Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

"Chelsi"ning chempionlk yo‘li

"Chelsi"ning chempionlk yo‘li

Baho:
+ | -


Agar mavsum boshida kimdir "Chelsi" Chempionlar Ligasida g‘olib chiqadi deb aytganida, bu odamning futbol haqidagi bilimiga katta shubha bilan qarashardi. Ammo "Aristokratlar" buni uddaladi.


"Chelsi" 2020-2021 yilgi Chempionlar ligasi g‘olibligidagi yo‘li.


Guruh bosqichi

Londonliklar turnir boshlanishida daraja jihatdan o‘ziga yaqin klub bilan to‘qnash keldi. "Sevilya" bilan uchrashuvda golli vaziyatlar nisbatan kam bo‘ldi. Yoki jamoalar bir-birlaridan qo‘rqishdi. Chunki, har ikki jamoa "Krasnodar" va "Renn" bilan osonlikcha natijaga erishishlarini aniq bilishgan.
"Chelsi" keyingi to‘rtta uchrashuvda g‘alaba qozondi va pley-off masalasini muddatidan avval qo‘lga kiritdi.
"Sevilya" bilan javob o‘yinida Olivye Jiruning pokeri evaziga asosiy raqib taslim etildi. Guruhdagi vaziyat aniq bo‘lib ulgurdi so‘nggi tur rasmiyatchilik uchun o‘tkazildi.
2021 yilning yanvarida, Frenk Lempard "Chelsi"dan ketganida, aksariyat mutaxassislar hayron bo‘lishdi. Haqiqatan ham, natijalar yaxshilanayotgandi va yangi qurilayotgan jamoa sifatida Lempardga imkon berilishi kerak edi.
Ammo, vaziyat shuni ko‘rsatdiki, Mariya Granovskaya Tomas Tuxelning nomzodi ilgari surib, adashmagan edi.


1/8 final. "Atletiko Madrid" (umumiy hisob - 3:0)

O‘z guruhining g‘olibi sifatida nimchorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimida "Chelsi" birinchi o‘rinni egallagan jamoalar qatoridan joy oldi. Biroq raqib Diyego Simeone boshchiligidagi "Atletiko Madrid" bo‘ldi.
Tuxel PSJdan keyin "Chelsi" bilan ham Simeoneni taslim etishni uddaladi. Birinchi uchrashuvda Jiru tomonidan kiritilgan gol London klubiga g‘alaba keltirdi.
Javob o‘yinida Hakim Ziyesh va Emerson bittadan gol urib jamoaga chorak final yo‘llanmasini taqdim etishdi.


Chorak final "Portu" (umumiy hisob - 2:1)

Chorak finalda "Chelsi" raqibning himoyadagi xatolaridan qanday foydalanish bo‘yicha "master-klass" o‘tib berdi. Jorjinyoning pasidan so‘ng Meyson Maunt gol urdi. Ikkinchi bo‘lim yakuniga yaqin Ben Chiluell hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi.
Javob o‘yinida Tuxel natijani ushlab qolish uchun o‘ynadi. "Portu" futbolchisi Mehdi Taremi gol urganida kompensasiya qilingan daqiqalar allaqachon tugab bo‘lgan edi. Bu jamoa uchun hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmasa-da, turnirning eng chiroyli goli deb topilishiga hech narsa to‘sqinlik qila olmadi.


Yarim final. "Real Madrid" (umumiy hisob - 3:1)

Ajablanarlisi shundaki, Tuxel Zidandan ham ustun kela oldi. Uydagi uchrashuvda "qirollik klubi" Karim Banzemaning individual mahorati hamda raqibning golga aylanmagan hujumlari tufayli durang natijani saqlab qoldi. Ushbu o‘yinda Madridning eng yaxshi yarim himoyachilari Kante va Jorjinyoga qarshi amalda hech narsa qila olishmadi.
Ikkinchi o‘yin ham "ko‘klar" ning ustunligi bilan o‘tdi. Birinchi bo‘limda Timo Verner Kay Xaversning zarbasidan keyin bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol etdi, ikkinchi bo‘limda londonliklar bir nechta ajoyib imkoniyatlardan foydalana olmadilar, shu tufayli intriga o‘yin oxiriga qadar davom etdi. Maunt 85-daqiqada Kristian Pulishichning uzatmasidan so‘ng barcha masalaga nuqta qo‘ydi.
"Chelsi" 9 yillik tanaffusdan so‘ng YECHL finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.


Final

Va nihoyat, "Chelsi" finalda turnirning asosiy favoritlaridan biri "Manchester Siti"ni hotirjam tarzda mag‘lub etdi. Birinchi bo‘limnig o‘zidayoq, Verner uch marta gol urishi mumkin edi.
Xosep Gvardiola jamoasining hujumdagi urinishlarini "Chelsi" himoyachilari Ris Jeyms, Sesar Aspilikueta va Antonio Ryudiger barcha xavfli uzatmalarni qaytarishdi va raqib zarbalarni bloklab qo‘yishdi.
Taym oxirida Maunt Kay Haversni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi va u Edersonni aldab o‘tib, to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda, "Chelsi" raqib hujumlarining barchasini qaytardi.
Bunga "Siti" yetakchisi Kevin de Bryuynening jarohati sabab bo‘ldi, ammo jamoada yetarlicha ijrochilar bor edi. Intriga o‘yin yakunigacha saqlanib turgan bo‘lsa-da, hisob o‘zgarmadi.
Qiziqarli faktlar
"Chelsi" darvozaboni Eduard Mendi Chempionlar ligasi finalida o‘ynagan birinchi Afrikalik darvozabon bo‘ldi.
Tomas Tuxel esa, Chempionlar Ligasi finaliga ketma-ket ikki yil turli jamoalar bilan yetib kelgan birinchi murabbiy sifatida tarixda qoldi.
"Chelsi" o‘z tarixida ikkinchi marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va ikkala holatda ham mavsum davomida bosh murabbiy almashdi. 2012 yilda Andre Villash Boash o‘rnini Roberto di Matteo egallagan edi.
Xulosa o‘rnida
Ehtimol, Pari Sen-Jermen rahbarlari Tuxel ishdan bo‘shatilishidan qattiq pushaymon bo‘lishgandir, sababi Tuxel yaxshi darajadagi iste’dodli futbolchilardan grand jamoa tuza oldi, biroq bu g‘alabalarda Frenk Lempardning ham hissasi bor.

 

Kiritildi: 20:56, 23.06.2021.
O'qildi: 3404 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.