Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Yevro-2020. Shveysariya - Uels. O‘zaro o‘yinlarda kim ustun? Raqamlar so‘zlaganda

Yevro-2020. Shveysariya - Uels. O‘zaro o‘yinlarda kim ustun? Raqamlar so‘zlaganda

Baho:
+ | -

Qiziqarli tusda boshlanib olgan Yevropa chempionati davom etadi. Bugun hisobidan jami 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Dastlab, Toshkent vaqti bilan 18:00da «A» guruhining ikkinchi o‘yiniga start beriladi. Unda Shveysariya hamda Uels jamoalari guruh g‘olibligi uchun kurashga kirishishadi.

Stadion.uz esa an’anaga muvofiq tarzda terma jamoalar haqidagi ayrim faktlarni bo‘lishishda davom etadi.

Shveysariya hamda Uels shu paytgacha bir-birlari bilan jami 7 marta to‘qnash kelishgan. Ularda yaqqol Shveysariya qo‘li baland kelgan - 5 ta g‘alaba. Qolgan ikkita yutuq esa Uelsga tegishli va ushbu qarama-qarshilikda umuman durang natija qayd etilmagan.

Uels

- Ushbu jamoa o‘z tarixida ilk marotaba ketma-ket tarzda Yevro musobaqasida ishtirok etmoqda. Jamoaning tarixidagi dastlabki qit’a chempionati ham aynan 2016 yili bo‘lib o‘tganini alohida ta’kidlash kerak.

Biroq, birinchisi bo‘lishiga qaramay, o‘sha yili uelsliklar butun musobaqaning sensasiyasiga sabab bo‘lgan edi. Angliya, Slovakiya va Rossiya joy olgan guruhdan chiqishni uddalagan debyutant yakunda yarimfinalga qadar yetib borgan va bo‘lajak chempion Portugaliyaga imkoniyatni boy bergandi (0:2). Biroq o‘shangacha bo‘lgan yo‘lda Shimoliy Irlandiya va Belgiya singari raqiblar xotirjam tarzda mahv etilganining o‘zi ham Uels uchun tarixiy natijaga qiyos etildi. Rostan ham shunday.

- Yangicha tipdagi mundialdan oldingi Uelsning eng yaxshi natijasi chorak final bosqichi bo‘lgan. U yerda jamoa Yugoslaviyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

- Uels hujumchisi Garet Beyl Shveysariyaga qarshi ajoyib natijaga ega. U so‘nggi ikki o‘yinida raqiblari darvozasiga 2 ta to‘p kiritgan.

- Aaron Remzi uesliklarning so‘nggi yirik turnirlari-Evro-2016dagi jamoaning 50% gollarida qatnashgan. U o‘shanda 1 gol va 4 ta assist qayd etgandi.

- Yevro-2020ga saralash chog‘ida Uels kvalifikasiyaning dastlabki 2 bahsini boy berdi, biroq shundan so‘ng ketma-ket 5 o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi va so‘nggi turdagi Vengriya ustidan qozonilgan g‘alaba evaziga final roundiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

- Umuman olganda Yevro-2016ga qadar Uels rasmiy katta mundiallarda bir marotaba ishtirok etgan. 1958 yili jamoa bo‘lajak chempion Braziliyaga chorak finalda imkoniyatni boy berib qo‘ygandi (0:1).

Shveysariya

- Shveysariya Yevroda 5 ta o‘yinlik kichik mag‘lubiyatsiz seriyaga ega. Shuningdek, turnirdagi dastlabki 6 ta bahsni yutkazgan yagona jamoa ham hisoblanadi.

- Ushbu jamoa qit’a chempionatida jami 5 marotaba qatnashgan. Ularning uchtasida guruhdan chiqishning uddasidan chiqa olmagan. 2016 yili esa 1/8 finalgacha yetib borib Polshaga imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

- Shveysariya Bokuda ikkinchi marotaba o‘ynamoqda. 1996 yili avgustda bo‘lib o‘tgan JCH-1998 saralashida mezbonlarga 0:1 hisobida imkoniyat boy berilgan.

- Shveysariya Yevropa chempionatlarida jami 13 marotaba qatnashgan. Ulardan 2 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 5 tasi durang va 6 ta bahs mag‘lubiyat bilan tugagan.

- Shveysariya Yevroga oid musobaqalarning so‘nggi 14 tasidan bittasida mag‘lubiyatga uchradi. U 2019 yili oktyabrda qayd etilgan edi. Shundan beri 8 ta g‘alaba va 5 durang. Jamoa Yevro-2016ni mag‘lubiyatsiz o‘tkazgani ham alohida e’tiborga molik.

Bundan tashqari Shveysariya o‘zining Millatlar ligasidagi debyut mavsumini ajoyib tarzda o‘tkazdi. Jamoa yarimfinalga qadar yetib bordi. Faqat 3-o‘rin uchun bahsda Angliyaga 1:3 hisobida imkoniyat boy berildi.

- Vladimir Petkovich Shveysariyani ketma-ket 3 ta yirik mundialga boshlab tushgan ikkinchi murabbiyga aylandi. U 2014 yildan beri ushbu lavozimda ishlab kelmoqda.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:18, 12.06.2021.
O'qildi: 2142 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.