Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya 2-1 Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya - Panama
07/07 06:00 Urugvay - Braziliya

Yevro-2020. Belgiya keyingi bosqichda. Qolgan uch terma jamoada imkoniyat saqlanib turibdi

Yevro-2020. Belgiya keyingi bosqichda. Qolgan uch terma jamoada imkoniyat saqlanib turibdi

Baho:
+ | -

"B" guruhida ikkinchi tur uchrashuvlari ortda qoldi.

Rossiya terma jamoasi Yevro-2020 guruh bosqichining 2-turida Finlandiyani minimal hisobda (1:0) mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuv boshida finlar hujumchisi Poxyanpaloning boshi bilan urgan goli ofsayd deb topildi va bekor qilindi.

Birinchi bo‘lim yakunida Aleksey Miranchukning urgan goli yagonaligicha qoldi va ruslar 3-tur oldidan guruhdan chiqish uchun imkoniyatlarni yaxshilab olishdi.

Mazkur uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Aleksey Miranchuk deb topildi. Uning darvozabon ustidan aylanma to‘pni tashlab qo‘yishi ushbu turning eng chiroyli gollaridan biri bo‘lishi turgan gap.

Rossiya to‘purari Aleksey Miranchuk: Ha, gol kiritdim, ammo bu muhim emas. O‘yinda g‘alaba qozonganimiz, topshiriqni yakunlaganimiz, uch ochko qo‘lga kiritganimiz ahamiyatli. Ushbu bosqichda g‘alaba juda muhim edi. Bu musobaqa yaxshi jamoalarga to‘la va har o‘yinga e’tibor qaratish lozim.

Rossiya bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov: Yigitlar bugun butun jamoa bo‘lishdi. Ular yuklatilgan vazifani amalga oshirishdi va g‘alaba qozonishdi. Tanlagan taktikam to‘g‘ri edi deb o‘ylayman. Raqib himoyasini buzish uchun qanotlardan foyddalanishimiz kerak edi, buni uddaladik. Reja ish berdi.

Finlandiya ustozi Markku Kanerva: Yaxshi himoyalandik va oldinga bordik. Daniyaga qarshi o‘yinimizdan yaxshiroq harakat qildik. Gol urishni uddalay olmadik, ammo yaxshi vaziyatlarga ega bo‘ldik. Ba’zi zarbalar darvoza yonginasidan o‘tib ketdi, ayrimlari bloklandi.

Finlandiya sardori Paulus Arajuuri: Jamoamdan bugun juda faxrlanaman. Albatta, Rossiyada sifat bor, lekin bizda imkoniyatlar bo‘ldi. Poxyanpalo qanday ofsaydda bo‘lganini bilmayman, ammo gol urishga juda yaqin keldik. Gol urganingizda katta energiya olasiz. Gol bekor qilinsa, aksincha katta energiya yo‘qotasiz.

Kalit statistikalar

Rossiya ushbu g‘alabasi orqali Yevropa chempionatlardagi 6 o‘yindan (2 durang, 4 mag‘lubiyat) iborat g‘alabasiz seriyaga barham berdi. Shu paytgacha ruslar Yevro-2012 ilk bahsida Chexiyani 4:1 hisobida mag‘lub etishgandi.

Rossiya mustaqil davlat sifatida Finlandiyaga qarshi barcha 5 o‘yinda g‘alaba qozondi. To‘plar nisbati: 16-1.

Miranchuk Rossiya termasi safidagi oltinchi golini kiritdi. U oxirgi marta terma jamoa tarkibida 2019 yilning noyabr oyida San-Marinoga qarshi kechgan bellashuvda gol urgandi.

Rossiya Finlandiyaga qarshi 5 uchrashuvning har birida birinchi bo‘lim davomida gol kiritdi.

Rossiya termasi Yevro musobaqalarining asosiy bosqichida oxirgi 9 o‘yinning bittasida bittadan ko‘p gol urgan.

