Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

JCH-2022 saralash. O‘zbekiston asabiy o‘yinda qiyin g‘alabaga erishdi

JCH-2022 saralash. O‘zbekiston asabiy o‘yinda qiyin g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan Yamanga qarshi uchrashuvi kutilganidan qiyinroq kechdi.

Uchrashuvning ilk daqiqalarida yamanliklar bizga muammo yaratishga harakat qilishdi. Shu bois, Abramov shogirdlari o‘z o‘yinini topib olguncha biroz vaqt ketdi. Ayniqsa, 14-daqiqada raqiblarimiz hisobni ochib qo‘yishlariga bir baxya qoldi. Qanotdan uzatma berilgan paytda ikki markaziy himoyachimizning o‘zaro tushunmovchiligi evaziga hujumchi darvozabonimiz bilan yakkama-yakka vaziyatda qoldi va zarba berdi. To‘p Sanjarga tegib qaytdi!

Bahsning 19-daqiqasida esa Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning sa’y-harakatlari evaziga penalti ishladik. Masharipov esa darvozabonni chiroyli tarzda aldab, 11 metrli jarima zarbasidan hisobni ochdi.

Keyingi daqiqalarda O‘zbekiston o‘z saviyasini namoyish qilib, to‘p nazorati va vaziyatlar yaratish borasida ustunlik qila boshladi. Yaman posboni Muhammad Yaman kamida 3 marta yuz foizli golga tortadigan vaziyatlarni yo‘qqa chiqardi. Xususan, uchrashuvning 82-daqiqasida raqib darvozasi tomon yana bir marta penalti belgiladi. Ahmedovning zarbasini yamanlik darvozabon qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Hisob qaltis bo‘lgani uchun so‘nggi daqiqalar biz uchun biroz hayajonli o‘tdi. Vaziyatlardan foydalana olmagan bo‘lsak-da, g‘alabani ushlab qolishga muvaffaq bo‘ldik.

Saudiya Arabistoni esa Singapurga qarshi o‘yinda hisobni 84-daqiqa ochdiyu, bahs oxiriga hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi — 3:0. Saudiya ushbu g‘alaba tufayli keyingi bosqich yo‘llanmasini hal qilib qo‘ydi. O‘zbekiston 15 iyun kuni ushbu jamoaga qarshi maydonga chiqadi.

JCH-2022 saralash. Osiyo, "D" guruhi, 9-tur
YAMAN - O‘ZBEKISTON - 0:1 (0:1)
Gol: Jaloliddin Masharipov (19-penalti)
Noaniq penalti: Odil Ahmedov (82, darvozabon)
Ogohlantirishlar: Ahmed Sodiq (18), Muhammad Ahmed (64), Muhsin Muhammad (79) — Ikrom Aliboyev (45+2), Eldor Shomurodov (77)
Hakamlar: Muhammad Abdulla, Muhammad Alhammadi, Muhammad Hasan (uchalasi BAA), Ali Hasan Alsamaheji (Bahrayn).
O‘zbekiston – 12.Sanjar Quvvatov, 2.Islomjon Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Ikrom Aliboyev (Abror Ismoilov 62), 9.Odil Ahmedov, 10.Jaloliddin Masharipov, 14.Eldor Shomurodov (Igor Sergeev 90), 15.Umarbek Eshmurodov (Rustam Ashurmatov 46), 19.Sanjar Qodirqulov (Vagiz Galiulin 75), 23.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (Oleg Zoteev 90)
Yaman: 23.Muhammad Aman, 4.Mudir Abdurobu, 5.Alouddin Noman, 6.Jehad Muhammad, 8.Jalol Hezam, 10.Muhsin Muhammad, 13.Ahmed Sodiq, 16.Nosir Ahmed, 17.Mufiyd Jamol (Umar Abdulloh 72), 19.Muhammad Ahmed, 20.Emad Mansur (Ahmed Mohir 70)
11 iyun, 23:00, "Qirol Faxd" stadioni, Ar Riyod, Saudiya Arabistoni.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:07, 12.06.2021.
O'qildi: 6123 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.