinmoqda. Mashhur futbol insayderi Fabrisio Romano Aguero «ko‘k-anorranglilar» bilan ikki yillik shartnoma imzolashini aytdi, «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola esa ushbu ma’lumotni tasdiqladi. Quyida, Agueroning «Barselona»dagi istiqbollari va yangi klubdagi ehtimoliy roli borasida fikr yuritamiz.

U «Barsa» tizimiga mos keladi



Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, Aguero - ajoyib, zaif tomonlari bo‘lmagan hujumchi. Bundan tashqari, argentinalik ko‘p qirrali ham, bu unga hujum qanotiga o‘tishga imkon beradi va agar vaziyat taqazo qilsa, oldinga o‘tishda ham faollik ko‘rsatishi, mumkin. Albatta, u o‘zining tezkor harakatlari, qisqa paslari va to‘pni boshqarish bilan an’anaviy «Barselona» tizimi uchun juda katta plyusdir.

Bundan tashqari, Aguero o‘yindagi sheriklari bilan yaxshi munosabatda bo‘ladi va bu ayniqsa, kataloniyaliklarning asosiy yulduzi Lionel Messi bilan yelkama-elka to‘p tepishda juda muhimdir, basharti albatta, Leo klub bilan shartnomasini yangilasa. Messining yangi shartnoma imzolashi bilan birga yana bir muhim masala borki, bu «Barselona» keyingi mavsumda o‘zining an’anaviy futbolini namoyish etadimi yoki yo‘qmi? Hech bo‘lmaganda jamoani kim boshqarishi noma’lum, chunki unchalik muvaffaqiyatli o‘tmagan mavsumdan keyin, Kuman qoladi deb aniq aytib ham bo‘lmaydi.

Messi bilan eng yaqin do‘stlik faktori

Unutmaslik kerakki, Aguero Messi bilan ko‘p yillar davomida Argentina terma jamoasi liboslida to‘p tepgan, demak, «Barsa» murabbiylar shtabiga ular o‘rtasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish qiyin bo‘lmaydi. Hatto ba’zi ommaviy axborot vositalari Agueroni «Barselona»ga olib kelish Lionel Messining shaxsiy xohishi deb yozishmoqda.

Messi va Aguero juda yaqin do‘st ekanliklari sir emas. Aynan shu faktor tufayli ham internetda Leo Kataloniya klubi bilan shartnomani, faqat jamoa Serxio bilan shartnoma imzolagan taqdirda yangilashga tayyorligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Shunday qilib, Agueroning «Kamp Nou»da ko‘rinish berishi «Barsa» tarkibidagi asosiy yulduzning saqlanib qolishiga ham zamin yaratishi mumkin. Bu qanchalik yaxshi yoki yomon - buni vaqt ko‘rsatadi.

Serxio barqaror hujumchi

Aguero «shaharliklar» lagerini yoqimli xotira bilan tark etdi. So‘nggi uchrashuvda u o‘zining «Siti» tarkibida kiritgan 184-goli bilan Ueyn Runi tomonidan o‘rnatilgan bir klub uchun eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekordi(183)ni yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Bu shuni ko‘rsatadiki, Aguero hamisha mahsuldor. U yillar davomida doimiy ravishda gol urib kelmoqda. Buni qarangki, so‘nggi paytlarda «Barselona»ga aynan shu unsur yetishmayotgandek. Vaqt ko‘rsatdiki, Luis Suarezning ketishi, Ronald Kuman jamoasi uchun juda alamli bo‘ldi.

Urugvaylik bilan xayrlashuvdan so‘ng, jamoada doimiy ravishda «to‘qqizlik» hujumchi bo‘lmadi. Bu pozisiyada Grizmann, sira o‘zini topa olmadi. Fransiyalik yulduzni o‘z ampulasida ham o‘zini to‘liq namoyon qila oldi deyish mumkin emas, aslida. «Afsonaviy» Breytueyt esa hali ham asosiy hujumchi bo‘lish uchun «Barcelona» darajasiga to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli, Agueroning «Barsa»ga o‘tishi juda mantiqiy ko‘rinishga ega bo‘lib, klubga yangi, yulduz hujumchining barqarorligiga ishonish imkonini beradi.

Biroq, har qanday tanganing ikki tomoni mavjud. Ushbu transferning jobiy tomonlarini sanab o‘tish barobarida, salbiy jihatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Ehtimol dastlabki omil bu- uning yoshi bo‘lishi mumkin.

Aguero «qirchillama» emas

Serxio o‘rta yoshli futbolchi, u allaqachon 33 bahorni qarshu olgan. Balki, uning eng yulduzli va navqiron yillari ortda qoldir, ammo baribir argentinalik hali ham yuqori darajani egallab turibdi, faqatgina unga munosib maydon va ishonch bildirish kerak. Ha, Aguero haqiqatan ham ajoyib mavsum o‘tkazishi, ko‘plab gollar urishi va «Barselona»ga g‘alaba qozonishiga yordam berishi mumkin, ammo bu muvaffaqiyatlarning uzoq muddatli bo‘lishini kafolatlamaydi.

Bundan tashqari, ushbu qaror «Barselona»ning transfer siyosati bilan unchalik bog‘liq emasga o‘xshaydi. Bunday deyish uchun yetarli asos bordirki, ayni shunday fikr mavjud. Yo‘qsa, klub tarkibni yoshartirish tomon ketayotgan va buni Luis Suarezni «xaydash» bilan izohlagan rahbariyat, boshqa bir yoshi kattaroq futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun barqaror Suaresni qo‘yib yuborishdan nima foyda topadi?

Pressingda nofaollik

Maydonning raqib tomonida kurashishda faol o‘yin namoyish etish Ronald Kuman futbolining ajralmas qismidir. Uning boshchiligidagi «Sautgempton»da ham, «Everton»da ham kuchli pressingni ko‘rish mumkin. Demakki, ushbu o‘yin uslubi - Kuman falsafasi. Keyingi mavsumda Ronald «Barsa» bosh murabbiyi bo‘lib qoladimi yoki yo‘qmi, bu boshqa savol, ammo agar shunday bo‘lsa, «ko‘k-anorranglilar» yana muammolarga duch kelishi mumkin.

Kuman ikki futbolchining pressingda ishtirok etmasligidan qoniqmadi. Albatta, gap Messi va Suarez haqida ketmoqda. Tabiiyki, Agueroning kelishi bilan bu muammo o‘z-o‘zidan yo‘qolib qolmaydi, aksincha hatto, kuchayishi mumkin. Aguero qandaydir mo‘’jizaviy ravishda pressingli o‘yinga moslashgan taqdirda ham, yoshi tufayli o‘yinning to‘liq 90 daqiqasida buni amalga oshirishga kuchi yetmasligi, ko‘p ehtimol.

Jarohatga moyillik

«Manchester Siti»dagi faoliyati davomida Serxio jarohatlarga ko‘p duch kelgan. Ular esa amaldagi tempni yoqitib qo‘yish va bu Agueroning doimiy faol sport formasidan chiqib ketishiga olib kelardi. Qayta tiklanish uchun esa vaqt talab etiladi. Bordiyu, u jamoaga qo‘shilganidan so‘ng, jarohat oladigan bo‘lsa, uning yo‘qligida «Barselona» oldingi chiziqda yana bir muammoga duch keladi va markaziy hujumchisiz o‘ynashga majbur bo‘ladi.

Bu albatta, Kuman shundog‘am hal qilishi kerak bo‘lgan muammolarga yana bitta mushkulot qo‘shib qo‘yadi. Biroq shuni ta’kidlash kerakki, Angliya futboli nisbatan kurashlarga boy va shikastliroq. Shuning uchun Ispaniyada Serxioning kasalxonaga tashrif buyurishi kam kuzatilishi mumkin. Hech bo‘lmaganda, bunga umid qilsa bo‘ladi.

Yuqorida aytilganlarning barchasiga asoslanib, biz Agueroning «Barselona»ga o‘tishida ijobiy va salbiy tomonlarni topishga harakat qildik. U yoki bu jihatda, Serxio katta «avtoritet»ga ega bo‘lgan jahon darajasidagi o‘yinchi. U «Barselona»ga shunchaki o‘z libosi bilan Kataloniya do‘konlarini bezatish uchun bormayotgani shubhasiz.

Aguero hech bir muammo va raqobatsiz asosiy o‘yinchiga aylanishi kerak. Xulosa qilib aytganda, Agueroga «Barselona»kerakmi yoki yo‘q? degan savolga quyidagicha javob berish maqsadga muvofiq. Jamoa Suaresni yo‘qotganidan «abadiy» pushaymon bo‘lib o‘tirmasdan, uning o‘rniga munosib nomzod izlashi kerak. Bu borada Aguero yomon variant emas. Garchi u keksa yoshdagi futbolchi bo‘lsa ham, ulkan tajriba va mukammal mahoratga ega o‘yinchi. Shunday ekan, Serxiodek siymo «Barsa»da ortiqcha bo‘lib qolishi dargumon.

Dadajon Foziljonov tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:10, 30.05.2021.
O'qildi: 5815 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.