Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Italyancha ish: Antonio Konte APLning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylaridan biriga aylanadimi?

Italyancha ish: Antonio Konte APLning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylaridan biriga aylanadimi?

Baho:
+ | -

«Inter» klubini chempionlik shohsupasiga yetaklagan italiyalik mutaxassis, jamoadan ketishi haqida e’lon qilindi. Endilikda, Yevropaning top-klublari ushbu murabbiy faoliyati bilan qiziqmoqda.

«Chelsi»ning sobiq murabbiyi "Tottenxem" bilan muzokaralarga kirishganligi haqida xabarlar tarqaldi. Ko‘plab nufuzli nashrlar ushbu yangilik amalga oshishini kutib turishibdi. Hozirgi kunda APL murabbiylari orasida Pep Gvardiolaning maoshi eng ko‘pidir. «Shporlar» safiga o‘tish muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, Konte bu borada ikkinchi sifatida e’tirof etiladi.

«Tottenxem» klubi xo‘jayini Daniyel Levi boshqaruvga Antoniodan yaxshiroq variant ko‘rmayotganini bildirdi. Shuningdek, aynan Levi tomonidan katta maosh va’da qilinganligi aytilmoqda. «Mirror» nashri xabariga ko‘ra, Konte yiliga 15 million funt-sterling miqdoriga teng bo‘lgan maosh bilan ta’minlanadi. 51 yoshli mutaxassisni berilayotgan ish haqi qoniqtirsa ham, klubda o‘ziga yarasha yuqori mavqe uchun kurashadi. Jumladan, rahbariyatga o‘zining shartlari, yulduz futbolchilarni olib qolish va boshqa erkinliklar yaratish bilan bog‘liq talablar beradi. Konte Angliya termasi yetakchisi bo‘lgan, Xarri Keyn bilan ishlashni hoxlamoqda. Rahbariyat, xususan, Daniyel Levi ham Keyn transferini yopib qo‘yishi mumkin yoxud unga o‘ta katta narx belgilaydi.

Agarda haqiqatdan ham italiyalik bu taklifga rozi bo‘lsa, yuqorida aytilgandek, faqat Pepgina undan ko‘p pul ishlab topadigan APLdagi yagona boss bo‘ladi, xolos. «Barsa»ning sobiq murabbiyi «Siti»da har mavsum uchun taxminan 20 million funt maosh oladi. Kontening yangi jamoadagi oladigan puli, uni bu borada, «Liverpul» bosh murabbiyi – Yurgenn Klopp bilan tenglashtiradi. 53 yoshli germaniyalik ham «Enfild»da yiliga qariyb 15 million funt maosh oladi. Lekin u shu paytgacha katta natijalar – chempionlar ligasi g‘olibligiga hamda APL chempionligiga erishgan.

Bu mavsumda Angliya kubogida g‘olib chiqqan «Lester» bosh murabbiyi, Brenden Rodjers 2019 yil oxirida oylik maoshini yiliga ikki baravargacha oshirib, 10 million funtga yetkazgan edi. Hozirda, u maosh borasida, ligada kuchli uchtalikka kiradi.

Xabarlarga ko‘ra, mavsum debyutanti – «Lids» klubi ustozi Marselo Byelsa ham maosh borasida ancha ildam. U "qizil iblislar" murabbiyi Sulsher va Chempionlar ligasi g‘olibi, Tuxeldan ko‘ra ko‘proq pul ishlab topmoqda. 65 yoshli argentinalik mutaxassis "Elland Road"dagi ishlari uchun yillik – 8 million bilan siylanadi.

Solishtirish uchun, «Man.YUnayted» ustozi yiliga 7,5 million funt, YECHL g‘olibi – «Chelsi» murabbiyi Tomas Tuxel esa 7 mln. mablag‘ uchun ishlamoqda.

APLning mavsum-2020/2021dagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylari (top-7):

1. Xosep Gvardiola – 20 mln funt
2. Yurgen Klopp  – 15 mln funt
3. Karlo Anchelotti – 11,5 mln funt
4. Brendan Rodjers  – 10 mln funt
5. Marselo Byelsa – 8 mln funt
6. Ule-Gunnar Sulsher – 7,5 mln funt
7. Tomas Tuxel — 7,0 mln funt

Jaloliddin ISMATOV

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:13, 05.06.2021.
O'qildi: 6935 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.