Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Yevro-2020. Italiya keyingi bosqichga yo‘l oldi — «A» guruhida 2-tur ortda qoldi

Yevro-2020. Italiya keyingi bosqichga yo‘l oldi — «A» guruhida 2-tur ortda qoldi

Baho:
+ | -

Roberto Manchini jamoasi Shveysariyaga qarshi bahsda mag‘lubiyatsiz o‘yinlari sonini 29taga yetkazib olgan holda, guruhda ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi va musobaqa nimchorak finaliga yo‘l olishdi.

O‘yin haqida qisqacha

O‘yinning 19-daqiqasida Jorjo Kellini hisobni ochdi, ammo gol hisobga olinmadi. VAR himoyachi qo‘l bilan o‘ynagani uchun kiritilgan golni bekor qildi.

26-daqiqada Manuel Lokatelli baribir hisobni ochdi va Italiya terma jamoasini oldinga olib chiqdi. Berardining o‘ng qanotdan uyushtirib kirib borishi va Shveysariya jarima maydonchasi o‘rtasiga uzatmasidan keyin Domenikoning «Sassuloda»gi jamoadoshi to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida Lokatelli 25 metrlar masofadan Yan Sommer darvozasini yana bir bor ishg‘ol qildi — 2:0.

Vladimir Petkovich shogirdlarida ham Stiven Zuberning zarbasidan keyin qulay imkoniyat bo‘lgandi, ammo hisob qisqarishiga Janluiji Donarumma yo‘l qo‘ymadi.

Uchrashuvda bir nechta imkoniyatlarni ko‘kka sovurgan Chiro Immobile 89-daqiqada nomini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi — 3:0.

Mazkur o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sifatida Manuel Lokatelli topildi. U faoliyatida ilk bor klub yoki mamlakat jamoasida dublga erishganini qayd etish lozim.

Ayni vaqtda Lokatelli va Immobile hisobida ikkitadan gol bor va ular Lukaku, Shik, Ronaldu bilan to‘purarlar poygasida yetakchilik qilishmoqda.

Roberto Manchini uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi: Shveysariya kuchli jamoa. O‘yin biz kutganimizchalik qiyin kechdi. Bir nechta vaziyatlar yaratdik va g‘alabaga haqli edik. O‘yin avvalida harakatni boshladik, keyin raqibga kusgli bosim qilgan holda ularni xato qilishga majbur etdik. Yigitlar buni juda yaxshi bajarishdi. Oson bo‘lmadi, sababi juda issiq havo hamda besh kun ichida ikkinchi o‘yin edi.

Italiya yarim himoyachisi Manuel Lokatelli: O‘yinning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga sazovor bo‘lganimdan faxrlanaman, ammo ushbu sovrinni butun jamoam bilan bo‘lishishni istayman. O‘ylaymanki, biz ajoyib jamoamiz. Birinchi golimni oilam uchun bag‘ishlayman. Berardining uzatmasidan keyin, uning harakatini oldindan bilganim uchun unga ergashdim. Ikkinchi golim Italiya muxlislari uchun. Chunki biz ularni yana xursand qilish uchun o‘ynaymiz.

Shveysariya ustozi Vladimir Petkovich: Italiyani g‘alaba bilan tabriklayman. Ular zo‘r o‘yin ko‘rsatishdi. Bugun jamoa xafa bo‘lishga munosib edi, lekin ertaga birinchi mashg‘ulotlardan ishga kirishamiz. Jamoamga bizni keyinga bosqichga olib chiqish uchun uch ochko olishimiz mumkin bo‘lgan o‘yin qolganini aytdim.

Shveysariya sardori Granit Jaka: Italiya yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi. Ularga qarshi bahsda xato qilish kechirilmaydi. Endi e’tiborimizni Turkiya bilan bahsga qaratamiz.

Kalit statistikalar

Italiya Shveysariyaga qarshi oxirgi 9 xalqaro o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi — 5 g‘alaba, 4 durang.

Oxirgi marta Shveysariya 1993 yilning may oyida JCH saralashida 1:0 hisobida «skuadrazzura»ni taslim etgandi.

Italiya Yevro musobaqasi guruh bosqichining so‘nggi 9 o‘yinida uchta gol o‘tkazib yuborgan xolos.

Italiya oxirgi 10 xalqaro o‘yinda birorta gol o‘tkazmadi va raqiblar darvozasini 31 marotaba ishg‘ol qildi.

Italiya so‘nggi 29 uchrashuvida mag‘lub bo‘lgani yo‘q (24 g‘alaba, 5 durang). Oxirgi mag‘lubiyat 2018 yilning sentyabr oyida Portugaliyaga qarshi to‘qnashuvda kuzatilgandi.

Italiya oxirgi 10 o‘yinining barchasida ikkita yoki undan ko‘proq gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Shveysariya Yevrodagi oldingi 15 uchrashuvning ikkitasida g‘alaba qozongan (penaltilar seriyasi orqali g‘olib aniqlangan o‘yinlar ham hisobga olingan).

Shveysariya so‘nggi 10 Yevro uchrashuvlarining uchtasida gol urishni uddasidan chiqmagan.

Italiya – Shveysariya 3:0 (1:0, 2:0)

16 iyun, 00.00, «Stadio Olimpiko»

Gollar:1:0 – 26 Lokatelli, 2:0 – 52 Lokatelli, 3:0 – 89 Immobile.

Italiya – Donnarumma, Kyellini (Acherbi, 24), Di Lorenso, Bonuchchi, Spinassola, Barella (Kristante, 87), Jorjinyo, Insinye (Kyeza, 69), Lokatelli (Pessina, 86), Berardi (Toloi, 70), Immobile.


Shveysariya – Zommer, Mbabu (Vidmer, 58), Sher (Suber, 57), Elvedi, Rodriges, Djaka, Froyler (Sou, 84), Shakiri (Vargas, 76), Akandji, Embolo, Seferovich (Gavranovich, 46).

Ogohlantirishlar: Gavranovich (49), Embolo (79).


------------

Uels terma jamoasi Aaron Remsi hamda Konnor Robertsning gollari evaziga Turkiya terma jamoasin mag‘lub etib uch ochkoga ega bo‘ldi. O‘yinning 61-daqiqasida penaltidan unumli foydalana olmagan Garet Beyl ikkala golga ham assistentlik qildi va bahsning eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etildi.

Uels bosh murabbiyi Rob Peyj: Bundan ortiq faxrlana olmayman. Jamoangda Daniyel Jeyms, Aaron Remzi, Garet Beyl, Kiffer Mur kabi sifatli futbolchilar bo‘lsa, istalgan raqibga muammo yaratish mumkin. Garet uchrashuvda xarakter ko‘rsatdi. Hamma xato qiladi. Penaltidan gol ura olmagan bo‘lsa ham o‘zini qo‘lga oldi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Turkiya ustozi Shenol Gunesh: Uels o‘yinni yaxshi boshladi. Keyin biz o‘z ritmimizni topdik va muvozanatni ushladik. Juda ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldik, ammo hisobni tenglashtira olmadik.

Turkiya – Uels 0:2 (0:1, 0:1)

16 iyun, 21.00, «Olimpik stadion», Boku.

Gollar: 0:1 – 42 Remzi, 0:2 – 90 Roberts.

Turkiya – Chaqir, Chelik, Ayxan, Seyundju, Merash (Myuldyur, 73), Yokushlu (Demiral, 46), Under (Kaxvedji, 83), Tufan (Yazidji, 46), Chalxanoglu, Karaman (Dervishoglu, 75), Yilmaz.

Uels – Uord, Roberts, Mifem, Rodon, Devis, Allen (Ampadu, 73), Jeyms (Uilyams, 90), Morrell, Remzi (Uilson, 85), Beyl, Mur.

Ogohlantirishlar: Devis (90), Yilmaz (90), Mifem (90), Chalxanoglu (90).

Mazkur guruhda 3-tur 20 iyun kuni o‘tkaziladi. Unda Italiya (6 ochko) Uels (4 ochko) bilan to‘qnash keladi. Shveysariya (1 ochko) esa Turkiyaga (0 ochko) qarshi bahs olib boradi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:41, 17.06.2021.
O'qildi: 2856 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.