Tarkiblar:

Finlandiya: Gradeski; Toivio (Ensen 85), Arajuuri, O‘SHahnessi; Shyuller (Kauko 67), Kamara; Raitala (Soiri 75), Lod, Uronen; Pukki (Lappalainen 75), Pohyanpalo

Rossiya: Safonov; Mario Fernandes (Karavayev 26), Diveev, Jikiya, Kuzyayev; Zobnin, Barinov, Ozdoyev (Jemaletdinov 61); Aleksey Miranchuk (Muhin 85), Dzyuba (Sobolev 85), Golovin.


———————
Belgiya terma jamoasi Yevro-2020 guruh bosqich ikkinchi turidan o‘rin olgan Daniyaga qarshi bahsda irodali g‘alabaga erishdi va muddatidan oldin pley-offga yo‘l olgan jamoalar qatoriga qo‘shildi.

Uchrashuvning 99-soniyasida Yussuf Poulsen gol urgan holda musobaqa tarixida eng tezkor ikkinchi gol muallifiga aylandi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida o‘yin bir daqiqaga to‘xtatildi va Kristian Eriksen hurmat namoyish etildi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida Kevin de Bryuyne Dris Mertens o‘rniga tushdi va Yevro-2020 musobaqasida debyut qildi. Uning maydonga qo‘shilishi jamoasiga foyda keltirdi. 55-daqiqa Kevin Azarlarning kichigi Torganga golli uzatma bergan bo‘lsa, Eden Azarning uzatmasini 70-daqiqada golga aylantirdi.

Natijada, 2:1 hisobiad g‘alaba qozongan Belgiya terma jamoasi ochkolar sonini oltitaga yetkazib guruhdan chiqish masalasini muddatidan oldin ijobiy hal qildi.

Kalit statistikalar

Belgiya Yevroda ilk bor birinchi gol o‘tkazgan uchrashuvida g‘alaba qozondi. Bunga qadar 1 durang, 6 mag‘lubiyat qayd etilgandi.

Belgiya ilk bor guruh o‘yinlarida ketma-ket ikki o‘yinda g‘alaba qozondi va 5 ta gol urishga erishdi. Avvalgi eng yaxshi ko‘rsatkich 4 gol bo‘lgan (1984 va 2016).

De Bryuyne JCH-2014 va 2018da gol urgan bo‘lsa ham Yevropa chempionatida birinchi marta gol urdi.

Dris Mertens Belgiya terma jamoasida 100-uchrashuvni o‘tkazgan beshinchi futbolchiga aylandi.

Belgiya Daniyaga qarshi oxirgi 4 o‘yinning har birida 2 va undan ortiq gol urgan.


Belgiya Yevrodagi oxirgi 6 o‘yinning beshtasida g‘alaba qozondi.

Belgiya 32 uchrashuvdan beri har bir o‘yinda gol urib kelmoqda. Oxirgi marta JCH-2018 yarim finalida belgiyaliklar gol ura olishmagandi (Fransiya, 0:1).

Tarkiblar:

Daniya – Shmeyxel, Vestergor (Olsen, 84), Kristensen, Kyer, Vass (Larsen, 62), Xeybyerg, Dileyni (Yensen, 72), Damsgor (Kornelius, 72), Mele, Poulsen (Nergor, 62), Breytueyt.

Belgiya – Kurtua, Vertongen, Alderveyreld, Denayer, MenYE, Tilemans, Dendonker (Vitsel, 59), Azar (Vermalen, 90), Karrasko (Azar, 59), Lukaku, Mertens (de Bryuyne, 46).

 

Belgiya o‘z guruhida 6 ochko to‘plagan holda yaqqol yetakchilik qilmoqda. Uchinchi turda Belgiya Finlandiya termasi bilan, Daniya Rossiya jamoasi bilan bellashadi. Mazkur o‘yinlar 21 iyun kuni o‘tkaziladi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:55, 17.06.2021.
O'qildi: 3152 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.