Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Na "Real", na boshqasi: Ramosning asosiy maqsadi nima?

Na "Real", na boshqasi: Ramosning asosiy maqsadi nima?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ispaniyalik futbolchi Serxio Ramos bugun "Real" bilan xayrlashdi. E’tiboringizga futbolchining eng sara fikrlarini havola qilamiz.

***

Yomon narsa yuz berganda, siz yaxshi narsalarni yarata boshlashingiz kerak.

***

Bizga yuqori talablar qo‘yilayotgani yaxshi, demak, bizdan ko‘p narsa kutilmoqda.

***

Tanqid mening kayfiyatimni unchalik buzmaydi, maqtash esa uni unchalik ko‘tarmaydi.

***

Biz butun jamoaga ishi uchun minnatdorchilik bildirishimiz kerak: agar boshqalar yomon o‘ynasa, bitta o‘yinchi ajoyib o‘yin ko‘rsata olmaydi. Jamoa o‘zini individual darajada va futbol  olamida namoyish etish uchun juda muhimdir.

***

Yagona maqsadim - otamning ko‘zlarida mag‘rurlikni ko‘rish.

***

Men barchani hurmat qilaman va har qanday tanqidni qabul qilaman - bu meni yanada kuchliroq  qiladi va o‘sishga undaydi.

***

Ba’zan muvaffaqiyatsizlikka uchraymiz, ba’zida katta g‘alabalarni qo‘lga kiritamiz. Shuning  uchun umid qilamanki, bizni qo‘llab-quvvatlaydigan odamlar doimo biz bilan birga bo‘lishadi.

***

Mag‘lubiyat uchun barcha aybni aniq bir kishining zimmasiga yuklashning hojati yo‘q: biz  jamoamiz, biz g‘alaba qozonamiz va birgalikda yutqazamiz.

Manba: citaty.info
Kiritildi: 21:28, 17.06.2021.
O'qildi: 6985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик