Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 12:00 Xitoy 0-1 Vyetnam
19/04 14:00 Avstraliya 2-4 Saudiya Arabistoni
19/04 16:00 Myanma 0-5 Tailand
19/04 18:00 Xitoy 0-2 Janubiy Koreya
19/04 19:00 Iroq 1-4 O‘zbekiston
19/04 20:30 BAA - Yaponiya
19/04 20:30 Tailand - Saudiya Arabistoni
19/04 21:30 Jenoa 0-1 Lasio
19/04 23:00 Tojikiston - Iroq
19/04 23:45 Kalyari 2-2 Yuventus
20/04 00:00 Nissa 3-0 Loryan
20/04 00:00 Atletik Bilbao 1-1 Granada
20/04 05:00 Man. Yunayted - Nyukasl
20/04 12:00 Qirg‘iziston 2-2 Tojikiston
20/04 14:00 Afg‘oniston 3-3 Kuvayt
20/04 16:00 Janubiy Koreya - Yaponiya
20/04 17:00 Selta 4-1 Las-Palmas
20/04 18:00 Malayziya - Vyetnam
20/04 19:00 Luton - Brentford
20/04 19:00 Sheffild Yunayted - Byornli
20/04 19:00 Bahrayn - Eron
20/04 19:15 Rayo Valyekano - Osasuna
20/04 20:00 Nant - Renn
20/04 20:30 Kuvayt - O‘zbekiston
20/04 21:00 Empoli - Napoli
20/04 21:30 Valensiya - Betis
20/04 23:30 Vulverhempton - Arsenal
20/04 23:45 Verona - Udineze
21/04 00:00 Lans - Klermon
21/04 00:00 Jirona - Kadis
21/04 05:00 Monpelye - Reyms
21/04 15:30 Sassuolo - Lechche
21/04 16:00 Tailand - Vyetnam
21/04 16:00 Myanma - Xitoy
21/04 17:00 Xetafe - Real Sosyedad
21/04 17:30 Everton - Nottingem Forest
21/04 18:00 Lill - Strasbur
21/04 18:00 Reyms - Monpelye
21/04 18:00 Gavr - Mets
21/04 18:00 Torino - Frozinone
21/04 19:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 19:00 Aston Villa - Bornmut
21/04 19:00 O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni
21/04 19:00 Iroq - Avstraliya
21/04 19:15 Almeriya - Vilyarreal
21/04 20:05 Brest - Monako
21/04 20:30 Fulhem - Liverpul
21/04 21:00 Salernitana - Fiorentina
21/04 21:30 Alaves - Atletiko
21/04 22:00 Tuluza - Marsel
21/04 23:45 Monsa - Atalanta
22/04 00:00 PSJ - Lion
22/04 00:00 Real Madrid - Barselona

Adashgan "qirollar". Yoxud "Real" tarixidagi omadsiz transferlar

Adashgan "qirollar". Yoxud "Real" tarixidagi omadsiz transferlar

Baho:
+ | -

Madridning «Real» jamoasining boshqaruviga Florentino Peres kelgandan so‘ng, ko‘pgina mashhur transferlarni amalga oshirishi bilan futbol tarixida qolgan. Amalga oshirilgan transferlarning ko‘plari o‘z samarasini bergan bo‘lsa, ba’zilari omadsiz yakun topgani bilan ham esda qolgan.
Biz sizlarga «Real»ning tarixdagi eng shov-shuvli, ammo omadsiz bo‘lgan transferlari haqida ma’lumot beramiz.


Nikolas Anelka


So‘nggi yillarda futbolchilarning narxlar keskin darajada ko‘tarilgan bo‘lsa-da, lekin ba’zi paytlarda eng boy jamoalar ham 30 yoki, 40 millionlik transferlarni amalga oshirolmaydi. Ammo «Real» buni 1999 - yilda amalga oshirgan. Londonning «Arsenal» jamoasidan sotib olingan Nikolas Anelka uchun madridliklar naq 35 million yevroni bahridan o‘tgan. Fransuz futbolchisining «Santiyago Bernabeu»ga olib kelinishidan oldin, undan ko‘p narsalarni kutishgandi, ammo «qaymoqranglilar»ning o‘ylagan rejasi amalga oshmadi. Bir mavsum davomida 7ta gol urgan Nikolas Madridga kelgan paytda bor-yo‘g‘i 20 yoshda edi. O‘sha mavsumdagi Chempionlar ligasi musobaqasining yarim final bosqichida «Bavariya» ustidan qozonilgan g‘alabada aynan Anelkaning gollari yordam bergandi, ammo shunday bo‘lsada, «Real Madrid» jamoasi uni sotishga qaror qildi. Fransiyaning «PSJ» jamoasi futbolchi uchun 34,5 million yevro pul sarfladi. Bu transfer klub tarixidagin eng yomon transferlardan biri bo‘lib qoldi.


Aryen Robben

Anelka sotilganidan keyin yetti yil o‘tib, «Real Madrid» Aryen Robbenni sotib olish uchun ham 35 million yevro sarfladi. O‘sha paytda Robben dunyodagi eng umidli qanot hujumchilaridan biri edi, ammo Madridga o‘tish futbolchi uchun ham, klub uchun ham noto‘g‘ri qaror bo‘lgan.
Robben ikki yil davomida «Real» safida to‘p tepdi. Hatoki, o‘sha vaqt davomida La Liga chempioni bo‘lishga ham ulgurdi, ammo madridliklarning g‘alabasida, uning hissasi juda kam edi. «Uchar golland»ning Madridda o‘ynagan paytida, boshi jarohatdan chiqmadi. Robben «qaymoqranglilar» safida ikki yil davomida atigi 13ta gol urdi, ammo asosan gollarini hisob «Real» foydasiga ijobiy hal bo‘lgandan so‘ng kiritgan.
«Real Madrid»dagi o‘tkazgan omadsiz mavsumlari so‘ng, Robben jamoasini almashtirish harakatiga tushib qoladi. 2009 - yilning yozida «Bavariya» Robbenga xaridor bo‘ldi. Gollandiyalik futbolchi o‘sha yilning o‘zida «Bavariya»ga 25 million yevro evaziga ko‘chib o‘tdi va u yerda Myunxen klubi tarixiga o‘z nomini abadiy yozib qo‘ygan holda ajoyib o‘yinlar ko‘rsatdi.


Kaka

2009 - yilda Krishtianu Ronaldu va Kaka kabi ikkita super yulduz «qirollik klubi» safiga qo‘shilishdi. Bu transferning umumiy qiymati «Real Madrid»ga 161 million yevroga tushdi. Portugaliyalik futbolchi tezda o‘zini ko‘rsatdi va jamoaning ajralmas qismiga aylandi. Ammo braziliyalik o‘zining yorqin o‘yinini Madridda namoyish eta olmadi. Kaka yulduzlar orasida o‘zini noqulay his qilar va «Real» unga to‘lagan 67 million yevro narxi futbolchining psixologiyasiga doimo bosim o‘tkazib kelardi.
Kaka madridliklar safida to‘rt yilni shunchaki o‘tkazdi va shu vaqt ichida u atigi 29ta gol urdi. Ushbu transferdan hech kim yutmadi. Milandagi Kaka umuman avvalgi darajasiga qayta olmadi.SHundan so‘ng sobiq jamoasi «rossonerlar» safiga qaytdi. Madrid jamoasi futbolchini bepul qo‘yib yubordi.


Luka Yovich

Luka Yovich «Real»ga 2019 - yilda qo‘shilgan. «Qaymoqranglilar» serbiyalik futbolchini Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasidan 60 million yevroga sotib olishdi. U Benzemaning o‘rinbosari bo‘lishi kerak edi. Ammo shunday bo‘ldiki, Karim asosiy tarkibdagi joyini ajoyib o‘yinlari orqali Yovichga bermadi va serbiyalik amaliyotisiz qola boshladi. Asosiy tarkibda tushgan uchrashuvlarida o‘yini avvalgi kabi emasdi. Luka madridliklar safida sakkiz oy ichida atigi ikkita gol urdi, bu esa undan kutilgan narsalarning yarmi ham emas. Serb shaxsiy hayotidagi muammolari bilan ham o‘ralashib qoldi. Masalan, Madridga ko‘chib o‘tganidan ko‘p o‘tmay, rafiqasi va yosh o‘g‘lini vatanida qoldi. Pandemiya paytida farzandini ko‘rish uchun, karantin qoidalariga zid ravishda ishlar qildi. Bu holat esa uning panjara ortida o‘tirishiga ham sabab bo‘ldi. Hozirgi paytda ham Luka Yovich Germaniyada. Balki, uning o‘yini ispaniyaliklar safida chiqmayotgandir, yoki uning Madrid safari qaridimi?

Eden Azar

Krishtianu Ronaldu «Real»dan ketganidan keyin, klubga yangi super yulduz kerak edi. «Chelsi» yetakchisi Eden Azar munosib nomzod edi, ammo Azar uchun «Real Madrid» 100 million yevroni «Chelsi» hisob raqamiga o‘tkazib berish talab etilardi. Bir qancha urinishlardan so‘ng, Azar transferi muvaffaqiyatli yakunlandi. Hozircha Azarning transferini omadli deb atash mumkin emas. Belgiyalik mavsumni ko‘p qismini jarohat billan bog‘liq muammo bilan «qaymoqranglilar» lagerida o‘tkazib yubormoqda. Eden 2019 - yilning noyabr oyida birinchi jarohatini orttirib olgandan so‘ng 2020 - yil fevral oyigacha maydonga qayta olmadi. Ikki mavsum davomida naq to‘rt marta jarohat oldi. Uni yozda yana "aristokratlar" safiga qaytadi degan mish-mishlar kundan-kunga ko‘paymoqda. Demak hammasi ushbu yozda aniq bo‘ladi. 

Kiritildi: 12:52, 13.06.2021.
O'qildi: 2059 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.