Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

"Atalanta" "Yuventus" futbolchisini sotib olmoqchi

"Atalanta" "Yuventus" futbolchisini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Turkiya terma jamoasi va "Yuventus" himoyachisi Merix Demiral Turin klubidan ketishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, "Atalanta" 23 yoshli markaziy himoyachiga da’vo qilmoqda. Bergamo klubi rahbariyati turk futbolchisini ushbu yozgi transferlar mavsumida sotib olishni maqsad qilgan.

Agar "Atalanta" Demiralni sotib ololmasa, ular bor e’tiborini "Lill" futbolchisi Sven Botman va "Torino" dan Lyanko Voynovichga qaratadilar.

Eslatib o‘tamiz, Demiral va "Yuventus" o‘rtasidagi kelishuv 2024 yilgacha amal qiladi. Oldinroq futbolchiga "Tottenxem" va "Everton" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Yakunlangan mavsumda turkiyalik himoyachi 24 uchrashuvda bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:19, 15.06.2021.
O'qildi: 2049 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик