Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Tuxel Gvardiola falsafasiga yechim topdi

Tuxel Gvardiola falsafasiga yechim topdi

Baho:
+1 | -

29-maydan 30-mayga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar Ligasining hal qiluvchi bahsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bellashuvda Tomas Tuxel boshqaruvidagi "Chelsi" jamoasi 1:0 hisobida "Manchester Siti" klubini mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi bor YECHL g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Tabiiyki, bu g‘alabaning tag zamirida butun bir jamoaning katta mehnati yotibdi. To‘g‘ri, "Siti" futbolchilari har jabhada ustun bo‘lishi mumkin. Kuchli pressing uyushtirishi, raqibdan ko‘proq harakat qilishi, to‘p bilan doimiy muomalada bo‘lishga intilishini barcha futbol mutaxassislaridan tortib muxlislarigacha bilishadi. Biroq raqib jamoa esa ushbu faktorlarni inobatga olgan holda, "Siti"dan ham ko‘proq mehnat qilishi, shuningdek, tartibli o‘yin ko‘rsatishi, bo‘sh hudud qoldirmaslikka urinishi, faol pressing olib borishi, raqib jamoadan ko‘proq xavfli vaziyat yaratishi, ham ruhiy tomonlama, ham jismoniy tomonlama ustunlik qilishining oqibatida "Chelsi" final bahsida haqli g‘alabani tantana qildi.

Shu o‘rinda, bir yil oldin YECHL finalida "Bavariya" jamoasidan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan kerakli xulosalarni chiqargan Tomas Tuxel, ikkinchi bor xato qilishga, ikkinchi bor finalni boy bermaslikka harakat qildi. Germaniyadagi faoliyati davomida Gvardiola boshqaruvidagi "Bavariya"ni taslim etish yo‘llarini topa bilmagan Tuxel "Chelsi" bilan qatorasiga uchinchi bahsda ham Pep jamoasini mag‘lub etdi. Qisqa vaqt ichida qo‘lga kiritilgan ikki g‘alaba final o‘yini oldidan Tuxelga ham,  futbolchilarga ham foyda bo‘lib xizmat qildi. Ushbu ustunlik butun uchrashuv davomida deyarli sezilib turdi. “Shaharlik” futbolchilar bu ustunlikni yo‘qqa chiqarish uchun tinimsiz harakat qilishdi, biroq buning uddasidan chiqish yo‘lini topa olishmadi.

“Siti”ning mag‘lubiyatiga Gvardiola aybdormi?

Final bahsida "Siti" jamoasining himoyasi, yarim himoyasi va hujumkor futbolchilari butun uchrashuv davomida yaxshi harakat qildi. Gol o‘tkazib yuborilgan holatda himoyachilarni ayblash noo‘rindek. Sababi "Chelsi" kichik bir imkoniyatdan maksimal darajada foydalandi. Biroq Pep tomonidan tanlangan sof hujumchisiz tarkib, kutilgan natijani bermadi. Gvardiolaning yashirin quroli bo‘lishi kutilgan Foden va Sterlingda sof hujumchilarda uchraydigan biroz sovuqqonlik yetishmadi. Har ikki futbolchi ham raqib jarima maydoni ichida qulay imkoniyatga ega bo‘ldi. Yaratilgan xavfli vaziyatni yakunlash chog‘ida esa omad ulardan yuz o‘girdi. Agar Sterling yoki Fodenning o‘rnida mavsum davomida zaxira o‘rindig‘iga mixlanib qolgan Aguero yoki Jezusdan biri bo‘lganida, uchrashuv yakunida "Manchester Siti" jamoasi g‘alaba nashidasini totgan bo‘lishi mumkin edi.

Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydon tushgan Jezus ham (bir-ikki vaziyatda yakka kurashga kirishganini hisobga olmaganda), Aguero ham raqib darvozasi tomon aniq zarba bera olmadi. O‘yin amaliyotisiz qolayotgan bu ikki hujumchi bir vaqtlar ko‘rsatgan o‘yinlarini, gol urishlarini, qulay vaziyatga chiqish sir-asrorlarini unutib qo‘ygandek. Ehtimol, ular yana bir yil shu tarzda zaxirada qolib ketadigan bo‘lsa, sof hujumchi ekanligini tamomila unutib qo‘yishlari mumkin.

Tuxel "Siti" yetakchilarini zararsizlantirish orqali g‘alabaga katta qadam qo‘ydi.

Gvardiola falsafasi bo‘yicha, butun uchrashuv taqdirini de Bryuyne, Mahrez, Sterling va Foden hal etishi kerak edi. "Siti" jamoasi tomonidan tashkil etiladigan har bir hujum aynan ushbu futbolchilardan birining sa’y-harakati bilan boshlanib, yakunda samarali tugashi g‘oyasi ilgari surilgandi. Biroq Tuxel bu rejaning amalga oshishiga monelik qildi. Birinchi o‘rinda Kevin de Bryuyne zararsizlantirildi. "Chelsi"ning tayanch zonasida harakat qilgan futbolchilari agressivroq va faol harakat qilishi oqibatida belgiyalik iqtidor egasi o‘z jamoadoshlaridan uzilib qolib, natijaviy o‘yin ko‘rsata olmadi. Shuningdek, Riyod Mahrezga hech bir imkoniyat berilmasligi oqibatida jazoirlik futbolchi Bryuyne singari chorasiz qolishga majbur bo‘ldi.Tuxel ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajargan Jorjinyo va Kante Bryuyneni, Chiluyell Mahrezni, Jeyms Sterlingni ishdan chiqardi. Bu esa "Siti"ning chorasiz qolishiga olib keldi. "Chelsi" jamoasining hujumida harakat qilgan Maunt, Xaverts, Verner esa bir-birini tushunishi oqibatida, bir nechta xavfli vaziyatlarni yaratib, mazkur xavfli vaziyatlardan birini golga aylantirgan Kay Haverts uchrashuv taqdirini hal qildi.

Bu kecha "Chelsi" jamoasi har taraflama finalga tayyor holda kelganligini isbotladi. "Manchester Siti"" esa bu mag‘lubiyatdan kerakli xulosalarni chiqargan holda, kelgusi mavsumda yanada kuchli tayyorgarlik ko‘rsa, ehtimol “shaharliklar”ning muzeyiga ushbu sovrin qadam ranjida qilar.

Ilyosbek Mahmudov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:30, 01.06.2021.
O'qildi: 7679 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.