Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Bahodir Ahmedov: "Venesuela — jahon chempionatlarida ishtirok etgan kuchli jamoa."

Bahodir Ahmedov: "Venesuela — jahon chempionatlarida ishtirok etgan kuchli jamoa."

Baho:
+ | -

24 va 27 iyun kunlari Toshkentda futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Veneseulaga qarshi ikki o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. 

Bugun, 23 iyun kuni O‘FA majlislar zalida o‘yinoldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi. 

«Bizga kuchli raqiblar topishda yordam berayotgani uchun O‘FAga minnatdorchilik bildiraman. Venesuela — jahon chempionatlarida ishtirok etgan kuchli jamoa. Chiroyli o‘yinlar ko‘rsatib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. 

Venesuela uslub jihatidan jahon chempionatida biz bilan bir guruhdan o‘rin olgan Gvatemala va Misrga o‘xshash. Shuning uchun bu jamoa bilan o‘yinlar bizga foydali. Ammo Misr va Gvatemala JCHda umuman boshqa taktikani qo‘llashi ham mumkin.

Chempionatga borishi mumkin bo‘lgan 40 nafar futzalchini belgilab olganmiz. Yig‘inlar va o‘rtoqlik o‘yinlaridagi harakatlariga qarab yakunda 25 o‘yinchini tanlab olamiz», — deya Ahmedovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

O‘zbekiston va Venesuela jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik bahslari Yunusoboddagi «O‘zbekiston» sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Birinchi o‘yin 24 iyun 19:00da, ikkinchi bellashuv 27 iyun 18:00da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionatida Rossiya, Misr va Gvatemala bilan bir guruhdan o‘rin olgan.

Kiritildi: 18:30, 23.06.2021.
O'qildi: 2040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик