Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Milliy jamoamizning kechagi o‘yini haqida

Milliy jamoamizning kechagi o‘yini haqida

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha O‘zbekiston milliy jamoasi Singapurga qarshi o‘yin o‘tkazar ekan ijtimoiy tarmoqda bu bosh mavzuga aylandi, balki. Tvitterda nisbatan faol bo‘lganim bois uni ko‘proq kuzatdim bu vaqt. O‘yin vaqti va u tugagach yaqin 1-2 soatda minglab tvitlar uchrashuv atrofida yozildi, menimcha. Ular ichida ikkitasi alohida e’tiborimni tortdi.

Biridagi mazmun quyidagicha edi: tarkibimizda A seriyadagi ilk mavsumida yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan va shuning uchun bir qator Yevropa jamoalarini qiziqtirishi mumkin bo‘lgan Eldor Shomurodovning borligi bu boshqa futbolchilarga ham imkoniyat beradi. Eldor bois o‘yinni kuzatgan skautlar, mutaxassislar shu bahonada Jaloliddin Masharipovning o‘yinlarini ko‘rishdi. Va menimcha kecha Jaloliddin maydondagi eng yaxshilarimizdan bo‘ldi. Shu bahonada Ikrom Aliboyev balki ko‘plarning nigohiga tushar. Ikrom ham kecha eng yaxshi o‘yinlaridan birini o‘tkazdi, chog‘i.

Ikkinchi tvitni matni bilan keltiraman. “Singapurning biz kabi termasi bo‘lib, bizning Singapur kabi iqtisodimiz bo‘lsaydi, misol uchun”.

Asli biz qanday yutishimiz kerak bo‘lsa shunday yutdik, menimcha. Ishonchli, oson va chiroyli. Singapurdan kuchli ekanimiz va terma jamoa fonida tugal xulosalarni qilolmasligimiz ma’lum edi. Ko‘p ehtimol Yaman bilan ham shunday bo‘ladi. Haqiqiy kuchimiz esa so‘nggi turda Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda ko‘rinsa kerak.

Ha, darvoqe, kecha raqib haddan ziyod qo‘pol o‘ynadi. Men shu kabi o‘yinni Yamandan ham kutyapman. Ehtiyot bo‘lib, yetakchilarni ehtiyot qilib uchinchi uchrashuvga yetib olishimiz kerak.

Yigitlar, yaxshi boshladingiz. Ko‘rdik. Zavq oldik. Bu o‘yindan ko‘pchilik quvondi! Bundan ham yaxshiroq bo‘lishiga masalan men ishonaman. Keyingi o‘yinlarda ham UzReport TVda birga qo‘llab-quvvatlaymiz.

Orif Tolipov

Manba: t.me/tolipovuz
Kiritildi: 19:00, 08.06.2021.
O'qildi: 4771 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик