Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Hech bo‘lmasa shu safar. Messining ko‘z yoshlariga sabab bo‘lgan onlar

Hech bo‘lmasa shu safar. Messining ko‘z yoshlariga sabab bo‘lgan onlar

Baho:
+ | -

Bugun Braziliya va Venesuela terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bilan "Kopa Amerika" turniri start oladi. Balki, mazkur turnir saviya va tomoshaboplik jihatdan Yevropa chempionatining fonida qolib ketar, ammo unutmaslik kerakki bu turnirda ham ancha kuchli terma jamoalar mavjud. Birgina Argentinaning o‘zi o‘z yetakchisi bilan bu sovrinni yutishga jiddiy bel bog‘lagan. Keling, o‘sha Messi va butun Argentina uchun alamli bo‘lgan onlarni eslab o‘tamiz.

O‘sha finaldan hotiralar

Argentina 2014 yilda Jahon chempionati finalida mag‘lub bo‘lgani ko‘pchilikning hamon ko‘z o‘ngida bo‘lsa kerak. Messining ko‘z yoshlari, so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol, hammasi Janubiy Amerikaliklar uchun alamli bo‘lgan edi. Quturib ketgan nemislarga qarshi to‘p tepgan Leo va uning jamoadoshlari o‘shanda matonatli o‘yin ko‘rsatgan edi va hatto o‘sha dahshatli Germaniyadan yaxshiroq o‘ynaganini ta’kidlab o‘tish joiz. Hammasi penaltilarga qarab ketayotgan bir paytda Gyotsening goli va hammasi tugadi. Hamon ko‘z oldimda Messining ko‘z yoshlari, ammo bu hali hammasi emas edi...

Chilidan qabul qilib olingan zarba

2015 yili Argentina terma jamoasi Janubiy Amerika mintaqasida haqiqiy yetakchi edi. Tarkib va o‘yin taraflama ularga qarshi chiqa oladigan biror terma jamoa yo‘q bo‘lgan desam adashmagan bo‘laman. Hattoki o‘sha Braziliya ham hech qanaqasiga Messi va uning jamoadoshlariga qarshilik ko‘rsata olmayotgan edi. Katta qiyinchilisiz finalga borgan Argentinani finalda Chili kutib turar edi. Yarim finalda Paragvayni 6-1 hisobida tor-mor etgan Messi jamoadoshlari finalda ancha qiyinchiliklarga duch keldi. Raqib shunchaki himoyaga yotib olib vaqtni o‘tkazar va hammasini penaltilar seriyasiga qarab ketardi. Penaltilar seriyasida esa Chili Argentinaga hech qanaqasiga imkoniya qoldirmadi. Romero darvozasiga chililiklar 4 ta gol urgan bo‘lsa, Bravo darvozasini argentinaliklar atigi 1 marotaba ishg‘ol qila oldi. Alamli onlar hamon o‘z yakuniga yetmagan edi...


Chilidan qabul qilib olingan zarba 2

2016 yili Amerika futbol Assosiasiyaning yubileyi sharafiga Konkakaf va Konmebol mintaqalari o‘rtasida qo‘shma turnir tashkil qilindi. Argentina bu safar ham yo‘lidan chiqqan raqibni yanchib tashlayverdi. O‘sha Chilining o‘zi ilk turda Argentinaga 2-1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Keyingi o‘yinlarda esa Panama 5 ta Boliviya 3 ta javobsiz gol qabul qilib oldi. Chorak finalda Venesela yulduzlarga to‘la jamoa darvozasiga 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi, ammo o‘sha yulduzlar bunga 4 ta gol bilan javob berdi. Yarim finalda esa AQSH ularga qarshi maydonga chiqdi. AQSH juda kuchli davlat. Albatta, iqtisodiyot, siyosat va harbiy salohiyat taraflama, futbol taraflama esa Argentina ulardan bir bosh ustun edi. Messining jarimadan super goli va yana 3 ta gol hisobni 4-0 ko‘rinishiga keltirdi. Hammasi yaxshi davom etardi, ular bilan bastlashadigan jamoa har holda Konmebolda yo‘q edi, ammo finalda yana o‘sha Chili edi. Bu esa hal qiluvchi o‘yin qiyin bo‘lishidan dalolat berar edi. Shunday ham bo‘ldi, Messi va uning jamoadoshlari 120 daqiqa davomida Konmebol "qizillari" darvozasiga yo‘l topa olmadi. Endi nima bo‘ladi? Albatta, penaltilar seriyasi va keyin nima bo‘ladi? Albatta, Chili g‘alaba qozonadi. Bu safar ham Chili 4 ta gol urdi, Argentinada esa progress bor edi. Bu safar ular 2 ta gol bilan javob berdi. Ilk zarbani Chilidan Sanches yo‘llagan va ushbu zarba muvaffaqiyatsiz yakuniga yetgan edi, Argentinadan bu mas’liyatni Messi o‘z bo‘yniga oldi va noaniq zarba. Shundan so‘ng, Chili adashmadi va ketma-ket ikkinchi bor Janubiy Amerikada tengsiz deb topildi. Leo esa ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi. Futbolga mehri bo‘lgan har qanday insonnin ko‘nglini g‘ash qiladigan holat edi bu.

