Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Yevro-2020. Belgiya. «Oltin avlod»ning sovrin yutish uchun yana bir imkoniyati

Yevro-2020. Belgiya. «Oltin avlod»ning sovrin yutish uchun yana bir imkoniyati

Baho:
+ | -

Belgiya terma jamoasi mana bir necha yillardan buyon FIFA reytingida peshqadamlik qilib kelmoqda.

Ammo biz ko‘p bora tarif bergan «oltin avlod» hanuzgacha katta turnirlada sovrin yuta olmadi. Vaqt o‘tib bormoqda, «oltin avlod» vakillarining yoshlari ham o‘tib boryabdi. Shu sababli ham Roberto Martines shogirdlari uchun Yevroda zafar quchish so‘nggi imkoniyatlardan biri desak ham bo‘ladi. Bir yildan keyin Qatarda bo‘lib o‘tadigan mundial esa so‘nggisi bo‘lar balki.

Ko‘pchilik Fransiya, Germaniya, Portugaliya, Ispaniya singari termalarni turnirning asosiy favoritlari qatoriga kiritayozib ular orasiga Belgiyani qo‘shishni unitib qo‘yishmoqda. Aslini olib qarasak tarkib tomondan ham, tajriba va mahorat tomondan ham belgiyaliklarni yuqoridagi termalardan qolishadigan joyi yo‘q. Ular buni saralashda ham isbotlashdi. 10ta o‘yin 10ta g‘alaba. To‘plar nisbati 40:3.

Bugun esa Martines shogirdlari Yevropa chempionatidagi ilk o‘yinini Rossiyaga qarshi o‘tkazishadi. Qiziq tomoni, ular saralashda ham bir guruhdan joy olishgan va ikki uchrashuvda ham «qizil iblislar»ning qo‘li baland kelgan edi.

Stanislav Cherchesov boshchilik qilayotgan Rossiya terma jamoasi haqida gapiradigan bo‘lsak. Ruslar o‘z yurtida o‘tgan mundial muxlislar ko‘magi evaziga sensasion natijalar qayd eta olishgandi. «B» guruhining ayrim o‘yinlari Sankt-Peterburgda o‘tishini inobatga olsak muxlislar va uy faktori mazkur turnirda ham biroz bo‘lsada jamoaga as qotishi mumkin.
Cherchesov jamoasi saralashda Belgiyadan tashqari qolgan barcha jamoalar bilan qo‘rqmasdan birinchi raqamli jamoa bo‘lib maydonda o‘ynab, ularda g‘alaba qozondi va ikkinchi pog‘ona bilan turnir yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, ruslar Daniya va Finlayndiya bilan ham shunday o‘ynashga kuchi yetadi. Cherchesov Yevro saralashida hatto Belgiya bilan ham birinchi raqamli bo‘lib o‘ynab ko‘rdi ammo bu yakunda jamoaga jiddiy muammolar keltirib chiqardi. Shu sababli bugun bo‘lib o‘tadigan bahsda Cherchesov bunday tajribaga qo‘l urmasa kerak.

Yo‘qotishlar ikkala termada ham bor. Belgiyada de Bruyne va Visel mazkur bahsni jarohati sabab o‘tkazib yuboradi. Azarning sport formasi qandayligi so‘roq ostida. Ruslarda esa turnir oldi o‘rtoqlik o‘yinida Kudryashov jarohat olgan. Himoyada muammolar bo‘lishi mumkin.

Hasan Turdialiyev

Manba: t.me/Turdialiyev_Hasan
Kiritildi: 18:46, 12.06.2021.
O'qildi: 1738 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.