Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Temur Kapadze: «Olimpik» jamoasiga bugungi kabi o‘yinlar tajriba bo‘layapti»

Temur Kapadze: «Olimpik» jamoasiga bugungi kabi o‘yinlar tajriba bo‘layapti»

Baho:
+ | -

Pro-liganing 9-turidan o‘rin olgan «Olimpik» - «Dinamo» (1:2) uchrashuvidan so‘ng olimpiyachilar bosh murabbiyi Temur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Birinchi navbatda «Dinamo» jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin haqida aytadigan bo‘lsam, qiyin uchrashuv o‘tkazdik. Issiq ob-havo tufayli birinchi bo‘limda yigitlar qiyinchilikka duch kelishdi. Biz ham, raqib ham ko‘p kuch sarfladik. Afsus, birinchi bo‘lim oxirida gol o‘tkazib yubordik. Umuman aytganda, birinchi bo‘limda yigitlarning harakatlaridan qoniqish hosil qildim.

«Dinamo» jamoasi bugungi o‘yinda yaxshi harakat qildi. Ularning tayyorgarligi yaxshi bo‘lgani ko‘rinib turibdi. Afsus, standart vaziyatdan gol o‘tkazdik, bu gol samarqandliklarga g‘alaba keltirdi. O‘yin durang yoki bizni g‘alabamiz bilan tugashi ham mumkin edi. Omad «Dinamo» tomonida bo‘ldi.

— Bugungi bahs yuqori tempda o‘tdi deb aytsak bo‘ladi. Yosh futbolchilarni kuchli jamoalar bosimiga moslashish jarayoni qanday kechayapti?
— Bu ayni biz kutgan jarayon. Bizga shu kabi bosim kerak. Oldimizda yuksak vazifalar turibdi. «Olimpik» jamoasiga bugungi kabi o‘yinlar tajriba bo‘layapti. O‘ylaymanki, bu kabi bellashuvlar yigitlarga kelajakdagi maqsadlar uchun poydevor vazifasini o‘taydi.

— Jismoniy jihatdan jamoangiz yaxshi ko‘rinmadi. Balki Ukraina safari o‘z ta’sirini ko‘rsatgandir?
— Balki shuning ham ta’siri bordir. Safar, yo‘l charchoqlari ta’sir ko‘rsatgandir. Bu yerda asosiy urg‘uni ob-havoga qaratgan bo‘lardim. Birinchi bo‘limda o‘yin tempi yaxshi edi, katta kuch aynan birinchi bo‘limda yo‘qotildi. Yo‘l alomatlari balki sezilgandir. Zaxiradan tushgan o‘yinchilar o‘yinni kuchaytirdirdi deb o‘ylayman. Fojea yasash kerak emas, xato va kamchiliklardan xulosa chiqaramiz. Oldimizda «Neftchi»ga qarshi bahs kutib turibdi. Undan keyin «Oq-tepa», «Buxoro» kabi jiddiy jamoalarga qarshi o‘yinlar kutib turibdi.

Manba: https://t.me/fcolympicuz
Kiritildi: 05:15, 04.06.2021.
O'qildi: 2768 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.