Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Yevro-2020. Ukraina uch ochkoni qo‘lga kiritdi va keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatlarini yaxshilab oldi

Yevro-2020. Ukraina uch ochkoni qo‘lga kiritdi va keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatlarini yaxshilab oldi

Baho:
+ | -

Yevro-2020 musobaqasining guruh bosqich ikkinchi tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Ukraina terma jamoasi Yevro-2020 guruh bosqichining ikkinchi turida Shimoliy Makedoniyaga qarshi to‘qnash keldi hamda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘lim Andrey Shevchenko shogirdlari ustunligida o‘tdi va uchrashuvning 29 hamda 34-daqiqalarida Yarmolenko va Yaremchukning gollari evaziga 2:0 hisobida tanaffusga yo‘l olishdi.

Ikkinchi bo‘limda Shimoliy Makedoniya o‘yinga qaytdi va 57-daqiqada Alioskining goli evaziga hisob qisqardi. Ushbu gol 11 metrli jarima zarbasidan emas balki, darvozabon qaytarganidan keyin qaytgan to‘pga zarba berish orqali kiritildi.

Malinovski ham penaltidan unumli foydalana olmadi. Natijada Yevro-2020 musobaqasida amalga oshirilgan 5ta penaltidan to‘rttasi muvaffaqiyatsiz chiqdi.

Xoyberg, darvozabon qaytardi (Daniya 0:1 Finlandiya)

Ronaldu, GOL (Vengriya 0:3 Portugaliya)

Beyl, noaniq (Turkiya 0:2 Uels)

Alioski, darvozabon qaytardi va Malinovski, darvozabon qaytardi (Ukraina 2:1 Shimoliy Makedoniya )


Mazkur uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi ukrainlar sardori Andrey Yarmolenko bo‘ldi.

Uchrashuvdan keyin terma jamoa bosh murabbiylari va asosiy yulduzlar o‘z fikrlari bilan bo‘lishishdi.

Ukraina bosh murabbiyi Andrey Shevchenko: Ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Ukraina bugun hujumda juda yaxshi o‘ynadi deb o‘ylayman. Bu kabi performens ko‘rganimdan juda xursandman. Ammo eng muhimi, gol o‘tkazib yuborilganidan keyin ham ko‘proq gol urish istagi bilan qarshilik ko‘rsatdik va g‘alabaga haqli erishdik.

Bahs yulduzi Andrey Yarmolenko: Ushbu mukofotni qabul qilganimdan juda mamnunman. Lekin, bundan ham uch ochkoga ega bo‘lganimiz meni ko‘proq quvontirdi. Faqat gol va assist qayd etadiganlarga e’tibor qaratmagan bo‘lardim. Himoya chizig‘imizga qarang. Ular bugun ajoyib o‘yin namoyish etishdi. Ushbu mukofotni butun jamoa bilan bo‘lishishni istayman.

Shimoliy Makedoniya bosh murabbiyi Igor Angelovski: Ikkita turli xil bo‘lim o‘tkazdik. Ikkinchi taymda nima uchun Yevropa chempionatida ekanimiz, jamoada sifat borligi va shu yerda bo‘lishga munosibligimizni ko‘rsatdik. Muxlislarning olqishi juda yaxshi o‘yin namoyish etganimizni ko‘rsatib beradi, ammo yakuniy natija qoniqarli bo‘lmagani uchun uzr so‘raymiz.

Shimoliy Makedoniya sardori Goran Pandev: Yevro musobaqalarida 45 daqiqa yaxshi o‘yin yetarli emas. Ikkinchi bo‘limda ko‘rsatgan o‘yinimizni butun 90 daqiqada amalga oshirishimiz lozim edi. O‘yinni ehtiyotkor boshladik. Tanaffusdan oldin gol o‘tkazib yuborish vaziyatni qiyinlashtiradi. Mag‘lub bo‘lganimiz uchun uzr so‘rayman. Kamida bir ochko olishimiz mumkin edi. Faoliyatimizda ilk bor bunday o‘yinlarda o‘ynayapmiz.

Kalit statistikalar

Andrey Yarmolenko Yevropa chempionatlarida kiritgan ikkita goli bilan Ukraina to‘purarlari orasida Andrey Shevchenkoga yetib oldi va ikkita Yevro o‘yinida gol urgan birinchi ukrainalik futbolchiga aylandi.

Ukraina Yevro musobaqalarining 8ta o‘yinining barchasida darvozasi dahlsizligini saqlab qola olmadi.

Ukraina Shimoliy Makedoniyaga qarshi oxirgi uchrashuvda g‘alaba qozondi - oldingi ikki bahs Yevro-2016 saralashi doirasida bo‘lgan (2-0, 1-0).

Andrey Yarmolenko va Roman Yaremchuk Ukrainaning oxirgi uchta xalqaro uchrashuvida gol urishdi.

Shimoliy Makedoniya oxirgi 17 uchrashuvining faqatgina bittasida gol ura olmagan.

Qayd etish kerak, ikkinchi turdan keyin Ukraina terma jamoasi futbolchilari Andrey Yarmolenko va Roman Yaremchuk ikkitadan gol va bittadan assist qayd etishdi.


Ukraina – Shimoliy Makedoniya 2:1 (2:0, 0:1)

17 iyun, 18.00, «Milliy stadion»

Gollar: 1:0 – 29 Yarmolenko, 2:0 – 34 Yaremchuk, 2:1 – 57 Alioski.

Ukraina – Bushan, Zabarniy, Mikolenko, Karavayev, Matviyenko, Shaparenko (Sidorchuk, 78), Zinchenko, Stepanenko, Malinovskiy (Sobol, 90), Yarmolenko (Sigankov, 70), Yaremchuk (Besedin, 70).

Shimoliy Makedoniya – Dimitriyevski, Velkoski (Trichkovski, 85), Musliu, Ristovski, Alioski, Ademi (Ristevski, 85), Nikolov (Traykovski, 46), Bardi (Avramovski, 77), Spirovski (Churlinov, 46), Elmaz, Pandev.

Ogohlantirishlar: Shaparenko (43), Velkoski (59), Avramovski (83).

 

Ayni vaqtda "C" guruhida Ukraina terma jamoasida 3 ochko bor, Shimoliy Makedoniyada esa ikki turdan keyin ochko jamg‘ara olmadi. Hisobida uchtadan ochko bo‘lgan Niderlandiya hamda Avstriya terma jamoalari bugun Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadigan o‘yinda to‘qnash kelishadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:42, 17.06.2021.
O'qildi: 2084 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.