Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

PSJ prezidenti Mbappening kelajagi borasida bayonot berdi

PSJ prezidenti Mbappening kelajagi borasida bayonot berdi

Baho:
+1 | -

"PSJ" prezidenti Nossir al-Helayfiy hujumchi Kilian Mbappening kelajagi borasida bayonot berdi.

"Ochig‘ini aytaman: Kilian Parijda qoladi. Biz uni hech qachon sotmaymiz. U klubni bepul ham tark etmaydi. Men OAV uchun ikir-chikirlarni hech qachon oshkor qilmayman. Faqat shuni aytishim mumkinki, muzokaralar yaxshi davom etmoqda. Kilian bilan bir to‘xtamga kela olamiz, deb o‘ylayman.

Bu Parij, bu uning yurti. U nafaqat futbolchi bo‘lishni, balki Liga 1, o‘z mamlakati va o‘z poytaxtini olg‘a surishni istaydi. U ajoyib yigit va ajoyib sportchi. U hozirgi kundagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri. Kelajakda u bir nechta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi. Bunga 100% ishonchim komil.

Biz bilan kelishuvni uzaytirish uchun undan barcha narsa mavjud. U qayerga ketadi? Hozir qaysi klub ambisiya, loyiha borasida "PSJ" bilan tenglasha oladi?" - dedi Al-Helayfiy.

Eslatib o‘tamiz, Mbappening "PSJ" bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga yetadi. Hozircha tomonlar uni uzaytirish borasida kelisha olishmadi.

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 09:32, 07.06.2021.
O'qildi: 5380 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик