Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

YECHL va Yevropa ligasida kim qancha daromad topdi?

YECHL va Yevropa ligasida kim qancha daromad topdi?

Baho:
+ | -

Ko‘pchilikni qiziqtiradigan masala - «Chelsi» CHL-2020|2021dagi yakuniy g‘alaba ortidan qancha pul ishladi? Bu safar yevrofutbol bosh turniri finalining «Angliya derbisi»ga aylangani o‘z yo‘liga, «Manchester Siti» va «Chelsi» o‘rtasidagi o‘yin ba’zilarni uncha qiziqtirmagani ham ahamiyatsiz. Muhimi, London va Manchester jamoalari mavsum hisobidan o‘zaro 4-to‘qnashuvda bor imkoniyatlarni ishga soldi. CHL finaligacha «Chelsi» «shaharliklar»ni ikki bora mag‘lublik ko‘chasiga kiritgandi - avval APLda, keyin Angliya kubogi yarim finalida. «Siti» esa «ko‘klar»ni bir bora taslim etgandi. Umuman olganda, mavsum yakuni bo‘yicha «Chelsi» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitobda London jamoasi ustunligi yanada oshdi - «aristokratlar» 69ta g‘alabaga egalar, «shaharliklar» esa ularni 58 bora yengishgan.

Mana, «Chelsi» birov kutmagan holda, CHL-2020|2021 g‘olibiga aylandi. Finalda Kay Xavers tomonidan urilgan yagona gol nafaqat «shalpangquloq» kubok taqdirini hal qildi, balki mukofot jamg‘armasi taqsimotiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatdi. UYEFA finaldan ko‘p o‘tmay, CHLning 2020|2021 yillar mavsumi bonuslari taqsimoti haqida ma’lumot berishni paysalga solmadi. Eslatish kerak, mukofot jamg‘armasi oldindan belgilab qo‘yilgan formula asosida taqsimladi. Ya’ni har bir bosqich uchun alohida bonus bor. Deylik, musobaqaning guruh bosqichiga chiqqan har bir klub 15,25 million yevro miqdorida mukofot puli oladi. «Pley-off» bosqichlari uchun ham alohida summa belgilangan. Yakunda jamg‘arilgan summaga CHL televideniye huquqlarini sotishdan tushgan mablag‘ taqsimoti ulushi ham qo‘shiladi. Ma’lum qilinishicha, bu hissa Angliyaning top-klublari uchun 20 million yevroni tashkil etadi.

Shuningdek, guruh bosqichidagi har bir g‘alaba  va durangga ham alohida bonus borligini unutmaslik kerak. Gap kichik summa haqida ketayotgani yo‘q - ishtirokchi o‘z kvartetidagi 1ta g‘alaba ortidan 2,7 million yevro oladi. Durang natijaning bahosi esa - 900 ming. Shulardan kelib chiqib ham, «Chelsi»ning umumiy ulushini hisoblash mumkin. Demak, London klubi guruh bosqichida 14 ochko to‘pladi - 4ta g‘alaba va 2ta durang. Bu «Chelsi»ga kvartetdan 1-o‘rin orqali chiqish imkonini berdi.

Endi «Chelsi»ning CHL-2020|2021dan qancha topganini hisoblaymiz:

Guruh bosqichidagi ishtirok uchun - 15,25 million yevro

Guruh bosqichida to‘plangan ochkolar bonusi - 12,6 million yevro (2,7x4 + 0,9x2)

1|8 finalga chiqish bonusi - 9,5 million yevro

1|4 finalga chiqish bonusi - 10,5 million yevro

1|2 finalga chiqish bonusi - 12 million yevro

Finalga chiqish bonusi - 15 million yevro

CHL finalidagi g‘alaba bonusi - 4 million yevro

Jami summa: 74,85 million yevro + 20 million yevro (telehuquqlar ulushi)

G‘alaba bonusisiz jami daromad 74,85 million yevro edi. Demak, «Chelsi» «Dragau»da umumiy summani 78,85 million yevroga oshirdi. Bunga televideniye huquqlari sotuvi ulushini qo‘shsak, umumiy summaning 100 million yevroga yaqinlashgani oydinlashadi. Aytish kerak, «Chelsi»ning daromadi «Manchester Siti»niki darajasida. Nega? Gap shundaki, Xosep Gvardiola jamoasi guruh bosqichida ko‘proq ishladi.

Yana bir tomoni bor - «Chelsi» finalga barcha musobaqalar hisobidan oxirgi 5ta uchrashuvda 3ta mag‘lubiyat qayd etgan holda kirishdi. Aniqroq aytsak, Tomas Tuxel jamoasi Angliya kubogi finalida «Lester»ga yutqazdi, qolaversa, APL turnir jadvalida 4-o‘ringa tushib qoldi. Bu klubning mavsum yakuni bo‘yicha umumiy daromadi miqdoriga ta’sir qildi, albatta. Qisqasi, APLdagi 4-o‘rin «Chelsi»ga 78 million yevro keltirdi - bu «Manchester Siti» ulushidan chamasi ikki baravar kam. «Chelsi» Superliga g‘oyasi tarafdorlaridan biri sifatida gavdalangandi. Lekin jamoa birinchilardan bo‘lib, yangi ligadan chiqib ketishini rasman ma’lum qildi. Zero, muxlislar stadion oldida katta norozilik namoyishi uyushtirishdi. Ma’lumotlarga qaraganda, «Chelsi» agar Superligaga qo‘shilganida, naq 350 million yevro olardi. Har holda, loyiha rejasiga ko‘ra, shu raqam keltirildi, ammo Superliga atigi 2 kundan so‘ng xotima topdi.

**      «Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel avvalgi mavsum «PSJ»da ishlagan va Parij klubi bilan ham CHL finaliga chiqqan, biroq hal qiluvchi bahsda «Bavariya»dan ustun kelish imkoniyatini topolmagandi. O‘sha final ham Portugaliyada bo‘lib o‘tgan, faqat «Dragau» emas, «Eshtadiu da Lush» stadionida.

**         Yakunlangan mavsum «Chelsi» ayollar jamoasi ham CHL finalida o‘ynadi va erkaklardan farqli o‘laroq, «Barselona»ga bas kelolmadi - 0:4.

 

CHL  finalchisi  «Manchester Siti»ning ulushi

Guruh bosqichidagi ishtirok uchun - 15,25 million yevro

Guruh bosqichida to‘plangan ochkolar bonusi - 14,4 million yevro (2,7x5 + 0,9x2)

1|8 finalga chiqish bonusi - 9,5 million yevro

1|4 finalga chiqish bonusi - 10,5 million yevro

1|2 finalga chiqish bonusi - 12 million yevro

Finalga chiqish bonusi - 15 million yevro

Jami summa: 76,65 million yevro + 20 million yevro (telehuquqlar ulushi)

 

Yevropa Ligasida qanday?

Qiziq, YEL bosh sovrini sohibi «Vilyarreal» g‘aznasiga qancha tushadi? Finalchi «MYU» qancha oladi? Ikki jamoa hal qiluvchi bahsga turli yo‘llar bilan bordi va shuning uchun ularning daromadi o‘rtasida farq bor.

**      «Vilyarreal» YELga guruh bosqichidan qo‘shildi. Bu turnirning asosiy raundidagi ishtirok bahosi - 2,92 million yevro. Ispan klubi kvartetda 5ta g‘alaba va 1ta durang qayd etdi. Shu tariqa 16 ochko bilan «pley-off»ga chiqqan klub qo‘shimcha bonusga ega chiqdi. YEL guruhidagi har bir g‘alaba «Vilyarreal»ga 570 ming yevro keltirgan bo‘lsa, durang ortidan 190 ming tushdi. Shu tariqa jamoa guruh bosqichidagi o‘yinlar ortidan 3,04 million yevro topdi. Bunga «pley-off» yo‘llanmasini1-o‘rin orqali qo‘lga kiritish bonusi - 1 million yevro qo‘shildi. «Pley-off» bosqichlaring o‘zi esa jami 10 million keltirdi. Shunday qilib, «Vilyarreal»ning umumiy ulushi 16,96 million yevroga yetgandi. Ispaniyaliklar finaldagi g‘alaba bilan yana 4 millionga ega chiqishdi. Xullas, YEL g‘olibining jami ulushi 20,96 million yevroni tashkil etdi. Bunga endi telehuquqlar sotuvi ulushi qo‘shiladi.

**         «Manchester Yunayted»ga kelsak, jamoa yevromavsumni CHL guruh raundida boshladi. Bu turnirdagi ishtirok «qizil iblislar»ga 23,35 million yevro keltirdi. Bu summa ichiga ishtirok to‘lovi (15,25 milloon) va 3ta g‘alaba bonusi (8,1 million) kiradi. Ole-Gunnar Sulsher jamoasining YELdagi ulushi esa 10 million yevroni tashkil qildi. Shunday qilib, «MYU» yakunlangan yevromavsumda 33,35 million yevro topdi (bunga televizion huquqlar sotuvi ulushi qo‘shilmagan).

 

YEL: mukofot jamg‘armasi taqsimoti

Guruh bosqichidagi ishtirok uchun - 2,92 million yevro

Guruh bosqichidagi g‘alaba bahosi - 570 ming yevro

Guruh bosqichidagi durang bahosi - 190 ming yevro

1|16 finalga chiqish bonusi - 500 ming yevro

1|8 finalga chiqish bonusi - 1,1 million yevro

1|4 finalga chiqish bonusi - 1,5 million yevro

1|2 finalga chiqish bonusi - 2,4 million yevro

Finalga chiqish bonusi - 4,5 million yevro

Finaldagi g‘alaba bonusi - 4 million yevro


J.BOBOXONOV  tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:41, 16.06.2021.
O'qildi: 10772 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.