Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

UEFA ba’zi qoidalarga o‘zgartirish kiritmoqda

UEFA ba’zi qoidalarga o‘zgartirish kiritmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Hujum qilayotgan jamoa vakilining qo‘liga to‘p bexosdan tegib ketishi oqibatida gollar bekor qilinishi sizni ham bezor qilganmidi ? Endi bunday bo‘lmaydi.

Mart oyidayoq IFAB (Xalqaro futbol assosiasiyasi ittifoqi) futbolning mazkur qoidalariga o‘zgarish kiritilishini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, qoidalar biroz yumshatilishi ko‘zda tutilgan. Bu yangilik futbol olamida 1 iyul sanasidan boshlab, Yevropa chempionati uchun 11 iyundan boshlab kuchga kiradi.

“Bexosdan to‘pning qo‘lga tegib ketishi, endilikda qoida buzilishi deb qaralmaydi va gol bilan hujum bekor bo‘lishiga sabab bo‘la olmaydi”, – deyiladi IFAB saytida.

Quyidagi holatlardagina qo‘l bilan o‘yin qoidasi buzilgan deb hisoblanadi:

– futbolchining ongli ravishda qo‘l bilan to‘pga teginishi, qo‘lini to‘p tomonga harakatlantirishi;

– to‘p futbolchining qo‘liga tegsa va buni evaziga u tanasining atrofidagi maydonni kattalashishiga erishgan bo‘lsa;

– agar futbolchining qo‘li notabiiy holatda bo‘lganida uning qo‘liga to‘p kelib tegsa;

– agar to‘p hujum uyushtirayotgan futbolchining qo‘liga tegib darvozadan joy olsa,

– agar to‘p qo‘lga tegishi oqibatida hujum uyushtirayotgan yoki himoyalanayotgan jamoa ustunlikka ega bo‘lsa, bu holatdagi bexosdan to‘pga teginish ham qoidabuzarlik sifatida qayd etiladi;

Agar to‘p hujum uyushtirayotgan jamoa futbolchisining qo‘liga bexosdan tegib ketsa va bu teginish to‘g‘ridan to‘g‘ri golga sabab bo‘lib qolmasa bu qoidabuzarlikka kirmaydi.

Kiritildi: 19:32, 07.06.2021.
O'qildi: 2386 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик