Yaqin kunlar ichida Paulo Fonseka «Tottenxem» bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi.
Portugaliyalik mutaxassis rahbariyatni o‘z sobiq futbolchilarining transferini amalga oshirishiga undamoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Fonseka «Tottenxem»ga Janluka Manchini, Lorenso Pellegrini va Gonsalo Vilyarlarni chorlaydi. «Shporlar» buning uchun katta summa ajratishlari kerak. Birgina Pellegrinining o‘zi 30 million yevroni tashkil qiladi.
Oldinroq «Tottenxem» Antonio Konte bilan muzokaralarni to‘xtatgandi.