Messi oxiri yorildi

2019 yilda yana "Kopa Amerika" turniri o‘tkazildi va bu safar Messi va uning jamoasi anchagina kuchsizlanib qoldi. Lionel Skaloni boshchiligidagi mazkur terma jamoaga endi favorit sifatida qaralmayotgan edi. Ular ilk turda Kolumbiyaga 2-0 hisobida mag‘lub bo‘ldi, so‘ngra esa Paragvay bilan amallab durang natija qayd etdi. Faqatgina, mehmon bo‘lib turnirga tashrif buyurgan Qatar ularga mag‘lub bo‘ldi. Jamoa chorak finalda Lautaro va Lo Chelsoning gollari evaziga g‘alaba qozonib, yarim finalga yetib keldi. Braziliya bilan o‘yinda esa ular 2-0 hisobida imkoniyatni boy berdi, ammo o‘shanda ikkita berilishi kerak bo‘lgan penaltidan hech bo‘lmaganda bittasi Argentinaliklarga berilmadi. Jamoa sardorining bundan jahli chiqdi. "Selesao" ancha kuchli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsada, o‘sha yepizodlarda 11 metrlik jarima zarbasi bor edi. E’tirozlar endi foydasiz, ular finaldan mahrum qoldi. 3-o‘rin uchun o‘yinda ularni kim qarshi oldi deb o‘ylaysiz? Argentinaliklarning qo‘rqinchili tushi bo‘lmish Chili yana yakunlovchi o‘yinda ularga qarshi, biroq bu final emas, bronza medallari uchun o‘yin edi. Balki, shu sabab bu o‘yinda "albiseleste" g‘alaba qozongandir. Shunday qilib, Argentina bronza medalni qo‘lga kiritdi, ammo Leo bu nomni o‘ziga ep ko‘rmadi. O‘yin payti Medel va Messi o‘zaro tortishib qoladi. Garri Leoga nisbatan ancha agressiv munosabatda bo‘ladi va Messi ham biroz qizishib ketgani rost, ammo bunda "Barselona" afsonasi qizilga loyiq emas edi. Albatta, bu sub’ektiv fikr. Bunday epizodlar futbolda tez-tez bo‘lib turadi. Ularning hammasi uchun ham futbolchilar maydondan chetlatilmaydi. Shu o‘yindan so‘ng argentinalik yulduz Konmebol rahbariyatini porahorlik va kelishilgan o‘yinlarda ayblaydi. Leoning bu gaplari qanchalik haqiqatligi bizga noma’lum, ammo bu mintaqa futbol assosiatsiyasi absurd qarorlari bilan har doim hayron qoldirib kelgan. Balki, bu absurdlar ortida Leo ta’kidlagan adolatsizliklar yastanib yotgandir. Buyog‘i biz uchun qorong‘u.

So‘nggi imkoniyat

Messi ayni damda 33 yoshda va katta ehtimol ushbu "Kopa Amerika" u uchun so‘nggisi bo‘ladi. Balki, bu Leo uchun so‘nggi imkoniyatdir. Mahorat bobida benazir va afsonaviy futbolchining o‘z terma jamoasi safida ham sovrin yutishi bu futbolning adolati bo‘lar edi. Har holda, Argentina ham, Messi ham so‘nggi yillarda ushbu sovringa loyiq edi. Ko‘ramiz, bu safar nima bo‘ladi. Ko‘z yoshlar va omadsizliklar yakuniga yetadimi yoki davom etadimi? Buni ushbu turnir so‘ngida bilib olamiz.


Esatib o‘tamiz, turnirning ilk o‘yini ertaga Toshkent vaqti bilan 02:00da Braziliya- Venesuela o‘yini bilan start oladi.

 

                                                                                 Xudayqulov KARIM maqolasi

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 20:39, 13.06.2021.
O'qildi: 9730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.